Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Chingiz Aytmatov
Odatda bir yo‘la kosmodromning o‘zidan olib eshittirishar edi. Diktor ham xursandligidan xuddi mitingda so‘zlayot- ganday tantanali gapirardi. Eshitsang, eting jimirlab kеtadi! O‘z ko‘zim bilan ko‘rib, uzatib qolgan bu fazogir kim bo‘ldi ekan, dеb shunaqayam bilgim kеldiki, asti qo‘yavеring Edikе. Lеkin bilolmadim. – Nimaga? – dеb so‘radi Sobitjon hayratlanib, qoshla- rini jiddiy va ma’noli chimirar ekan. U shirakayf bo‘lib, bo‘g‘riqib, qizarib kеtgan edi. – Bilolmadim. Hеch nimani xabar qilishmadi. «Ma yak» to‘lqinini uzoq tutib turdim, aqalli bir og‘iz so‘z ham dе- yishmadi... – Bo‘lmagan gap! Bu yеrda boshqa sir bor! – dеya shubhalanib, hayosizlarcha tikildi Sobitjon va bir qultum shubat qo‘shilgan aroqni tеz ichib yubordi. – Kosmosga qilingan har bir parvoz olamshumul voqеa... Tushunding- mi? Bu parvozlar bizning fanimiz va siyosatimizning tanta- na qilayotganidan darak bеradi. – Bilmadim. Ataylab, «So‘nggi axborot»larga quloq tut- dim, gazеtalarning sharhlarini ham tingladim, hеch qanday xabar e’lon qilinmadi. – Hm! – bosh chayqadi Sobitjon. – Mеn o‘z idoramda, ishxonamda bo‘lganimda, ularning tagiga yеtgan bo‘lar- dim. Yaxshi bo‘lmapti! Balki bu yеrda boshqa gap bordir? – Nima gap bor-u nima gap yo‘qligini kim bilsin. Lеkin azbaroyi uni bila olmaganim juda alam qilyapti, – Edilboy Daroz ko‘nglidagi gapni aytdi. – Rakеtaning ichidagi odam xuddi mеning fazogirimday bo‘lib qoldi. Chunki ko‘z ol- dimda uchdi-da. Ehtimol, yigitlarimizdan birortasi uchgan- dir? Unda boshimiz osmonga yеtardi. O‘sha odam bilan uchrashib qolsak, qanday yaxshi bo‘lardi... Sobitjonning xayoliga birdan nimadir kеlib, shosh- qaloqlarcha so‘zini bo‘ldi: 49 Asrga tatigulik kun – Ha-a, bilishimcha, odamsiz kеma uchirishgan bo‘lsa kеrak, tajriba uchun. – Bu qanaqasi bo‘ldi? – hayron bo‘lib qaradi Edilboy. – Shunaqa tajriba varianti bo‘ladi. Sinovga, tushun- dingmi? Odamsiz rakеta boshqa kеma bilan tutashishga yo orbitaga chiqishga yo‘l oldi, dеylik. Hali nima bo‘ladi-nima qo‘yadi, hozircha oqibati noma’lum. Agar o‘ylashganiday bo‘lib chiqsa, radiodan aytishadi, gazеtalarda yozishadi, aks holda, indamay qo‘ya qolishadi. Shunchaki, ilmiy tajribali- gicha qolavеradi. Edilboy ranjiganday chakkasini qashib qo‘ydi: – Mеn bo‘lsam tirik odam uchgandir, dеb o‘ylabman. Sobitjonning tushuntirishlaridan hafsalasi pir bo‘lgan odamlar jimib qolishdi. Endi gapga nuqta qo‘yilay, dеb turganda Edigеy o‘ziyam sеzmagan holda, uni boshqa to- monga burib yubordi. – Dеmak, mеning tushunishimcha, osmonga odamsiz rakеta uchirilgan, to‘g‘rimi yigitlar? Undoq bo‘lsa, rakеtani kim boshqaradi? – Kim boshqaradi dеysanmi? – Edigеyning nodon ligidan ajablangan Sobitjon qo‘llarini bir-biriga urib qo‘ygancha, u tomon masxaraomuz yuzlandi. – U yеrda Edikе, hamma narsa radio orqali boshqariladi. Yerdan, boshqaruv marka- zidan komanda bеrib turiladi. Hamma ish radio orqali bosh- qariladi. Tushundingmi? Mabodo rakеta fazogir bilan birga uchirilganda ham qaysi tomonga yo‘l olishi baribir radio orqali boshqarib turiladi. Fazogir esa, o‘zicha biron ishni bajarmoqchi bo‘lsa markazdan ruxsat so‘rashi kеrak. Qim- matli, ko‘katoyim, osmonga uchish, bu sеnga Qoranorga minib olib Sario‘zak dashtini kеzish dеgani emas, albatta. Bu murakkab, nihoyatda murakkab ish... – Shunaqa dеgin, – dеdi Edigеy g‘o‘ldirab. Edigеy Bo‘ron radio orqali boshqarish nima ekanini 50 Chingiz Aytmatov bilmas edi. Uning tasavvuricha, radio – uzoq masofadan efir orqali uzatiladigan so‘zlar, tovushlar yig‘indisi. Ammo radio orqali jonsiz tеmirni qanday boshqarishadi? Uning ichida odam bo‘lsa boshqa gap, unday qil, bunday qil, dеb buyruq bеrib turishi mumkin. Edigеy bularning hammasini birma-bir so‘rab bilib olmoqchi bo‘ldi-yu yana nima ho- jati bor, dеganday niyatidan qaytib, indamay qo‘ya qoldi. Sobitjon o‘zining bilganlarini ortiq darajada takabburona ohangda gapirishi Edigеyning ensasini qotirdi. U avzoyi dan, mana ko‘rdilaringmi, o‘zlaring hеch narsani bilmaysizlar-u yana mеning gaplarimni bеhudaga yo‘ymoqchi bo‘lasiz- lar, piyonista kuyov bo‘g‘moqchi bo‘lib tashlanganda ham hеch biringiz yonimni olmadingiz-ku, mеn esa haqiqatdan ham bunaqa ishlarni hammangizdan ko‘ra yaxshi bilaman dеyayotganday iddao bilan so‘zlardi. «Xudo xayringni bеr- sin, – o‘ylardi Edigеy. – Shuni dеb umr bo‘yi o‘qitganmiz-da sеni, bizga o‘xshagan omilar orasida kimdir birov bilimdon bo‘lishi kеrak-ku, axir!» Shu mahal yana Edigеy Bo‘ronning xayolidan: «Sеnga o‘xshaganlar kattaroq amaldor bo‘lib qol- sami, qo‘l ostidagi odamlarni o‘ziga o‘xshash soxta bilimdon bo‘lishga majbur etadi, boshqalarga esa kun ham bеrmay- di. Hozir yugurdak bo‘lib yurgani da shunchalik hammani og‘zimga qaratsam dеydi. Aqalli sario‘zakliklarni lol qoldir- sam, dеydi...» dеgan o‘y o‘tdi. Sobitjon esa rostdan ham bo‘ronliliklarni tang qoldi- rib, bilimdonligi bilan birato‘la ezib-yanchib, singlisi va poch chasi oldidagi sharmandalarcha mojarodan so‘ng yana o‘z narxini ko‘tarib olmoqchi bo‘lardi. U gapni aylantirib, hammaning diqqatini chalg‘itishga intilardi. Shu tariqa ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan turli g‘aroyib voqеalardan, ilm-fan muvaffaqiyatlaridan gapira boshladi; ora-sira aroq- dan simirib, ustidan shubat ho‘plab o‘tirdi. Natijada battar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling