CamScanner 03-02-2021 15. 24
Maqollar Yo’l koidasi - umr foydasi. Yo’l so’ramay, yo’lga tushma. Tezyordamva o’t o’chirishxizmati
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oygul Suyundiqova tarjimasi Topishmoqlar
- Tez yordam - yordamga shay Zuhra Ro’ziyeva
Maqollar
Yo’l koidasi - umr foydasi. Yo’l so’ramay, yo’lga tushma. Tezyordamva o’t o’chirishxizmati Qo’rqmas qutqaruvchi Lev Tolstoy Shaxar uylarida yong’in chikkuday bo’lsa, ko’yincha bolalar qolib ketishadi, chunki ularni chiqarib olish mushkul. Qo’rquvdan bekinib olganlari yetmaganday ovoz xam chiqarishmaydi. Tutundan ularni ko’rib ham bo’lmaydi. Buning uchun Londonda maxsus qutqaruvchi itlar o’rgatiladi. Ular o’t o’chiruvchilar bilan birga yashashadi, o’t ketgan uylardan bolalarni olib chiqish – ularningzimmasida. Shunday qo’rkmas qutqaruvchilardan biri - Bob ismli it. U Londonda o’n ikki nafar bolani kutqargan. Olov ichida qolgan uyga o’t o’chiruvchilar yetib kelishdi. Ularning qarshisiga bir ayol yuburib keldi, u uyda ikki yashar qizchasi qolib ketganini aytib, yig’ladi. O’t o’chiruvchilar Bobni qo’yib yuborishdi. Besh daqiqa o’tar-o’tmas it qizchaning ko’ylaklaridan mahkam tishlab, uydan chopib chiqdi. Ona qizchasiga o’zini otdi - u tirik! Sevinchdan yig’ladi. O’t o’chiruvchilar esa itni mehr bilan silab-siypashdi, biron yeri kuyib qolmadimikan deya qayta-qayta ko’rishdi. Bob yana uy tomon talpindi. O’t o’chiruvchilar ichkarida yana tirik jon qolganmikan degan o’yda uni qo’yib yuborishdi. Bob uyga yelday uchib kirdi-da, bir zumda tishlarida nimadir tishlab qaytdi. Hamma xaxolab kulib yubordi: Bu - qizchaning katta qo’g’irchog’i edi. Oygul Suyundiqova tarjimasi Topishmoqlar Chiroq o’chsa yordamga kelib, Yog’du sochib ko’nglingiz olar. Yonib-yonib ado bo’lguncha To’rt devorga rasmingiz solar? (Sham) Oyoqsiz, qo’lsiz tomga chiqadi. (Tutun) Yalt-yalt etadi, Yamlab ketadi. (O’t-olov) Nur buva, ust-boshi kir buva. (Chiroq) Bir savat anor, hadding bo’lsa ol. (Cho’g) Tez yordam - yordamga shay Zuhra Ro’ziyeva Oqshom. Boburjonga oyisi yana yangi ertak aytib berarkan, uning qo’ng’iroq sochlarini silab-silab qo’yardi. Xonada oyisining mayin ovozi eshitilar, ertakning qiziqligidan hatto tunchiroq ham uni berilib tinglayotganga o’xshardi. Shu payt to’satdan ko’chadan allaqanday mashinaning baland hushtagi eishitildi-yu, hammani cho’chitib yubordi. - Oyijon, bu nimaning ovozi? - Hozir, oppog’im, - oyisi o’rnidan turib derazadan qaradi-yu, - tinchlik bo’lsin-da, - deb qo’ydi. Bu tez tibbiy yordam mashinasining hushtak ovozi edi. U bemorlarga tez tibbiy xizmat ko’rsatish uchun ketayotganida hushtak chalar, atrofdagi mashinalar esa unga yon berishlari kerak edi. Kim bilsin, balki bu mashina ichida hozir bemor qariya yoki kasal bola bordir. - U mashinada kimlar bo’ladi? - Boburjonning savol xaltasi ochilib ketdi. - Mashinada shifokor, uning yordamchisi va haydovchi bo’ladi. Agar ularga chaqiruv bo’lsa, darrov yetib borib, bemorlarga yordam ko’rsatishadi. - Agar kechki payt - tez tibbiy yordamdagilar uyiga ketib qolgan payt bo’lsa nima bo’ladi? - Tez tibbiy yordamda ishlaydiganlar kecha-yu kunduzi tinim bilishmaydi, yigirma to’rt soat mobaynida bemorlarga xizmat ko’rsatishadi. Shuning uchun ham ularni «tez tibbiy yordam» deb atashadi. Zarurat tug’ilsa, ular bemorlarni shifoxonaga olib borshadi. - Unda tez tibbiy yordamda ishlovchilar qachon dam olishadi? - Ular navbatma-navbat dam olishadi. Axir bemorlar kunning istalgan vaktida toblari bo’lmay kolsa, ularga yordam ko’rsatish kerak-ku. Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling