CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
Taomning kuchi
Zuxra Ro’ziyeva - Ovqat yemayman, sho’rva ichmayman, kotlet yoqmaydi, - Mohira har kuni shu gaplarni qaytaraveradi. Oyisi har qancha yalinib-yolvormasin faqat shirinliklar yeydi, ovqatdan bir qoshiqqina yeydi-yu, sekingina chetga surib qo’yaveradi. Oyisi Mohiraga qanday qilib ovqat yedirishni bilmay hayron. Bir kuni Mohira qo’g’irchog’ining qo’li chiqib ketganidan xafa bo’lib oyisining oldiga keldi: - Oyijon, qarang, qo’g’irchog’imni hali qo’di chiqib ketadi, hali oyog’i. Nimaga u bunchalik nozik ekan-a? - Qo’g’irchog’ing ham o’zingga o’xshab yaxshi ovqat- lanmaydi. Tasavvur qil, organizmimiz xuddi bir gul. Gulga vaqtida suv quyish kerak, kerakli o’g’itlardan solib parvarish qilish kerak. Agar vaqtida yetarlicha g’amxo’rlik bo’lmasa, gul so’ladi. Xuddi shu kabi inson ham vitaminga boy taomlar, sarxil mevalardan yeb o’z organizmini himoya qiladi. Qo’g’irchog’ing ham faqat shirinlik yeb, mevalar, sabzavotlar yemayotgan bo’lsa, uning sochlari, tirnoqlari mo’rt bo’lib qoladi. O’zi ham tez-tez kasallanadi. - Demak, men ham yaxshi taom yemasam, nimjon bo’lib qolarkanman-da. - Shuni aytyapman-da, qizim. - Oyijon, sog’lom bo’lish uchun yana nima qilish kerak? - Doim ozoda yurish, tish va qo’llarni sovunlab yuvish va albatta, badantarbiya bilan shug’ullanish zarur. - Oyijon, endi sizni sirayam xafa qilmayman, hamma taomlarni qaytarmasdan yeyman, - Mohira o’zining xatosini tushunib yerga qaradi. To’p M. Murodov Bir to’p bor ekan. U dum-dumaloq, bir tomoni loladek qizil, bir tomoni gul bargiday yashil, juda chiroyli ekan. Uning qo’li ham, oyog’i ham bo’lmagan ekan. Shunga qaramay to’p tinib-tinchimas ekan. Hali osmonga sakrar, hali yerga tushar, hali chetga sapchir, hali o’tloqqa yumalarkan. Ba’zan karavot tagiga kirib, jim yotarkan. Bolalar to’p ketidan quvishar, lekyn to’p tutqich bermay qochaverarkan. Bir kuni to’p sakrab, tomga chiqib olibdi. Bunday qarasa, hovlidagi supada xo’ppa semiz bola pishillab uxlab yotganmish. To’pning g’ashi kelibdi. Hamma bolalar o’ynab yursa-yu, bu... To’p bir sakrab, bolaning qorniga tushibdi, bola cho’chib uyg’onib: - Kimsan? - deb baqiribdi. - To’pman. Nega shu paytgacha uxlab yotibsan? Qorningni qara, shishib ketibdi, - debdi to’p. - Ishing bo’lmasin. Jo’na bu yerdan. Bo’lmasa, dodingni beraman, - deb to’pga bir musht tushiribdi. To’p uchib borib, supa chetidagi daraxt tanasiga zarb bilan urilibdi-da, qaytib kelib bolaning boshiga tegibdi. Bolaning jaxdi chiqibdi. U o’rnidan turib to’pni tepibdi. To’p devorga urilib, yana qaytib kelibdi. Bu gal bola zarb bilan bir tepgan ekan, to’p devordan oshib ko’chaga tushibdi: - Baribir, qaytib kelaman, - deb baqiribdi to’p. Har kuni to’p devordan, tomdan oshib tushaveribdi. Bola uni haydab tepaveribdi. Shunday qilib, to’p yalqov bolani chaqqon, kuchli qilib yuboribdi. Bola xursand bo’lib, to’p bilan do’stlashib olibdi. Maqollar Salomatlik - tuman boylik. Sog’ tanda - sog’lom aql. Sog’likda xorlik yo’q. Tez aytishlar Sog’lom bola - polvon bola, Polvon bola - sog’lom bola. Jo’ra bilan Javlon, Juda jo’ra jonajon. O’tkir o’rokda o’t o’rdi. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling