CamScanner 03-02-2021 15. 24


O’yinchoqlarga gamxo’r munosabat


Download 195.51 Kb.
bet46/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Mening uyim

O’yinchoqlarga gamxo’r munosabat
Velosiped haydagan qo’g’irchoq
M. Murodov
Bir kuni Nazira degan qiz bog’chasiga bormabdi. Bog’chaga kelgan bolalar shkafdan o’yinchoqlarini olib, o’ynay boshlashibdi. Naziraning qo’g’irchog’i yolg’iz qolibdi. U egasini uzoq kutibdi, lekin Naziradan darak bo’lmabdi. Oxiri qo’g’irchoqqa alam qilibdi-da, shkafchadan sakrab tushib, ko’chaga yo’l olibdi. Yo’lakda Rustamning uch g’ildirakli velosipedi turgan ekan, qo’g’irchoq unga minib, Naziraning uyiga jo’nabdi.
Yo’lda qizil chiroq yonganda to’xtabdi. Yashil yonganda o’tibdi, xullas, ko’cha qoidasini buzmabdi. Lekin juda tez yurishga harakat qilibdi. Uni ko’rgan haydovchilar, hatto uchib ketayotgan qushlar ham hayron bo’lib qolishibdi. Barbos degan kuchuk esa shuncha yugursaham, orqada qolib ketibdi.
Nihoyat velosiped Naziraning uyiga yetib kelibdi. Eshikdan otilib kiribdi. Nazira uyda mushukchani o’ynab o’tirgan ekan, qo’g’irchoq uni so’roqqa tutibdi:
- Nega bog’chaga bormading? Men zerikib qoldim. Hozir oldimga tush, olib ketaman, - debdi.
- Bormayman, bormayman, - debdi Nazira.
- Bormaganingga qo’ymaymiz. Biz ham ovora bo’lib keldik, - deyishibdi derazadan uchib kirgan sochiq, tarelka va qoshiqlar. Keyin ko’pchilik bo’lib Naziraga yalina boshlashibdi.
- Bo’ldi, bo’ldi, boraman, - deb Nazira o’z ovozidan uyg’onib ketibdi. Keyin shoshilib o’rnidan turib yuvinibdi, kiyinibdi. Sochlarini tarab, opasi bilan bog’chaga jo’nabdi. Eshikdan kiribdi-yu, shkafda jilmayib turgan qorako’z, jingalak soch qo’g’irchog’ining oldiga chopqillab boribdi, uni qo’liga olib erkalatibdi:
- Sen zerikib qoldingmi? Endi bog’chaga sira-sira kech qolmayman, xafa bo’lma, - deb qo’g’irchog’ini bag’riga bosibdi.


Maqollar
Osmonda oq eshak,
No’xtasi qo’limda. (Varrak)
Cho’pchagim cho’pchak,
Oltin belanchak,
Yetti qizning onasi,
Haligacha kelinchak. (Qugirchq)
Tap-tap etadi,
Ursam uchib ketadi. (Koptok)



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling