CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet45/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Mening uyim

Qushlar hovlisi
Ochko’z qushcha
(Tay xalq ertagi)
Bir zamonlarda yoqimli ovozli kichkina qushcha bo’lgan ekan. Uning nomi «Bu - meniki» ekan, chunk^i u har safar qir-adir va daryolardan uchib o’tayotib:
- Bu - meniki, bu - meniki! - deya chirqillarkan.
Bir kuni qushcha osmonda uchib borayotib, mevasi g’arq pishib yotgan bir daraxtga ko’zi tushibdi. Daraxtning mevasi shunchalik ko’p ekanki, qushcha ularni bir yilda ham yeb bitira olmasligi aniq ekan. Buning ustiga, daraxtning yon-atrofida birorta ham qush zoti ko’rinmas ekan.
Qushcha o’zining bunday topilmasidan behad xursand bo’lib, asta daraxt shoxiga kelib qo’nibdi. U shoxdan shoxga sakrab, mevalarni cho’qib yeya boshlabdi va tez orada qorni to’yib qolibdi. Biroq u bu daraxtni boshqa qushlar ham topib olib, uning mazali mevalarini yeb tugatishidan juda xavotirlanibdi. Qushcha qo’rquvga chiday olmay, ovozining boricha:
- Bu - meniki, bu - meniki, bu - meniki! - deb chirqillabdi.
Qushcha shunchalik qattiq chirqillabdiki, uning ovozini tevarak-atrofdagi qushlarning hammasi eshitibdi. Ular biror hodisa yuz bermadimikin, degan xayolda zum o’tmay o’sha yerga uchib kelishibdi. Qushlar bu yerda ajoyib, mazali mevalar g’arq pishib yotganini ko’rishibdi-yu, yopirilib o’zlarini mevalarga urishibdi. Birpasda hamma mevalarni cho’qilab yeb tugatishibdi-yu, yana qaytib uchib ketishibdi.
Mittigina ochko’z qushcha ship-shiydam bo’lgan daraxt atrofida chir aylanganicha: «Bu - meniki! Bu - meniki!» - deb chirqillab qolaveribdi. Aytishlaricha, mitti qushcha daraxt atrofida hozir ham aylanib uchib yurganmish.


Aqlli qarg’a
Abdulla Avloniy
Kunlar yoz fasli o’ldig’indan har yerda suvlar qururmish. Bechora Qarg’a suv yo’qlig’indin nihoyatda suvsarmish. Tillari osilub, har tarafdan suv axtarmoqsa ekan, birovning oldinda turgan ko’zani ko’rib, yoniga kelub boqsa, ichinda suv bor. Lekin bo’ynini suqub ichay desa, bo’yi yetmaydi. Biroz o’ylandi-da, tumshug’i ila toshlarni yig’ub, ko’zaning ichiga tashlay boshladi. Oz vaqt ichinda ko’zaning ostindagi suv ustiga chiqib, tosha boshladi. Aqlli Qarg’a suvdan ichib, tashnalik balosidan qutulib, uchib ketdi.


Maqollar
Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo’q hyech bir ishdan. (Xo’roz)
Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko’rsa cho’qir. (Laylak)
Boyning o’g’li ko’kka qarab yig’laydi. (Boyo’gli)
Atlas ko’ylak qanoti,
Xush xabarchi odati. (Zagizgon)



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling