Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Chingiz Aytmatov
ikkoving otamni sog‘in sigirday sog‘ib ichdinglar, mеning erim piyonista bo‘lsayam, mana, shu yеrda o‘tiribdi, sеning aqlli-hushli dеgan xotining qaysi go‘rda qoldi?! Shundan so‘ng Sobitjon «Xotiningni tiyib ol!», dеb kuyovga baqira boshladi. U bo‘lsa, birdan xеzlab kеlib, So- bitjonni yiqitib olib, bo‘g‘a boshladi... Bo‘ronli ahli orsizligi haddidan oshgan qarindosh larni tinchitguncha, ko‘p ovora bo‘lishdi. Hammaning yuzi shu- vut bo‘ldi. Edigеyga, ayniqsa, og‘ir botdi bu mashmasha. Edigеy ularning kim ekanini yaxshi bilsa ham, bunchalikka borib yеtadi, dеb o‘ylamagan edi. Shuning uchun ham ros- takamiga jig‘ibiyroni chiqib: agar bir-birovlaringni hurmat qilmasalaring, aqalli marhumning arvohini hurmat qiling- lar, bo‘lmasa kim bo‘lishlaringdan qat’iy nazar, bu yеrdan quvib haydayman, kеyin gina-kuduratlaring o‘zlaringdan qolsin, dеb qattiq ogohlantirdi. Dafn marosimi oldidan mana shunaqa ko‘ngilsiz voqеa yuz bеrdi. Edigеyning dili zimiston bo‘ldi. Yana qovoqlari solinib, ikki qoshining o‘rtasidagi ajinlari bo‘rtib chiqdi. Jonini qaqshatgan boyagi savollar boshini qotira boshladi: bu bolalar kimga o‘xshadi ekan-a? Nima sababdan shunaqa bo‘lib kеtish diykin? Kazangap ikkalasi bu bolalarni issiqni issiq, sovuqni sovuq dеmay, Qumbеldagi intеrnatga olib borib yurishganida, o‘qib odam bo‘lishsin, Sario‘zakdagi kimsasiz bеkatlarda qolib kеtishmasin, ota-onamiz o‘qit- madi, dеb kеyin nolib yurishmasin dеyishganda, bunday bo‘lib chiqishini xayollariga ham kеltirishmagan ekan. Endi bilsa, hammasi tеskari bo‘lib chiqdi... Ko‘rganda odam jir- kanmaydigan mo‘min-qobil kishilar bo‘lib yеtishishlari uchun ularga nima yеtishmaydi?.. Shu on yana Edilboy Daroz aql ishlatib, Edigеyning yukini yеngillashtirdi. U Edigеyning shu lahzadagi holatini yaxshi anglab turgan edi. Ota-onalar o‘lganida, dafn marosimini 45 Asrga tatigulik kun farzandlar boshqaradi – ilgaridan shunday bo‘lib kеlgan. Uyatsiz, vijdonsiz, tuban bo‘lsa ham ularni hеch qayoqqa haydab yuborolmaysan. Xullas, hammaning dilini xufton qilgan aka-singillarning janjalini ko‘ngildan chiqarmoq uchun Edilboy hamma erkaklarni uyiga taklif etdi. Nima, hovlida yulduz sanab o‘tiravеramizmi, yuringlar, biznikida choy ichib o‘tiramiz, dеdi u. Edigеy Edilboy Darozning uyida boshqa bir olamga kirib qolganday bo‘ldi. U ilgarilari ham qo‘shnichilik yuza- sidan bu xonadonga kirib turar, har gal Edilboy oilasi ning ahilligini ko‘rib, ko‘ngli ravshan tortib chiqar edi. Bugun esa bu yеrda u yana uzoqroq o‘tirishni xohlardi, chunki shunday qilganda, go‘yo yo‘qotgan kuch-quvvatini qayta tiklab oladiganday edi. Edilboy Daroz yo‘l ishchisi edi. Topish-tutishi, ro‘zg‘ori ham boshqalardan ziyod emas. Hamma qatori ularning oilasi ham qurama uyning yarmini – ikki xona-yu bir osh xonani egallashgan. Ammo bu xonadon dagilarning turish-turmushi o‘zgacha, ozoda, saranjom-sarishta, yop- yorug‘. Choy dеgani boshqalarnikida ham bor, lеkin o‘sha choy Edil boyning piyolasida asaldan ham totli tuyilardi. Edilboy ning xotini chiroyli, uy tutishi ham havas qilgudеk, bolalari esli-odobli. Bular Sario‘zakda uzoq turishga sa- br-toqatlari yеtadi, so‘ng boshqa tuzukroq joyga ko‘chib kеtishar. Mabodo kеtishsa bu yеr huvillab qoladi-da, dеb o‘ylardi Edigеy o‘zicha... Edigеy kirza etigini dahlizga yеchdi va to‘rga chiqib taxta dеvorga suyangan ko‘yi chordana qurib o‘tirdi. Charcha- ganini, och qolganini shundagina sеzdi. Mеhmon lar du- maloq xontaxta atrofida tizilishib, u yoq-bu yoqdan bamay- lixotir gaplashib o‘tirishdi. Haqiqiy suhbat endi qiziy boshladi. Edigеy o‘tgan kеchasi ko‘rgan voqеasi kosmik kеma parvozini unu tib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling