CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehgiyotkor piyoda haftasi Piyoda tipratikan Zuhra Ro’ziyeva
- Topishmoqlar
Tez aytishlar
Ikki ayiq qayiqqa qaradi. Suvda kema keldimi, Kelishda u yeldimi? Rangli svetofor Arazchi svetofor Nasiba Erxonova Katta bir shahardagi chorrahada ikkita svetofor piyoda va mashinalarning harakatini tartibga solib turarkan. Ular juda ko’p yillar ko’zlarini ochaverib, yumaverib charchab ketishibdi. Aksiga olib chorrahadagi mashinalar kimo’zarga tez yurib, svetofor ustunlarini urib ketaveribdi. Jahli chiqqan piyodalar esa svetoforning buyruqlarini pisand qilmay, qizil chirokda ham o’tib ketaveribdi. Bir kuni uch ogayni o’zaro gaplashib, bunday nohakdiklardan charchab ketganlarini aytishibdi va dam olishga qaror qilishibdi. Ertalab odamlar ishga borayotganda svetoforning ko’zlari o’chib-yonishini kutishibdi, mashinalar bir to’xtab o’ta boshlabdi. Lekin svetoforning chirokdari almashib yonmabdi. Shunda chorrahada tartibsizlik boshlanibdi. Mashinalar va odamlar bir-birlarini kutmay, bir-birlariga yo’l bermay harakatlanishibdi, tirbandlik paydo bo’libdi. Hattoki jahli tez haydovchilar sekinroq yurayotgan mashinalarning orqasidan borib urib olishibdi, atrofiga qaramasdan o’tayotgan piyodalarni esa turtib ketishibdi. Shunda odamlar bunday noqulaylikdan qutulish yo’llarini izlashibdi. Falokatlarning oldini olish uchun muhandislarni yordamga chaqirishibdi. Texnik ustalar hamma mahoratini ishga solib, svetoforlarni sozlashibdi, yo’lda piyoda va mashinalar yana tartib bilan, bir-birlariga yo’l bergan holda harakatlana boshlabdi. Shunda hamma svetoforlarga rahmat aytibdi. Yo’lning bir chekkasida indamasdan odamlarga uzzukun yordami tegayotganini barcha his qilibdi. Ehgiyotkor piyoda haftasi Piyoda tipratikan Zuhra Ro’ziyeva Bir kuni tipratikan bolalarini sayrga olib chiqibdi. Yo’lda ular juda ko’p narsalarni ko’rishibdi. Tipratikanchalar qiziquvchan, hamma narsani bilishni istaydigan sersavol ekanlar. - Oyi, oyi, mana bu yo’l nima uchun oq va qora chiziqlarga ajratilgan? Nima, u yer boshqa joylardan issiq yoki sovuqmi? Tipratikan bolasining topqirligiga qoyil qolib-di va miyig’ida kulgancha javob beribdi: - Bu piyodalar o’tish yo’lakchasi. Undan piyodalar svetoforning yashil chirog’i yonganda kesib o’tadilar. Piyodalar o’zlariga qizil chiroq yonganida bu yo’ldan kesib o’tmasliklari kerak. - Kesib o’tsalar nima bo’ladi? - Svetoforning piyodalar uchun qizil chirog’i yonganida o’tish piyoda hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Katta tezlikda kelayotgan mashina birdaniga to’xtay olmaydi. Shuning uchun har doim svetofor chiroqlariga e’tiborli bo’lish talab etiladi. - Oyijon, mana bu tepadagi rasmda bolalar nega yugurib ketayapti? Bu yo’l belgisi nimani bildiradi? - Bu belgi haydovchilarni shu yaqin o’rtada maktab bor, deb ogohlantiradi. Bu belgini ko’rgan har qanday haydovchi tezlikni pasaytirishi va hushyorlikni oshirishi zarur. - Maktab bor bo’lsa nima bo’ladi? - Maktabda ko’pgina bolajonlar o’qiydilar. Ular shu ko’chadan kutilmaganda yugurib chiqib qolishlari mumkin. Shuning uchun ham haydovchiga «ogoh bo’l» degan ma’noda bu belgi qo’yiladi. Shu payt katta ko’chada velosiped haydab ketayotgan bir bolani ko’rib qolishdi. - Oyijon, bu bolaga katta ko’chada velosiped haydash mumkinmi? - Velosipedlar uchun maxsus yo’lakchalar bor. Bola bu yerda velosiped haydab, o’zining ham, boshqalarning ham hayotini xatarga qo’yyapti. - Oyijon, yo’lovchi bo’lish ham qiyin ekanda-a? - Agarda qoidalarga rioya qilsang, hammasi oson. Shuning uchun qoidalarni yaxshilab o’rganib olinglar, - dedi ona tipratikan maxmadona bolalariga mexr bilan karab. Topishmoqlar Yo’l ko’rsatar xammaga, Doim uch xil chirok. E’tiborsiz bo’lsa kim, Ko’zlarimga deydi bok. (Svetofor) Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling