CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bahor
- Topishmoqlar
Topishmoqlar
Ishlaydi, tinimi yo’q, Bir nafas qo’nimi yo’q. Uzining beli ingichka, Lekin ega zo’r kuchga... (Chumoli) U yoqqa boradi, Bu yoqqa boradi, Bo’z to’qiydi. (O’rgimchak) Yer sayyorasi- umumiy uyimiz Gullab yashnayotgan bahor Tabiat majlisi Zuxra Ro’ziyeva - Bugun bahoroyning tug’ilgan kuni, - dedi qish vazmin. - Demak, unga eng yaxshi samimiy tilaklar bildiramiz. Qani, kimda qanday tilak bor? Daraxt: - Bahoroy, men seni juda yaxshi ko’raman. Sen kelganda barglarim chiqadi, men yana chiroyli bo’^aman. Hammayoq yam-yashil bo’lib ketadi. Doim qalblarni yashnatib, ko’zlarni quvnatib yurishda davom et. Gullar: - Sen kelsang hamma yoq go’zal bo’ladi. Biz ochilamiz, keksa onaxonlar ham kelib egilib peshonamizdan o’padi. Bolalar kelib hidlaydi, sening yordaming bilan boshqalarga sevinch, xush kayfiyat ulashaman. Bahoroy, doim gullardek ochilib yuraver. Qish: - Bahorjon, mendan keyin qovog’i soliq tabiatni uyg’otish sening zimmangda. Shunda ham tabiatning barcha injiqliklarini ko’tarasan, yana gullab yashnash uchun kuch topasan. Ana shu saboting yo’qolmasin. Bahoroy eng chiroyli tilaklardan xursand bo’lib ketibdi. Bahor Qutlibeka Rahimboyeva Bahorning turli ta’riflari bor. «Fasllar kelinchagi», deya e’zozlaydilar bahorni. «Zumrad bahor», deb sevadilar. Shoirlar: «pari fasl» deya she’r aytadilar. Haqiqatan ham, bahor - chiroyli fasl. Eng avval quyosh haroratini his etamiz. Kunlar iliy boshlaydi. Qish bo’yi osmondan qorayib, xo’mrayib boqqan bulutlarning rangi oqaradi. Yumshoq, yengil, momiq patlarga o’xshab ko’rinadi. Hatto qo’llarimiz bilan silagimiz keladi. Tog’larning cho’qqilariga oq qalpoqqa o’xshab qo’nib olgan qorlar eriydi. Shunday paytlarda adirlar oralab o’tsangiz, qorlarning suv shakliga kirib, pastga jilg’a bo’lib oqayotganini ko’rasiz. Bog’otlardagi sumalak muzlar erib tushadi, tomlarda yal- yal yonib lolaqizg’aldoqlar ochiladi. Aslida, bahorning ilk chechagi lolaqizg’aldoq emas, boychechakdir. Och sariq rangli, qaymoq rangli mitti gul - boychechaklar hali yerdan qor ketmasidan ochiladi. Tbg’dan qishloq, shaharlarga olib kelingan boychechaKlarni sho’x bolakaylar bog’lam-bog’lam qilib uyma-uy tarqatadilar: Qattiq yerdan qaqrab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak... Bu jarangdor qo’shiqlarni eshitib, eshik, darvozasini ochgan momolar boychechakni olib, manglayiga surishadi, «omonlik-somonlik, yetkazganinggga shukur», deya shukronalar aytishadi. Bahorda issiq kunlarning boshlanganini daraklab, qaldirg’ochlar uchib keladi. El orasida «Qaldirg’och tinch, baxtli yashaydigan oilalarning derazalari, shiftlariga in quradi», degan naql yuradi. Daraxtlardan eng avval bodom gullaydi: oppoq bo’lib, u xuddi oppoq ko’ylak kiygan kelinchakka o’xshaydi. So’ng olcha, o’rik, olma gullaydi... Bahorda eng chiroyli bayram - Navro’z bayramini nishonlaymiz. 21-mart kuni yurtimizga Navro’z kiradi. Dehkonlarimiz qor, yomg’irdan to’yingan tuproqqa urug’ qadaydilar. Mahallalarda sumalak sayllari boshlanadi. Tog’ adirlar orasida Navro’z sha’niga ko’pkarilar uyushtiriladi. Chavandozlar uloqni bir-biridan olishga urinib, poyga qiladilar. Eng mohir chavandoz, eng chopag’on ot uloqni oladi. Maydonlarda polvonlar kurash tushadilar, dorbozlar tomosha ko’rsatishadi. Bahorda tez-tez yomg’ir yog’ib, momaqaldiroq bo’ladi. Tushayotgan yomg’ir tomchilari durdek yarqiraydi. Har gal yomg’irdan so’ng ariqlar bo’yida yalpizlar ko’karadi. Ariqlarda - suvning to’lqinlarida bog’lardan uchgan daraxt gullari oqadi. Havodan atirgul hidlari keladi. Topishmoqlar Bola kelar, bola kelar, Ilk mehr ola kelar, Silab-siylab daraxtlarga, Guldan marjon taqa kelar. (Bahor) Erta bahor kuladi, Sovuq tushsa to’kiladi. (Barg) O’n ikkita bo’zo’g’lon, Yilda bir bo’lar mehmon. (O’n ikki oy) Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling