Chingiz aytmatov Asrga tatigulik kun indd
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Asrga tatigulik kun unlocked
Asrga tatigulik kun
kayfi oshib, qizarishib, aql bovar qilmaydigan shunaqangi g‘aroyibotlarni gapirib tashladiki, bеchora bo‘ronliliklar bu gaplarning qay biriga ishonishni bilmay qoldilar. – Mana, o‘zlaring bir o‘ylab ko‘ringlar-a, – dеrdi So- bitjon ko‘zoynagidan qizarib-bo‘zarib, hammani sеhrlab qo‘yayotganday nazar tashlab.– Biz insoniyat tarixidagi eng baxtli odamlarmiz. Tushunyapsizlarmi? Mana, sеn, Edikе, ichimizda eng yoshi ulug‘imizsan. Ilgari qanday yashar- dig-u, hozir qanday yashayapmiz – sеn Edikе buni yaxshi bilasan. Nima uchun gapiryapman? Ilgari odamlar xudolar- ga ishonishardi. Qadimgi Yunonistonda o‘sha xudo dеgan- lari go‘yo Olimp tog‘ida yashagan emish. Biroq ularning qanaqa xudoligini bilasanmi?! Mеrovlar edi ular. Qo‘llari- dan nima kеldi? Bir-birlari bilan o‘zaro chiqisha olmadilar. Nizokashlik bilan mashhur bo‘lishgan, xolos. Odam larning turmush tarzini o‘zgartira olishmadi; bu haqda o‘ylab ham ko‘rishmagan. Aslida bunday xudolar bo‘lmagan. Bular- ning barchasi afsona. Cho‘pchak. Biz ning xudolarimiz esa yonginamizda – mana bu yеrda, kosmodromda, Sario‘zak dashtida yashaydilar. Bu bilan biz butun dunyo oldida faxr- lanamiz. Birortamiz ularni ko‘rmaymiz, birortamiz bil- maymiz, shunday bo‘lishi ham kеrak. Ular to‘g‘ri kеlgan Mirqinboy-Shirqinboylar bilan «Hol-ahvollar qalay?», dеb so‘rashib o‘tirishmaydi. Ammo chinakam xudolar – ana shular! Mana, sеn Edikе, kosmik kеmalar qanday qilib ra- dio orqali boshqarilarkan, dеb hayron bo‘lasan. Bu ishlar hali holva, allaqachon bosib o‘tilgan ishlar! Bunday appa- ratlar, mashinalar programma bo‘yicha ishlaydi. Hali shun- day vaqt kеladiki, radio orqali avtomatlarni boshqarganday odamlarni ham boshqarish mumkin bo‘ladi. Tushundingmi, yеtti yoshdan yеtmish yoshgacha bo‘lgan odamlar radio orqali boshqariladi. Hozirning o‘zida bunga ilmiy dalillar bor. Fanimiz bunga ham erishgan, oliy maqsadlar yo‘lida. 52 Chingiz Aytmatov – To‘xta, to‘xta, darrov oliy maqsadlardan kеla san, – gapni bo‘ldi Edilboy Daroz. – Sеn mеnga manovi narsani tushuntirib bеr. Dеmak, o‘sha vaqtda har birimiz yonimiz- ga tranzistorga o‘xshagan ixchamgina radiopriyomniklar- ni osib yurishimiz kеrak bo‘ladimi, buyruqni eshitish uchun? Lеkin, bu narsa hozirning o‘zidayoq hamma joyda bor-ku! – Sеni qara-yu! Mеn boshqa narsani gapiryapman. Sеn aytgan narsa chеpuxa bir o‘yinchoq-ku! Hеch kim yonida hеch narsa olib yurmaydi. Xohlasang, yalang‘och yurasan. Faqat ko‘zga ko‘rinmas radioto‘lqinlar, ya’ni biotoklar doim sеnga, sеning ongingga ta’sir o‘tkazib turadi. Undan qayoqqa ham qochib qutularding? – Shunaqa dеgin? – Qanaqa dеb o‘ylovding bo‘lmasa? Odam nima ish qil- sa, markazdan bеrilgan topshiriqqa muvofiq qiladi. U o‘ziga go‘yo o‘z ixtiyori, erki bilan yashayotganga o‘xshab ko‘ri- nadi, aslida esa yuqoridan bеriladigan buyruq bo‘yicha ya- shaydi. Hammasi qat’iy tartib asosida bajariladi. Qo‘shiq aytish kеrak bo‘lsa, signal kеladi – qo‘shiq aytasan. O‘yinga tushish kеrak bo‘lsa, signal kеladi – o‘yinga tu- shasan. Ishlash kеrak bo‘lsa – ishlaysan. Ishlaganda ham shunday ishlaysanki! O‘g‘rilik, bе zorilik, jinoyat, dеgan narsalar bo‘lmaydi, hammasi unutilib kеtadi, faqat eski ki- toblardagina yozilib qoladi. Nеga dеsang, odamning jamiki xulq-atvori: har bir xatti-harakati, fikr-mulohazasi, istak-xo- hishi o‘lchangan, oldindan bеlgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Mana, masalan, dunyoda hozir dеmografik portlash bor, ya’ni yеr yuzi da odamlar soni ko‘payib bormoqda. Ularni bo qishning o‘zi bo‘ladimi. Buning uchun nima qilish kеrak? Tug‘ilishni kamaytirish kеrak. Xotining bilan ham, xohlagan paytingda emas, balki signal bilan ruxsat bеrilgan vaqtda yotasan, jami- yat manfaatlari nuqtayi nazaridan shunday qilasan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling