CamScanner 03-02-2021 15. 24


Maqollar Yoz yopinchig’ing tashlama, qishda o’zing bilasan. Kiyiming odobingdan so’zlar. Topishmoqlar


Download 195.51 Kb.
bet25/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Maqollar
Yoz yopinchig’ing tashlama, qishda o’zing bilasan.
Kiyiming odobingdan so’zlar.


Topishmoqlar
Boshingdagi boshpana,
Qish-qirovda gulxona. (Telpak)
Bir tug’ishgan ikki do’st,
Bo’yi tizzadan.
Qolmaydi bizdan,
Saqlaydi qor, muzdan. (Etik)
Besh og’ayni, uyi bitta,
Xonasi boshqa. (Qo’lqon)


Yangi yil nima?
Qish
Q. Rahimboyeva
Qish deganda eng avvalo, ko’z oldimizga poda- poda bulutlar, ayozdan kichrayib qolgan quyosh keladi. «Qor-r-qor-r» deya qorlarni chaqirayotgan qarg’alar tovushi quloqqa eshitilgandek bo’ladi. Yaproqlarini shamollarga beprib bo’lgan daraxtlar ayozga bardosh berib turgan bahodirlar safiga o’xshaydi. Qishning eng katta quvonchi - qor. Katta qorlar gupillab yog’ganida, dalalar oq ko’rpaga burkanib, uyquga ketadi. Bog’lar xuddi qor yog’gan kechada gullab chiqqanga o’xshaydi. Sayhonliklarda bolakaylar yaxmalak uchishadi. Qishda ko’p o’zgarishlar bo’ladi: suvlar muzlaydi, dalalar qorlar suvini shimib, bahorga kuch to’playdi. Faqat archalar dm-yashil bo’lib, hayot manguligidan ertak aytib turadi.
Qor tog’larga kumush liboslar kiydiradi. Qish o’rtasida yangi yilni kutib olishga hozirlanamiz. Aslida, Sharq taqvimi bo’yicha bahorda - Navro’zda yil yangilanadi. Ammo biz ham butun dunyo mamlakatlari qatori yangi yilni tantanali qarshilaymiz. Iilning barcha fasllari bir-biridan yaxshi. Ammo kunlarga, fasllarga inson o’z aqli, tafakkuri, yaxshi ishlari bilan yana ham chiroy baxsh etadi.


Qorbobo soqchi
S. Anorboyev
Ulug’bek archa yasatdi. Bunga siz ajablanarsiz. Ulug’bek endi to’rt yoshga kirgan, kichkina bola bo’lsa-yu, qanday qilib archa yasata oladi dersiz? Chin gap. Ulug’bek ham archa yasatdi: u karton quti ichidan o’yinchoKlarini bitta-bitta olib, oyisiga uzatib turdi. Oyisi esa ularni archaning shoxlariga ildi. Ulug’bek bunday qarasa, o’zining laychasiga o’xshagan kuchukcha filning shundoq tagida turibdi. Ulug’bek hayvonot bog’iga oyisi bilan borganida chinakam filni ko’rgan: burni xariday, o’zi uyday.
- Oyi, fil tushib ketsa, kuchukni bosib qoladi-ku? - dedi kuchukka rahmi kelib.
Oyisi kuldi-da, kuchukni olib filning orqa tomoniga osib qo’ydi.
- Vu-uy, kuchuk filga vovillayapti! - quvonganidan chapak chalib yubordi Ulug’bek.
- Archani yasatib bo’lishdi. Ostiga paxta solishdi. Bilmagan odam qor deb o’ylaydi. Oppoq. Keyin Qorboboni o’rnatib qo’yishdi.
Ulug’bek archani aylanib tomosha qila boshladi: bir chiroyli! Ana yam-yashil bodring. Anovi - bir tomoni sariq, bir tomoni qizil nashvati. Narigisi - shaftoli bilan olma... Qog’ozli muzqaymoq ham bor. Ulug’bek ularga qarab «qult» etib yutindi: «vuy-y, yulduzlar ham yondi».
- Endi uxlaymiz. Ertaga o’rtoqlaring kelganda birga o’ynaysizlar, - dedi oyisi. Ulug’bek archaga qaray-qaray ichkariga kirib ketdi.
U o’rniga yotib, ko’zini yumdi. Nimanidir o’yladimi, boshini ko’tardi:
-Oyi!
Allanarsa tikib o’tirgan oyisi unga qaradi.
- Miltig’imni Qorboboga berib qo’ysak bo’lar edi, - dedi Ulug’bek xavotir olganday.
- Nega?
- Kecha laycha mening botinkamni hovliga olib chiqib tashlabdi-ku! Olma, muzqaymoqlarni o’shanaqa qilmasin tag’in!
- Mayli, - dedi oyisi unga.
Ulug’bek sakrab o’rnidan turdi. Karavotining bosh tomonida turgan miltiqchani Qorboboga ushlatib qo’ydi. Qorbobo soqchi turdi. Ulug’bek qaytib kirib, o’rniga yotdi-yu, sal o’tmay uxlab qoldi.
Bolalar bog’chasi

Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling