CamScanner 03-02-2021 15. 24


Amir Temurning Jayxundan shoshilinch o’tishi


Download 195.51 Kb.
bet28/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Amir Temurning Jayxundan shoshilinch o’tishi
Ilgarigi zamonlarda Amudaryoni Jayxun deb atashgan. Kunlardan bir kuni Temurning o’z askarlari bilan ana shu daryodan o’tishiga to’g’ri kelibdi. Daryo to’lib toshib, pishqirib, hayqirib oqayotgan ekan. Sekin imillab harakat qilishga fursat yo’q. Yigitlar daryo qirg’okda nima qilishlarini bilmay, qayron bo’lib, tuxtab qolishibdi. Shunda Temur ularga qarab:
- Qutulishning bitta yo’li bor. Hammangiz o’z otingizning yuganini tutib, yoliga osiling-da, suvga tushing! - deb buyruq beribdi.
Hamma daryoning narigi qirg’og’ida ko’rinib turgan ulkan daraxt yonida to’planishga va’dalashibdi. Otning yolini mahkam ushlab olgan Temur:
- Imillamanglar! - debdi-yu, hayqirib-pishqirib, to’lib-toshib, shiddat bilan oqayotgan daryoga birinchi bo’lib tushibdi. Uning orqasidan askarlari ham daryoga hyech ikkilanmasdan otlari yolidan ushlab tushishibdi. Shiddatli suv otlarni uzoq-uzoqlarga oqizib ketibdi. Askarlar bir-birlarining holidan xabar ololmay qolishibdi. Lekin ularning hammasi daryoning u qirg’og’iga eson-omon o’tishibdi. Kelishilganday qirg’okdagi azim daraxt yoniga asta-sekin to’planishibdi. Askarlar o’z sarkardalariga, aqliga, tadbirkorligiga koyil qolishibdi, dushmanning qo’lida o’lishdan, asir tushishdan qutulganliklari uchun quvonishibdi. Temur esa yigitlarining qo’rqmas, sabotli, irodali ekanliklaridan ko’p mamnun bo’libdi.
«Amir Temur targxi» kitobidan olindi.


Maqollar
Ayrilmagin elingdan,
Quvvag ketar belingdan.
Begona tuprok - devona tuproq.
Bulbul chamanni sevar,
Odam - Vatanni.
Vataning tinch - sen tinch.
Ona yurting - oltin beshiging.
Men va mening badanim
Ko’z va quloq bahsi
Zuxra Ro’ziyeva
Bir kuni ko’z va quloq urishib qolishibdi.
- Men sendan ko’ra foydaliroqman. Birinchidan, sendan tepada joylashganman, ikkinchidan, men hamma narsani ko’rib turaman.
Quloq bu gaplarni eshitibdi-yu, ko’zga ortiqcha gap aytishdan o’zini tiyibdi.
Bir kuni bolakay ko’chadan o’tayotganida qulog’iga quloqchin taqib qo’shiq eshitayotgan ekan. Shunda orqasidan kelayotgan mashina unga uzundan-uzun hushtak chalibdi, ammo bolakay buni eshitmabdi. Yuqori tezlikda kelayotgan mashina esa tezlikni pasaytirishga ulgurmay bolakayni turtib ketibdi. Kasalxonada o’ziga kelgan bolakayning ota-onasi yig’lab yuborishibdi.
Ko’z esa judayam xafa bo’lib, qulokdan uzr so’rabdi:
- Men o’zimga yuqori baho berib yuborgan ekanman. Men oldinni ko’rganim bilan orqadan kelayotgan tovushni eshitolmayman. Mening kuchim, mening zo’rligim sen bilan ekan. Endi hyech qachon seni xafa qilmayman.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling