CamScanner 03-02-2021 15. 24
Tabassum Nasiba Erxonova
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
Tabassum
Nasiba Erxonova Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim-qadim zamonda emas, ayni bizning davrimizda go’zal Tabassumxon bo’lgan ekan. U judayam samimiy, chehrasi ochiq va har doim kulib turar ekan. Tabassumxon atrofdagilarga, o’rtoqlariga kulgi ulashib, ularning kayfiyatini ko’tararkan. Tabassumxonning birgina aybi bor ekan: u shunchalik xushchaqchaq va o’yinqaroqligidan tishlarini yuvishga vaqttopmas ekan. Meva va sabzavotlarni ko’proq yeyish o’rniga shokolad va «chupa-chups»larni ko’rganda nafsini tiyolmasligi am yomon ekan. Onasi unga mevali sharbatlar va sabzavotli salatlar qilib bersa ham Tabassumxonni shirinliklar o’ziga tortaverar ekan. Lekin kunlardan bir kuni Tabassumxonning yuziga qayg’u alomatlari soya tashlabdi. U shu kundan boshlab, chiroyli kulmay qo’yibdi. Atrofidagilar buning sababini sirayam tushunisholmabdi. Shu zaylda kunlar o’tib, u bir kuni maktabga borishdan bosh tortibdi va «Voy tishim!» deganicha o’rin-ko’rpa qilib yotib olibdi. Onasining ming qistovi bilan Shifoxonning oldiga borishibdi. Stomatolog - Shifoxon qabulida esa Tabassum singari tengdoshlari juda ko’p ekan. Ulardan biri Shirinxon ekan. Shirinxonning tishlari kariyes tufayli qorayib kolgan ekan. U: - Men Shifoxonning oldiga vaqtida kelmaganim uchun jag’ tishlarimda kovaklar paydo bo’ldi. Endi non va ovqat yeganimda kovak tishyarimga qoldiq kirib qolayapti. Issiq sho’rva yoki sovuq suv ichganimda tishlarim judayam og’rib ketayapti, - debdi. Shifoxonga navbat kutib turganlar orasida yana bir iyagiga oq mato bog’lab olgan bola ham bo’lib, uning oti Shakarboy ekan. Shakarboy shokolad va shirinliklarni ko’p yeganidan o’ng tomondagi jag’ tishda kovak chuqurlashib, nerv tolalari ochilib qolibdi. Ochilgan yo’ldan infeksiyalar tish ildizlariga kirib, yiring va shish hosil qilibdi... Xullas, Shifoxonning huzuriga kelganlarning hammasi tishlari og’riyotganidan shikoyat qilishibdi. Shu payt Shifoxonning oldiga kirib ketgan Novvotxonning baqirgan ovozi eshitilib qolibdi. Hali navbati kelmaganlar esa shifokorning oldiga kirishdan qo’rqib qolishibdi. Ular «Shifokorning oldiga kirmasam nima bo’larkan...» degan xayol bilan ikkilanib turganda, birdaniga Novvotxon xursand holda davolash xonasida chiqib kelibdi. Hamma unga «Nima bo’ldi?» degan savol nazari bilan qarabdi. U esa: - Shifoxon judayam xushmuomala, tishlarni og’ritmay davolaydigan doktor ekan. Faqatgina burchakda turgan katta tishning «haykali» va uning ichidan boshi ko’rinib turgan sun’iy qurtni ko’rib qo’rqib ketdim, - debdi. Shundan keyingina bolalar Shifoxonning oldiga tezroq kirishga oshiqibdi. Tabassumxonni ko’riboq, boshini sarak-sarak chayqagancha Shifoxon: «Zararkunanda tish qurtlari sen- ga ozor yetkazibdi-ku!» debdi. Shifoxon Tabassumxonni kursisiga o’tqazib, bir boppadan tishlarni ko’rikdan o’tkaza boshlabdi. Shifoxonning bunday tashvishli tashxisidan xavotirga tushgan Tabassumxon uning ko’zlariga jovdirab «Endi nima qilamiz?» degan ma’noda qarabdi. Shifoxon ham bu nigoh ma’nosini tezda anglab: «Davolaymiz, sut tishlarni davolamasdan sug’urib tashlash zarar. Bunday yo’l tishlarning qiyshiq va notekis 1 bo’ladi», deya ish boshlabdi. Shifoxon tishlar bilimdoni bo’lgani uchun u Tabassumxoninng tabassumini yana o’ziga qaytaribdi. - Har birimizda tug’ilganimizdan boshlab uch yoshga to’lgunimizcha 20 ta sut tishi chiqadi. Bu tishlarimiz bizga 6-7 yoshimizgacha xizmat qiladi. Agarda biz ularni ertalab va kechqurun bolalar tish cho’tkasida yuvmasak, har olti oyda stomatolog - Shifoxon ko’rigiga bormasak, tishlarimiz bizdan arazlaydi va hatto 4-5 yoshimizda bizni tashlab ketishga otlanadi. Aksincha, meva va sabzavotlardan ko’proq iste’mol qilsak, 9-13 yoshimizda sut tishlarimiz doimiy tishlarga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Va biz katta bo’lganimizda og’zimizda 32 ta qator tizilgan dur-marjonlar bo’ladi. Ularni doimo parvarishlab, judayam issiq va muzdek suyuqliklarni ichmasak, muzqaymoklarni ko’p yalamasak, tishlarimiz bir umr xizmat kiladi. Qariganimizda xam yeguliklarni qiynalmasdan, mayda chaynashimiz mumkin. Shunday debdi-da Shifoxon davolash ishlarini oxiriga yetkazibdi. Tabassumxon korayib ketgan, oldingi tishlarining o’rtasi o’yilib qolganidan kulishni ham esidan chiqarib qo’ygan ekan. U Shifoxonning qo’lidagi oynaga qarabdi-yu, o’zini taniyolmay qolibdi. Guruchday- guruchday tishlarining yana o’z holiga qaytganidan xursand bo’lib ketibdi. Oldingidek kulib, jilmaygan ekan, uning tabassumiga hamma maxliyo bo’libdi. Birok endi Tabassumxon faqat kulib, o’ynab yurishdan o’zini tiyibdi. U o’rtoqlariga, sinfdoshlariga tishlarni avaylash, ular bilan yong’oq chaqmaslik, ruchka va qalamlarni tishlamaslik haqida gaplashibdi. Shifoxonning «Har uch oyda tish cho’tkalarini almashtirish kerak, har ovqatlanganday keyin og’izni chayish esdan chiqmasin, tishlarni yuvayotganda suvni isrof qilmasdan, jo’mrakni berkitib turish yaxshi» degan gaplarini ham ularga yetkazishga harakat qilibdi. Tabassumxonning do’stlari esa unga havas qilibdi va dugonasining maslaxatlariga amal qilib tishdarini parvarishlash va doimo kulib, xushchaqchaq yurishni odat qilishibdi. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling