CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet43/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Koinot sirlari
Sehrli samo
Nasiba Erxonova
Cheksiz Samoda yulduzlar juda inoq yashasharkan. Ular Yer yuziga sehirli nurlarni sochayotgani uchun o’zlarini baxtli his qilishar ekan. Yulduzlarning bunday chiroyli do’stligiga ko’z tegibdi va yovuz kuch ularni bir-biriga qarshi qilib qo’yibdi. Oq nur sochadigan yulduzlar bilan sariq nur sochadigan yulduzlar o’zaro dushman bo’lib qolibdi. Ular bir-biri bilan jangga kirishganida nur sochmaydigan bo’lib qolishibdi. Butun dunyo zimistonga aylanibdi. Shunda donishmand Zuhro yulduzi butun qavmiga qarab debdi:
- Ey yulduzlar, kelinglar bu janglarni to’xtatamiz. Dushmanchilikdan sira foyda yo’q. Sizlar nur sochmaganingiz uchun butun dunyo - Yer sayyorasi va boshqa sayyoralar zimistonga aylandi.
Yulduzlar osmondan pastta qaragan ekan, haqiqatan ham, keksa qariyalar, kichkina chaqaloqlar qorong’ilikdan aziyat chekishayotgan ekan.
Shunda hamma yulduzlar qurollarini uloqtirib, bir- birlari bilan yarashibdi. Yovuz kuch ta’sirida dushmanga aylanganidan uyalib, bir-biridan kechirim so’rabdi.


Tentakvoy qanday qilib oyni qutqardi?
(Efiopiya xalq ertagi)
Bor ekan-u, yo’q ekan, bir qishlokda Tentakvoy yashar ekan. Bu qishloqning odamlari ham ancha sodda ekan. Bir kuni Tentakvoy suv olgani quduqqa boribdi. Birdumda agrofga qorong’i cho’kibdi. Tentakvoy quduqqa qarasa, u yerda Oy turganmish.
- Sho’rimiz qurib qoldi, yordam beringlar! - deb qichqiribdi u. - Oymoma cho’kib ketyapti.
Qishloq odamlari yugurib kelishibdi. Ular tezda kudukdagi bor suvni chelaklab tortib olmoqchi bo’lib ishga tushishibdi. Qancha urinishsa ham, Oymomani tuta olishmabdi. Bir payt arqonga nimadir ilinib qolibdi.
- Bu - Oymoma, boshqa narsa bo’lishi mumkin emas, - Debdi Tentakvoy. - Qani, hammamiz bir torgaylik-chi!
Hamma bor kuchi bilan tortibdi, birdan arqon uzilib, ular chalqanchasiga yerga yiqilishibdi. Tepaga qarashsa, Oymoma osmonda turgan emish.
- Ureyeye, qutqardik! - deb qichqiribdi Tentakvoy. - Oymoma osmonga chiqib olibdi. Oymoma bizga raxmat aytsin, biz harakat qilmaganimizda u bir umr suvdan chiqa olmasdi.


Topishmoqlar
Po’lat qushim uchdi, ketdi,
Bir zum o’tmay Oyga yetdi. (Raketa)
Ko’k ko’ylakka g’o’za yoydim. (Osmon, yulduzlar)
Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi. (Osmon, kuyosh)
Uzoq tog’da o’t yonar. (Kuyosh)
Bir parcha patir,
Olamgatatir. (Oy)
Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko’taray desam, og’ir gilam. (Yer)
Og’ir gilamni qoqolmadim,
Mayda toshni terolmadim. (Yer va yulduzlar)



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling