CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet38/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Kitobning tug’ilishi
Nasiba Erxonova
Qadnm-qadnm zamonlarda odamlarning ko’llarida mana bunday kitoblar bo’lmagan davrda, turli koya- toshlarga rasmlar chizish orkali ma’lumot almashishgan. Ular kichknna toshlarga qar xil belgilar tushirishgan. Loyga yozib, uni kuritgan kitob qoldiklari ham topilgan. Keyinchalik xamma xalklar o’zlari bilganicha kitob yaratnshga urnngan. Eng birinchi yozuvli kitob esa Misrda papnrus daraxti barglariga yozilgan. Keyin esa Rimda pergamentga yozilgan kitoblar paydo bo’lgan. Hattoki xayvon terilariga yozilgan kitoblar ham bo’lgan. Masalan «Avesto» kitobi 12 ming mol terisiga yozilgan. Keyinchalik Xitoyda birinchi marta kog’oz ishlab chikarilib, undan hozirgi holatdagi kitoblar yaratila boshlangan. Kitoblarning harfini teradigan mashina esa Germaniyada ixtiro qilingan. Shundan keyin butun dunyoda bir-biridan qizsqarli kitoblar yaratila boshlangan.
Bu kitoblar ichida eng yaxshilari bolalar uchun yaratilgan kitoblardir. Chunki bolalar kitoblardagi she’r, ertak, topishmoq, makol,
Tez aytishlarnio’rganib, aqli teran bo’lib ulg’ayadi.
Shuning uchun bolajonlar, kitoblarni yirtmas- ligimiz, ustiga muqova kiydirib asrashimiz kerak. Agar kitoblarni kir qilib, muqovalarini yirgsak, ular bizdan xafa bo’ladi. Chunki sizning qo’lingizdagi kitoblardan do’stlaringiz, kichkina ukalaringiz xama foydalanishi mumkin.
Topishmoqlar
Bir ajoyib qadrdonim,
Shirin so’zli, bilim konim.
Yaxshilikni ko’zlaydi u,
Qo’lga olsam so’zlaydi u. (Kitob)
Tilsiz aql o’rgatar. (Kitob)
Daraxt emas, yaproqli,
Ko’ylak emas, etakli,
Odam emas so’zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi. (Kitob)


Maqollar
Kitob - aql qayrog’i.

Kitob ko’rmagan kalla -


Giyox, unmagan dala.
Kitobsiz aql - qanotsiz qush.
Ko’rib bilish yaqinni,
O’qib bilish uzoqni.
Go’zal bahor
Onamning kuni
Oyijonim bayrami
Zuxra Ro’ziyeva
Dadamning aytishlaricha, bugun bayram ekan. Ertalabdan dadam, bugun oyingning bayrami, shuning uchun unga bironta ham ish qildirmaymiz, dedilar. Nonushtani dadam bilan o’zimiz tayyorladik. Tuxumning biroz tagiga olgani va bitta piyolaning singanini hisobga olmasak, nonushta yaxshi bo’ldi. Dadam oyimni o’zingizga yoqqan narsadan oling, deb bozorga jo’natdi. Biz - dadam, akam, opam va men uy yumushlarini bo’lib oldik. Men o’rinlarni yig’adigan, opam kir yuvadigan, dadam va akam ovqat, salat tayyorlashadigan bo’ldi. O’rinni doim oyim yig’ib qo’yardilar. Hammaning o’rnini yig’gunimcha rosa charchadim. «Ko’rpani ol, tagidagi choyshabni qoq, yostiqni ham urib-urib qoqib qo’y...» Dadamning ovozlari takrorlanib turardi. O’rinniku yig’ib bo’ldim, lekin oyim yig’ganlarida boshqacharoq bo’lardi-da. O’zi bitta ish qilganimga qiynalib ketdim-u, yetmaganiga, opam tezroq bo’l, kirlarni ikkinchi marta yuvishga qarashasan, deydi. Mayli, oyim uchun yordam berganim bo’lsin, deya opamning oldiga o’tirib unga ham yordamlasha boshladim. Dadam esa oshxonada hali qo’shiq aytar, hali akamga do’q urar, hali idishlarni taraq-turuq qilib yuborardi.
Dadamning xatti-harakatlaridan u ko’prok ovqat qilayotganga emas, urishayotganga o’xshardi. Chamamda, dadam bunday yumushlarni uncha xushlamayotgandek edi. Uchta paypoqni ishqalagandim, barmoqlarim shilinib ketdi. Qiziq, oyimlar xammamizning paypog’imizni yuvadilaru, lekin biror marta nolimaganlar-a!
Xullas, biz ishlarimizni tugatguncha ko’llarida ikkita xalta ko’tarib shoshilib kirgan oyim:
- Voy, sizlarni xam qiynab qo’ydimmi, xozir yordamlashaman, - desalar, butun oyingga ish qildirmaymiz, degan dadam ham jimgina fartugini yechdi-yu, sekin divanga yonboshlab oldi. Men esa oyimsiz biror ish hattoki bayramda ham bitmasligini ko’rib:
- Oyijon, siz borligingiz uchun har kuni uyimizda quyosh charaqlab turar ekan. Siz borligingiz uchun har kuni uyimizda bayram bo’lar ekan, - deb ularni quchoqlab oldim.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling