CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
Vatan himoyachipari kuni
Qaldirg’ochning vatani N. Erxonova Shohruxni har ertalab uyqudan deraza panjarasiga uy kurib, bolalarini uchirma qiladigan qadrdon qaldirg’och uyg’otadi. Bu qahramonimizga juda yoqadi. Axir budilnikning yoqimsiz qo’ng’irog’idan ko’ra ku- kulab mehr ulashadigan qaldirg’ochning ovoziga nima yetsin. Yana Shohruxning qaldirg’och ovoziga erkalanib turmasligini, beozor qushchaning yana, yana sayrashini xohlab, ko’zini bir ochib, bir yumishini aytmaysizmi? Bugun ham Shohrux xuddi shunday qildi, qaldirg’ochning xonishlariga erkalana-erkalana uyg’ondi. Choyini ichib, darsga ketdi. Tabiatshunoslik darsida o’qituvchi «Parrandalar» mavzusini o’tgach, tanaffusda hamma o’quvchilar qushlar haqida bilganlari bilan maqtana boshladi. - Tuyaqush bilan pingvinlar ucholmaydi, - dedi Zahro. - Nima, shuyam qiziq bo’pti-yu, dunyoda zaharli qushlar ham borligini bilasanlarmi? - deya o’g’il bolalarqizl ar jamoasidan aqlliligini namoyish qilmoqchi bo’ldi Muzaffar. - Kolibri orqaga uchishini-chi, uniyam bilasanmi? - deya tilini chiqarib qo’ydi Dilshoda. - Eng aqlli qush qarg’aligini esa endi mendan eshitasanlar, - deya kerildi Hojiakbar.... Shunday bahsu munozaralardan ta’sirlanib darsdan qaytgan Shohrux baribir o’zimning qaldirg’och m yaxshi- da, deya qushchasiga havas bilan qarab qo’ydi. Onasi tayyorlagan mazali mastavani icharkan, Shohruxning qushlarga bo’lgan qiziquvchanligi yanada oshaverdi. Musichaning tuxumlaridan qanday qilib polapon chiqishini o’ylay boshladi. Nima jin urdiki, panjaraning burchagiga xaslardan chiroyli qilib terilgan uychadagi ikkita tuxumchani yorib ko’rgisi kelib qoldi. Bu ishining noto’g’riligini bilsa ham, qiziqishi ustunlik qilib Shohrux qaldirg’ochni bir qo’li bilan surdi-yu, issiqqina tuxumni qo’liga oldi. Ko’zlari jovdirab turgan qaldirg’och shunday gu- guladiki, ovozi dardli, alamli chiqdi. Shuncha paytdan beri Shohrux qaldirg’och bunday xunuk ovoz chiqarishini eshitmagandi... Shohrux qo’lidagi tuxumni chaqib, piyolaga soldi-yu, ichidan qip-qizil go’sht tushganini ko’rib yuragi achishib ketdi. Shu payt onasi kirib keldi-yu, toshday qotib qoldi. Bir zumdan keyin ko’zlaridan dona-dona yosh oqdi. Buni ko’rgan Shohrux nima qilishini bilmay turgandi, Nazira opa o’zini qo’lga olib bosiqlik bidan dedi: - O’g’lim, men ham onaman, sen men uchun qanchalik aziz bo’lsang, qaldirg’och uchun ham polaponlari shunchalik qadrli. Sen esa uni jigarbandidan judo qilding. Er yigitning ishimas bu... Shohrux nima qilib qo’yganini tushundi. Rangi oqarib, piyoladagi hali patlari chiqib ulgurmagan, lekin ko’z, oyoqlari shakllangan go’shtga qaradi-yu, yig’lab yubordi. O’ksib-o’ksib piyolani ko’targanicha ko’chaga yugurib chiqib ketdi. Nazira opa tepadan qaragandi, u ko’p qavatli uyning burchagidagi daraxt tagiga borib, birpas qotib turdi-da, keyin yerni kovlay boshladi. Qo’li bilan polaponchani olmoqchi edi... ololmadi... Piyolasi bilan uni ko’mib qo’ydi. Musichaning nolasi yanada kuchayib ketdi... Shu kungi kechki ovqatda Shohrux ham, ota-onasi ham bir-biriga umuman gapirmadi. Nazira opa Shohrux bilan dadasiga ertalab ertaroq uyg’onishini tayinlab, tungi smenani qabul qilib olish uchun shifoxonaga shoshildi. Ertalab soat 9 ga yaqin uyg’ongan Shohrux darsga kech qolib ketganini o’ylab, dadasini uyg’otdi. Dadasi ham uxlab qolganidan xijil bo’lib o’g’lini tezda maktabga tashlab kelish harakatiga tushdi. Adham aka qarasa, Shohrux deraza yonida qimirlamasdan turibdi. Chunki qaldirg’ochning o’zi ham, qolgan bitta tuxumi ham, chiroyligina, dumaloqqina uyi ham yo’q edi... Shohrux dadasining qistoviga qaramasdan darsga bormadi. Bir burchakda shiftga tikilib o’tiraverdi... Nazira opa ishdan kelgach, bo’lgan voqyeadan ko’ngli xira tortdi. - Bolajonim, biz uchun Vatanimiz qanchalik muqaddas bo’lsa, qushlar uchun ham xuddi shunday. Birgina bilmasdan qilgan xatoing munisgina qaldirg’ochning vatanini poymol qildi. Bekorga Vatanni onaga qiyoslashmaydi. Qaragin, ona farzandiga kuyganidan, azbaroyi bizdan xafa bo’lganidan, hatto Vatanini ham bizning uyimizda qolishini istamasdan buzib ketibdi, - deya ux tortdi. Ko’p qavatli xonadonlar pastida qaldirg’och uyining xaslari sochilib yotardi... Bu xato Shohruxga saboq bo’ldi. U o’ziga-o’zi Vatanni doim himoya qilish, unga xiyonat etmaslikka va’da berdi. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling