CamScanner 03-02-2021 15. 24


Qish Quyonning achchiq ko’z yoshlari


Download 195.51 Kb.
bet21/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Qish
Quyonning achchiq ko’z yoshlari
(Ertak)
Kunlardan bir kun Qor kuyonga qarab shunday debdi: - Bilasanmi, negadir boshim og’riyapti.
- Aftidan, sen eriyotgan bo’lsang kerak, shuning uchun xam boshing og’riyapti, - debdi unga achinib Quyon. Sungra to’nkaga o’tiribdi-da, achchiq alam bilan yig’lab yuboribdi.
- Achinaman, senga nixoyatda achinaman, Qorjon... Axir. shu paytgacha meni panoxingda asrab kelding. Tulkidan, bo’ridan, ovchidan berkinish uchun uchun senga ko’milib olardim. Ox, endi kanday yashayman? Duch kelgan birinchi qarg’a, birinchi bo’lib meni ko’rishi bilan cho’kib tashlaydi-ku’ Hozir o’rmon xo’jayinining oldiga borib iltimos kila.man, azizim, Qor, seni men uchun saqlab qolsin.
Quyosh borgan sari balandrok ko’tarilib, shiddag bilan kizdirar, qorlar erib, tog’dan jilg’a bo’lib okardi. Bu xoldan yuragi sikilgan Quyon yanada kaggikroq yig’labdi. Quyonning ovozini o’rmon xo’jayini eShitib kolibdi. Uning iltimosini dikkat bilan tinglabdi va shunday debdi:
- Kuyosh bilan janjallashish niyatim yo’q. Qorni xam saqlab qololmayman. Lekin senga yordam beraman. Oppoq po’stiningni kul ranglisiga almashtiramiz. Shunday qilsak, yozda xam kuruk butalar, barglar, o’tlar orasiga berkinib olasan va seni xech kim paykamaydi.
Quyon juda xursand bo’lib ketibdi. O’shandan beri u xamma vakt kishki oppok po’stinchasini yozgi - kul ranglisiga almashtirar ekan.


Maqollar
Qish g’amini kuzda ye.
Qishning kuni qirk turli,
Qirqovi ham qiliqli.
Qishning qahri - kuzga baraka.
Qishning qori - yozga dori.
Qor yog’di - don yog’di.


Topishmoqlar
Katta oppoq dasturxon,
Hammayoqni qoplagan. (Qor)
Qishda serob, yozda bo’lmas, Yaltiraydi, oyna olmos. (Muz)


Sog’lom tanda - sog’lomruh
Fast-fudchalar
Nasiba Erxonova
Shohrux degan ajoyib bola bor ekan. Besh yosh bo’lsa ham juda quvnoq, o’yinqarokligi uchun atrofida bolalar parvona ekan. Unga faqat bir narsa yoqmas ekan: onasiiing karamli sho’rvasi, sabzavotli kotleti, grechkali bo’tqasi... Shohruxga gamburger, chips, qadoq- langan qotgan non, shokolad, kremli shirinlik va gazli ichimliklar yoqarkan.
Onasi unga bu ovqatlarning zararli ekanligini aytsa xam. otasiga yalinib, yolvorib, xatto ko’z yoshlarini okiznb. shu narsalarpi oldirarkan.
Bir kunn shunday voksa yuz bsribdi. Odatdagiday Shoxrux qozonda pishib gurgan ovqatni yemabdi. Onasi uning och qolayottanidan xavotirlanib otasiga yuzla- nibdi. Xammalari birga fast-fud tayyorlanadigan joyga borishibdi. Ota-onasp gamburger va gazli ichimliklar olish uchun navbatda turishgan ekan, Shoxruxning ko’zi yemasdan koldirib ketilgan kartoshka chipsi va lavash tarelkalari yonida turgan gugurt qutisidek to’rtburchak, ranglari oppok, semiz va pakana odamchalarga tushibdi. Sekin borib u mitti odamchalarni gapga tutibdi:
- Ey, kimsizlar, buncha mitti va baqaloqsizlar?
- Biz fast-fudchalarmiz, - deb gap boshlabdi eng semizi. - Biz fakatgina fast-fudlarsiz yasholmaydigan insonlarning ko’ziga ko’rinamiz. Shu restoranda, o’zimizning shaqarchamiz bor. Biz bu srda ovqag koldikdari bilan kun kechiramiz. Yeguliklarning ko’plngidan qara. qanchalik semirib ketganmiz, xatgo xarakatlannsh xam qiynn.
- Men xam fast-fudlar yeyman, lekin semirib ketmayman-ku, - debdi Shoxrux.
- Uni xar kuni yesang bizday semirishing aniq. Sen bilansanmi fasg-fudlarning sog’lik uchun qanchalik zararligini? Ularda zararli yog’lar, suniy moddalar ko’p. Shuning uchun bizda gavdamizga yarasha kuch yo’q, xuddi sharga o’xshab shishirish anmiz. Gishlarimiz esa gazli ichimliklar va shokoladlardan yemirilib keggan, deb kop-qora, qo’rqinchli gishlarini ko’rsagnbdi.
- Unda zararligini bilib gurib, nimaga ularni yeysizlar, - debdi Shoxrux.
- Bizlar juda kichkinamiz, boshka xech qayoqdan yegulik topolmaymiz. Shuning uchun majburmiz. Insonlarla esa tanlash imkoniyati bo’la turib, o’zlaringizni zararlaysizlar, - deb bosh chayqashibdi.
O’g’lining tozalanmagan stolga ko’z tikib turganini ko’rgan onasi kelib:
- Nimaga bu yerda turib qolding? - dedi.
- Oyi, men endi bunday ovqatlar yemayman, siz tayyorlagan mazali ovqat va salatlarni, sharbatlar, meva va sabzavotlarni yeyman, - dedi.
- O’zimning aqlligim, - deya onasi Shohruxni quchdi va otasini chaqirib, uyiga ketishdi.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling