Chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 3-bosqich 19/1 guruh talabasi
Download 282.5 Kb.
|
MUSHTARIY kurs ishi tarix
Ishining hajmi va strukturasi: Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.
II BOB. Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining yuzaga kelishi. 1.1 Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltirgan ijtimoiy – siyosiy sharoitlar Turkistonda milliy o’zlikni anglashga xizmat qilgan va milliy ozodlik mafkurasining yuzaga kelishi va rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan yirik ijtimoiy-siyosiy oqimlardan biri jadidchilik bo’ldi. Sovet tarizshunosligida uzoq vaqt mobaynida jadidchilik “reaksion” G’oyaviy oqim sifatida ko’rsatildi.To’g’ri dastlabki bosqichlarda Jadidlarning madaniy-ma’naviy faoliyati nisbatan ijobiy baholangan bo’lsada, faqat bugungi kunga kelib vatanimiz olimlarining sa’y-harakatlari bilan bu masalaga tubdan yondashuvlar qaror topdi.Hozir jadidlar Harakati Turkiston jamiyatining XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida siyosiy kuchlar chatishib ketgan bir davrda eng taraqqiyparvar yo’nalishini o’zida aks ettirgani ochiq tan olinadi. Jadidchilik dunyodagi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan bo’lib u ijtimoiy rivojlanishning yetilgan ehtiyojlari va o’lka tub aholisining manfaatlariga javob berardi. Aytish mumkinki, jadidchilikning paydo bo’lishi va shakllanish masalalari ancha to’liq yoritildi. Biroq, hanuz chuqur idrok etishni Talab qiluvchi bir qator muammolar mavjud. Jadidchilik, ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi ijtimoiy rivojlanishining tub burilish bosqichida yuzaga keldi.Mahalliy vatanparvarlarning mustamlaka ‘Turkistonda inqirozla holatini, O’lkaning umumjahon jarayonlardan tobora ortda qolayotganini tub aholining erkparvar harakatlariga keskin zarba berilib hamma joylarida bostirilishini ma’naviyat sohasidagi turg’unlikni idrok etishlari jamiyatni atroflicha isloh etish kerak degan g’oyaning ilgari surilishiga turtki bo’ldi. Biroq,bu islohotchilik harakati tarixiy murakkab yo’lni bosib o’tdi.Bu ijtimoiy rivojlanishning konsepsual asosiy masalalari va eng avvalo, feodalizm hamda mustamlakachilikning asoslarini buzish mafkurasini konsepsual jihatdan idrok etishda ko’rindi. Birinchi bosqichda mazkur harakat ishtirokchilari asosan e’tiborni butun ijtimoiy tizimni o’zgartirishdan ko’ra, ma’naviyat sohasini yangilashga qaratdilar. Jadidlar yangi usuldagi maktablarni tashkil etish,gazetalar chiqarish, darslik va o’quv qo’llanmalari (ayniqsa aniq fanlar) nashr etish G’arb texnika va texnologiyasini o’rganish zaruriyati, Yevropa madaniyati yutuqlaridan foydalanishni targ’ib etish orqali milliy dunyoviy ta’limni yuzaga keltirish, ma’naviy hayotni yangilash va boyitish, milliy o’zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratdilar. Turkistonda dastlabki jadid guruhlari XX-asr boshlarida yuzaga keldi.Jadidlarning taniqli vakillari milliy ziyolilarning o’zligini tashkil etgan kishilar edi.Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li, Sadriddin Ayniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Zakiy Validiy, Toshpo’lat Norbo’tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalar shular jumlasidandir. Jadidlarning tashkiliy jihatdan birlashishlarida Mahmudxo’ja Behbudiyning xizmati sezilarli bo’ldi. U o’z atrofiga anchagina aqliy kuchlarni yig’di. Jadidchilik boshlang’ich bosqichida ko’proq musulmon maktablari islohoti va Yevropacha ta’lim unsurlarini kiritishni ko’tarib chiqqan tor darajadagi madaniy – ma’rifiy oqim degan qarashlar mavjud. Shunga qaramay u ilk yillardayoq milliy uyg’onish uchun shart-sharoit hozirlash, O’rta Osiyo xalqlarini jahon xalqlari sivilizatsiyasi bilan oshno etishga qaratilgan edi. Katta zakovat va haroratli qalb egalari bo’lgan bu harakat tashabbuskorlari Turkiston xalqlarining boshi berk ko’chaga kirib qolganliklaridan chuqur tashvishga tushdilar .Ham chorizm, ham mahalliy amaldorlarning ikki yoqlama zulmi ostida qolgan Mahalliy keng ommaning behad qashshoqligi, dunyoning rivojlangan iqtisodiy mamlakatlaridan haddan ziyod ortda qolganligi madaniy qoloqlik , fikrlashdagi turg’unlik jadidlarda ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirishning amaliy vositalarini izlash fikrini uyg’otdi. Yuzaga kelgan sharoitlarda ilg’or musulmon ziyolilari o’lkaning istibdod zanjiriga tushishning, mamlakat qoloqligining asosiy sababini xalqning ma’rifiy qoloqligi deb bildilar.Shu bois jadidlar ta’limni isloh qilishni dastlabki bosqichdagi asosiy vazifa deb bilishgandi. Jadidlar yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o’quv zallari ochishdi.Jumladan o’lka hududida yangi usuldagi maktablardan dastlabkisi 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla nomidan tashkil etildi.O’sha yili jaded maktabi To’qmoqda ham ochildi. 1899 yilda Mannon Qori Toshkentda va Shamsiddin domla Andijonda yangi usuldagi maktablar ochdilar. 1990-yildan boshlab Turkistonda yangi usuldagi maktablar tarmog’I izchil ravishda kengaya bordi. Shu yili taniqli olim, jurnalist Va pedagog Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li yangi usuldagi o’zbek maktabini tashkil etdi. Uni o’zi boshqarib dars berdi.shu o’rinda Munavvar Qori shaxsi haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, “ Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shug’ullangan.Uning ixcham hikoyalari, talaygina she’rlari o’sha davrdagi matbuot va o’zi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u o’tkir publicist adib sifatida tanilgan. Maqolalarida inson va jamiyat, din va dinshunoslik, ahloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot,davlat idorasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan”.1 Bu maktabning samaradorligi shu qadar yuqori ediki, bu hol boshqa joylarda ham shunday o’quv dargohlari tashkil etilishiga turtki bo’lib xizmat qildi. 1903-yilda Mahmudxo’ja Behbudiy Samarqand yaqinidagi Jomboy degan joyda o’z mablag’i hisobidan yangi maktab ochdi.Hoji Mulk va Abduqodir Shakuriy kabi mashhur ma’rifatparvarlar u bilan birga dars berishdi. Boshlang’ich davrdagi jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik yo’nalishida bo’lganligini tan olgan holda, shuni aytish kerakki, U Rossiyadagi narodniklar faoliyati singari sof madaniy- ma’rifatparvarlik harakati edi deyish mumkin emas. Jadidlarning “ma’rifat” mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va qirrali edi.Unda hozir ham dolzarb sanaluvchu tarixiy vazifalar: dinning ma’naviy kamolotini takomillashtiruvchilik xususiyati, bozor va xususiy makonni shakllantirish jarayonlarini kuchaytirish, zamonaviy demokratik muassasalarni yuzaga keltirish, o’ziga xos milliy rivojlanish yo’li kabilar jamlangan va e’tiborga olingan edi.Ta’lim islohoti haqidagi talablar mohiyatan ilk jadidlar mafkuraviy qarashlarning umumiy jihatini o’zida ifoda etgandi. Ular o’sha paytdayoq Turkiston jamiyatini tadrijiy isloh etishning bo’lg’usi modeli ko’pgina muhim g’oyalarni o’z faoliyatlarida namoyon etishgandi. Agar ilk jadidchilik nazariy qarashlariga tarixiy nuqtai – nazardan qaralsa, jadidlarning bundan keyingi, butun mafkurasi asoslarini tashkil etgan bir necha muhim qoidalarni ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchidan, ma’rifatparvar xalqni ma’rifatli qilmasdan keng ommani rus va jahon madaniyati yutuqlariga oshno etmasdan turib, Turkiston taraqqiy etolmasligini tushunib yetdilar. Ular xalqning turmush sharoitini yaxshilash uchun mustamlaka feudal zulmi va og’ir majburiyatlardan xalos bo’lish, ma’naviy erkinlikka erishish zarur deya to’g’ri fikr yuritishdi. Huquqshunos D,Tashqulovning tadqiqotida ko’rsatilganidek,ma’rifatparvar asarlarida mustamlaka feodal jamiyatining siyosiy – huquqiy muassasalari markaziy o’rin tutadi. Ular o’z asarlarida hokimiyatning qonunsizlik va poraxo’rlik, haddan ziyod og’ir soliqlar kabi zulmkorligi ko’rinishlarini ayamay tanqid qilishdi. Jadidlar mustamlaka Turkistonni Mahalliy ma’muriyat vakillarining saylov tizimini qoralashdi.Chorizmning norozilik siyosatiga norozilik bildirishdi. Ikkinchidan, jadidchilik harakatining yo’lboshchilari tarixiy taraqqiyotni tezlashtirishni, islomni yangilash, madaniy bozor makonini ijtimoiy – iqtisodiy shart – sharoitlarni yaratishni shakllantirish bilan chambarchas bog’ladilar. Yevropa va Rossiyaning ko’pgina ma’rifatparvarlaridan farqli o’laroq, jadidlar dinni rad etmadilar. Aksincha ular islomni ijtimoiy taraqqiyotga erishish uchun musulmonlarni birlashtiruvchi muhim omil, o’lka xalqlqrini yuksak axloqiylik, vatanparvarlik, do’stlik, birodarlik, inqirozli ahvoldan chiqishdagi kurashda jipslashtiruvchi kuch sifatida saqlab qolish tarafdorlari bo’lib chiqishdi. Jadidchilik harakati yuzaga kelayotgan bir paytda yozilgan Abdurauf Fitrat va Mahmudxo’ja Behbudiylarning “Islomning qisqacha tarixi” (bir xil nomdagi) asarlari jadidlarning dinga munosabati haqida yorqin tasavvur beradi. Ularda mohiyatan bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini belgilash uchun zarur bo’lgan , bosib o’tilgan yo’lning atroflicha tahlili berilgan. Fitratning fikricha dunyo qandaydir “hayot g’oyasi”dan yaratilganidan to Muhammad Payg’ambargacha bo’lgan dinlar, urushlarning tartibsiz almashinuvini o’zida namoyon etadi. Alloh o’z payg’ambari orqali haqiqiy dinni yubordi,islom odamlar tarqoqligini yengib o’tdi, taraqqiyot davri boshlandi.Musulmonlar dunyoga ko’plad ilmiy kashfiyotlarni berdi, yevropaliklarning o’zlari ilgari yaratgan aqliy qadriyarlarni saqlqb qoldi. Mahmudxo’ja Behbudiy islom falsafasiga katta e’tibor berib, unda musulmon dunyoqarashining o’zagini ko’rdi: “Qachonlardir islom faylasuflari ta’kidlaydi, Behbudiy, - Yevropa uchun Aflotun va Arastuni saqlab qolishdi, bu qit’ada antic an’analarning qayta tiklanishiga imkon berdi. Endi uning fikricha,islomfaylasuflarining yevropaliklar xizmatidan foydalanish payti keldi: qo’shnilardan barch yaxshi narsalarni, xususan, hissiyotlarga eng muhimiinson ehtiyojlariga yuz tutgan O.Kant asarlarida o’zlashtirish lozim. Birinchi bosqichda jadidchilik harakatining yo’lboshchilari o’rta asrchilik sxolastikasi, qotib qolgan diniy ta’limga qarshi chiqishdi, yangi usuldagi ta’lim uchun kurashishdi.Biroq, ularning islomni isloh qilish mafkurasi rivojlana borib, ancha chuqur mazmun va ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlari bilan o’zaro aloqadorlik kasb eta bordi. Jadidchilik dunyoviy ta’limni faollashtirishga intila borib, ayni paytda yuzaga kelayotgan milliy burjuaziya manfaatlari, shakllanayotgan Tovar-bozor munosabatlari sharoitlarini o’zida aks ettirdi. Ular an’anaviy ta’lim islohoti, yangi usuldagi maktablar va teatr truppalari yaratish, har bir musulmonning bank va moliyaviy capital ishida ishtirok etish imkoniyati tarafdorlari bo’lganlari holda , islomning ba’zi eskirgan aqidalarini inkor etishdi.Fanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirishdagi alohida ahamiyatini tan olishdi. Jadidlar ma’naviy va iqtisodiy yangilanish ehtiyoji haqida matbuotda ko’plab chiqishlar qilishdi.Jumladan M.Behbudiy o’zi nashr qilgan “Oyina”jurnalida shunday deb yozadi:”…Siz muhtaramlar, o’z bolalarimizni ular din va millatga xizmat qilishlari uchun zamonaviy bilimlarga o’qitmog’imiz lozim, millat va dinga xizmat qilish esa, faqat bilimlar va pul orqali mumkin”. Bu maqsadlar zamonaviy o’zgarishlar amaliyoti bilan hamohangdir. Zero o’tmishda ham, hozirgi kunlarda ham interllektual imkonoyatga ega bo’lish bozor tuzilmalarini tatbiq etish negizida jadal iqtisodiy o’tish, keng miqyosda investitsiyalar kiritish milliy gillab – yashnashning muhim shartidir. Jadidchilik ilg’or estetik va ma’naviy-iqtisodiy g’oyalarni o’zida jamladi. XX-asr boshlarida jadidchilik siyosati qonun asosida insonning so’z, matbuot, vijdon, shaxs daxlsizligi, erkinligini himoya qildi.Shunday qilib, jadidchilik yuzaga kelgan paytdan boshlaboq feudal tuzum va mustamlakachilikning tub negizlariga qarshi chiqdi. U an’anaviy islomga zid o’laroq dinni ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyot vazifalariga moslagan holda uning ayrim eskirgan qoidalarini o’zgartirishga intildi. Jadidlar o’z xalqini ma’rifatli ko’rishni istadi.Har qanday qullik,xurofotga berilish, milliy biqiqlikdan ozod bo’lishga intildi. Bu yo’l milliy va diniy – ma’naviy qadriyatlardan voz kechish emas, balki, ular asosida bundan keyingi rivojlanish va taraqqiyotga xalaqit beruvchi eskirgan aqida va xurofotlardan voz kechish bilan asta-sekin o’tish edi.Jadidlarning g’oyalari aholining turli qatlamlari tomonidan qizg’in kutib olindi. XX-asr boshlaridayoq jadidlar harakati Sirdaryoning qariyb Butun janubiy qismi, Samarqand va Farg’ona viloyatlari, Buxoro amirligini qamrab oldi. U ayniqsa, yirik shaharlar Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Andijon, Namangan, Marg’ilon, Kattaqo’rg’onda katta mavqega ega edi. Jadidchilik harakatlarining tashkiliy jihatdan o’sib va mafkuraviy shakllanishiga birinchi rus inqolobi sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 1905-1907 yillardagi jadidlarning siyosiy qarashlari o’sib, ular faoliyatida keskin chora-tadbirlarni amalga oshirishga intilish kuchaydi. Ayniqsa, 1905-1907-yillardagi davrda Turkistonda jadidchilik harakati Tashkiliy g’oyaviy jihatdan chiqish qildi. Nijniy Novgorod shahrida 1905-yil 15-avgustda bo’lib o’tgan I Butun Rossiya musulmonlar syezdi va Peterburgda 1906-yil 13-23-yanvarda bo’lib o’tgan II Butun Rossiya umummusulmon syezdi qarorlari o’lkada ancha shov-shuvga sabab bo’ldi.Bu syezdlarda Rossiya musulmonlari ittifoqi tashkiloti tuzildi. I Birinchi syezd shunday qaror qildi: “Musulmonlar imkon qadar har bir viloyatda yangi maktablar ochish, gazeta, jurnallar chiqarish xalq orasida tarqatishlari lozim”.Ikkinchi umummusulmonlar syezdida “Ittifoqning nizomi va dasturi” qabul qilindi. Markaziy qo’mita va uning byurosi saylandi. Musulmonlar “ittifoqi” syezd qarorlariga muvofiq iqtisodiy va mafkuraviy dastur qonunlariga asoslangan va tashkilotning o’zi sinfiy bo’linish tamoyili bo’yicha emas, balki madaniy diniy muxtoriyat bo’yicha faoliyat yuritish maqbul hisoblandi. 1906-yildagi Davlat Dumasiga saylovlar Turkistonlik milliy ziyolilarning siyosiy ongi rivojlanishi uchun muhim voqea bo’ldi. Turkistonlik musulmon deputatlari, konservativ guruhga oidligiga qaramay, qisqa muddatli bu parlament tajribasi foydali bo’lib, ular orasida liberal islohotchilik harakatining rivojlanishiga imkon yaratdi. Bu davrda turkistonlik jadidlar bilan Volgabo’yi, Qrim va Kavkaz jadidlari o’rtasida yaqin aloqalar o’rnatildi.Jumladan 1905 – yilda Rossiya musulmonlari qo’mitasi Markaziy byurosining a’zosi Abdurashid Ibrohimov Toshkentga keldi va bu yerda tegishli ishlarni olib bordi.1908-yilda esa Rossiyada jadidchilik asoschisi Ismoil Gaspirali Qohiraga jo’nab ketishi oldidan yana Turkistonga keldi.U xususan Samarqanddagi yangi usul maktablarida dars berish qanday yo’lga qo’yilganligi bilan tanishdi. 1910-yil sentyabridan Davlat Dumasining sobiq a’zosi, taniqli tatar jadidi Sadri Maqsudiy butun Turkiston o’lkasini aylanib chiqdi. U Krosnovodsk, Asxobod, Marv, Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Toshkentga bordi va so’ngra Orenburgga yo’l oldi. Toshkent O’rta Osiyo mintaqasining ma’muriy va madaniy markazi sifatida islohotchilar yig’iladigan joyga aylandi. Ijtimoiy – siyosiy hayot faollashuvining muhim ko’rsatgichi sifatida nashriyot, xususan, matbuot faoliyatining keskin jonlangini ko’rish mumkin. Turkiston jadidlarining birinchi milliy gazetasi 1906-yil 26-iyunda “Taraqqiy” nomi bilan chiqdi.Unga taniqli jamoat arbobi Ismoil Obidov muharrirlik qildi. Shunisi diqqatga sazovorki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-iyun qarori bilan ushbu gazeta birinchi sonining chiqqan kuni Matbuot kuni “sifatida keng nishonlanmoqda. “ Taraqqiy” bilan bir qatorda Toshkentda turkistonlik jadidlarning 1906 – yilda “Xurshid”, 1907-1908-yillarda “Shuhrat”,”Gujjor” gazetalari paydo bo’ldi. “Xurshid” va “Shuhrat” Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining bo’lg’usi yo’lboshchilaridan biri Munavvar Qori tomonidan nashr qilindi. Turkistonda bundan keyin bir qator jadid gazeta va jurnallari – “Osiyo”.”Sadoi Turkiston”, “Samarqand” gazetalari paydo bo’ldi. Jadidlarning bu bosma nashrlari 1905-yilda Rossiya Konstitutsiyasi yumshatilgan senzurani qabul qilgandan so’ng yuzaga kela boshladi.Ularning ko’pchiligi qisqa muddat ichida chiqqan bo’lsada, islohotchilar g’oyalarini tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1910-yilga kelib o’lkaning turli joylarida bunday maktablar tashkil etildi. Toshkent va Qo’qon jadid maktablarining yirik markazi bo’lib qoldi.1917-yil fevral inqilobi boshlariga kelib chor hukumati tomonidan Turkistonda 4 mingdan ortiq bola o’qiydigan 100ga yaqin yangi usuldagi maktablar ro’yxatdan o’tkazilgan.Ularning hammasi xususiy mablag’ hisobiga faoliyat yuritar edi. O’qish pullik bo’lgani bilan uning miqdori oyiga 50 tiyindan 3 so’mgacha edi. Yangi usuldagi maktablarda bolalarning savodi baralla o’qitish usuli bilan chiqarila boshladi. Turkistonning taniqli ma’rifatparvarlari o’zlari darsliklar tuzib, chop ettirdilar. Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim “ darsliklari shular jumlasidandir. O’zbek nashriyotlari va milliy teatrning paydo bo’lishi esa, Ma’rifatparvarlik milliy uyg’onish g’oyalarini tarqatishning samarali vositasiga aylandi. Toshkent va Qo’qonlik nashrlar milliy shoir va yozuvchilar asarlarini ommaga yetkazdilar, ular orasida ayniqsa, Alisher Navoiyga alohida ehtirom ko’rsatildi. Xo’ja Ahmad Yassaviy, Mirzo bedil, So’fi Olloyor kabi mutafakkirlarning diniy va falsafiy asarlari nashr etildi. Bu jadidchilik mafkurasiga yangi turtki berdi. Jadidlar o’z o’quvchilarini milliy uyg’onish davrini boshdan kechirayotgan boshqa musulmon sharqi mamlakatlari – Eron, Turkiya, Misr, Suriyada nashr etilgan kitoblar bilan ham tanishdilar. 1905-1907-yillarda jadidlarning siyosiy qiyofasi ham hali shakllanmagan edi. “Turkistonning tashqi va ichki razvedkasi haqida” nomli hukumat komissiyasi hujjatida ko’rsatilishicha, o’lkada “yosh sartlar” partiyasi hali paydo bo’lmagan, shakllanmagan bo’lsada ayni paytda bu yo’nalishda ish olib borilmoqda edi.Jadidlar metropoliyadan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib, Rossiyada yuzaga kelayotgan siyosiy partiyalarning dasturlarini, faoliyatlarini o’rgandilar. Ular milliy mentalitetning o’ziga xosligi, O’zbek xalqining tinchliksevarlikka moyilligi va Rossiya demokratik kuchlar tajribasidan kelib chiqib, inqilob yillarida chor hukumatidan tinch yo’l bilan ijtimoiy arznomalar, Davlat Dumasida ommaviy bahslar olib borish va boshqa qonuniy vositalar orqali o’zlari uchun siyosiy yon berishlarga erishish hamda dastlabki bosqichlarda hech bo’lmasa, Turkiston milliy rivojlanishining ob’ektib ehtiyojlariga javob beruvchi bir qator sharoitlar yaratish uchun intildilar. Turkiston jadidlari 1906-yilda Davlat Dumasining ochilishi haqidagi xabarni katta quvonch bilan kutib olishdi. Ayni paytda, jadidlar parlamentarizm tarafdorlari bo’lib chiqishdi. Albatta, bu davrda jadidlarning demokratik tafakkurlari hali konstitutsiyaviy monarxizm darajasida edi.Bu paytda ular keskin chora-tadbirlar ko’rishga chaqirishmadi,chunki ularning fikrich, bu hol og’ir ahvolga olib kelishi mumkin edi. Turkiston muhitida 1905-yil inqilobi ommaviy-siyosiy faoliyat uchun dastlabki umidlarni uyg’otdi. Biroq “stalik reaksiyasi”ning shavqatsizligi bularni yo’qqa chiqardi.Rossiya ichki ishlar vaziri Stalikin davrida Turkistonliklar siyosiy mustaqillikdan mutlaqo bebahra qoldilar.Ular hatta Davlat Dumasiga o’z vakiliga ega bo’lishdan ham butunlay mahrum etildilar.Bu O’rta Osiyo xalqlari g’ururi va sha’nini yerga urdi. Ayni paytda panturkizm va panislomizm g’oyalari Rossiya davlatchiligi asoslariga xavf solmoqda degan vasvasalar ongli ravishda kuchaytirildi. M.Behbudiy chor hukumatining bunday siyosatiga qarshi Turkiston jadidlarining ortib borayotgan qahr-g’azabini bir qator chiqishlarida aniq ifodalab berdi. Jumladan “Tujjor” gazetasida bosilgan “Duma va Turkiston “maqolasida II Davlat Dumasi tarqatib yuborilganidan so’ng o’lka aholisi “Rossiya parlamenti”ga saylov huquqidan mahrum bo’lganligini chuqur taassuf bilan yozdi. Rossiyada Davlat qurilishi haqidagi masala birinchi va ikkinchi Rossiya umummusulmonlar syezdlari qarorlari ta’sirida Turkiston jadidlari milliy ozodlik harakati mafkurachilari sifatida kadetlar partiyasi qarashlariga o’xshash siyosiy yo’l aniq ko’zga tashlandi. Behbudiy kadetlar partiyasi haqida gapirib, uning konstitutsiyaviy monarxiya tuzumini yaratish dasturini ma’qullaydi., zero bu monarxiya “Davlat Dumasining “harbiy kengash”ni o’rniga qo’yib, podshohga xalq bevosita muloqot qilish imkonini beradi. Sotsialistik partiyalar haqida fikr yuritar ekan, Behbudiy ularning xususiy mulk va sinflarni tugatishga, barcha ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirishga intilayotganliklarini ko’rsatib o’tadi. U Rossiya musulmonlari partiyasiga tavsir berar ekan, Turkistondagi barcha musulmonlarni yagona partiyaga birlashtirishga , musulmon ittifoqi tarkibiga kirishga chaqiradi. Turkiston musulmonlarining bo’lg’usi partiyasi haqida Behbudiy shuni qayd etadiki, mazkur partiya iqtisodiyot,mafkura va fan masalalari bo’yicha musulmonlar ittifoqining siyosiy masalalarida – kadetlar dasturini qabul qilish lozim. ( “Xurshid”,1906oyil 14-oktabr) Inqilobchilar oraliqdagi davrda (1908-1916) jadidlar miqdor va tashkiliy jihatdan o’sdi, mustahkamlandi.Unda minglab kishilar ishtirok etdi. Shunday bo’lsada, u chinakam ommaviy xususiyat kasb etolmadi. Jadidlarning yashirin guruhlari paydo bo’ldi. Jumladan, komissiya xabariga muvofiq, Toshkentda bunday guruh O’qituvchi Ahmadjonov boshqargan va asosan milliy ziyolilar va o’qituvchi yoshlar vakillaridan tashkil topgan Qo’qondagi yashirin milliy guruhda 50 dan ortiq kishi qatnashgan. Andijonda jadidlarning “Taraqqiyparvar”nomli , norasmiy tashkiloti bo’lib, uning rahbari, politsiya ma’lumotiga ko’ra, Ubaydulla Xo’jayev edi. Samarqand viloyati harbiy gubernatorligining 1913 yildagi raportida xabar berishicha shahar musulmonlari orasida yangi usuldagi maktab, ya’ni jadid tarafdorlari sezilarli faollashgan va soni o’sgan.Hujjatlarda ma’lum bo’lishicha, guruhlar o’zaro aloqada bo’lganlar.Jumladan , Turkiston o’lkasida 1914-yil oktabriga kelib musulmon aholisining kayfiyatiga qisqacha hisobotida qayd etilishicha, “Gap” deb ataladigan kechalar o’lkaning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Bunday gaplarda jadidlar ham faol ishtirok etishgan.Ularning g’oyaviy ta’siri ostida yig’ilishlarda keng mavzulardagi muammolar bo’yicha jonli fikr almashinuvlar bo’lgan, ya’ni siyosiy mavzularda gapirilgan, o’tib ketgan hafta voqealari, yangi usul maktablari ochilishi bilan bog’liq masalalar muhokama qilingan, xayriya ishlari uchun mablag’lar yig’ilgan. Bu gaplarda hech qanday tartibi bo’lmagan, rahbariyat saylanmagan, bayonnoma tuzilmagan, qarorlar qayd etilmagan, hech kim bu yig’ilishlarga majburan bormagan, istagan odam qatnashishi mumkin edi. Inqiloblar oralig’I davrida jadidlar orasida siyosiy ajralish ro’y berdi. Ayni paytda jadidchilik harakati madaniy xususiyatlardan ko’ra ko’proq siyosiy belgilarga ega bo’lgan harakat tusini oldi. Jadidlar mafkuraviy qarashlarining bundan keyingi tadrijiy rivojlanishi birinchi jahon urushi yillariga to’g’ri keldi. 1916-yilda bo’lgan qo’zg’olon jadidlarning g’oyaviy qarashlarlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. U milliy ozodlik kurashining kuchayishiga milliy mustaqillik g’oyasining keng yoyilishiga turtki bo’ldi. Jadidlar bu davrda mustamlaka hokimligining o’zboshimchaligini fosh qilishda nozik siyosiy yo’l tutdilar. 1917-yil fevral burjua demokratik inqilobi Turkiston o’lkasidagi musulmon aholining siyosiy uyg’onishida o’sib kelayotgan demokratik jarayonlatga boshchilik qilishga o’zining intilishini bayon etgan. Yangicha kuchlarning siyosiy maydonga chiqishida burilish bosqichi bo’ldi deyish mumkin. Uning ta’siri ostida milliy siyosiy partiya va tashkilotlar tashkil etildi. Yangi gazetalar (“Turon”, “Ulug’ Turkiston”, “Najot”, “Kengash”, “Hurriyat va boshqalar) nashr etila boshlandi. Ular demokratik kayfiyatdagi milliy ziyolilar va mahalliy aholi qatlamlarining qarashlarini aks ettirdi. Shu bilan birga jadidchilik harakatida hali 1914-1915-yillardayoq paydo bo’lgan bo’linish fevral inqilobidan so’ng sezilarli kuchaydi va 1917-yil oktabr arafalariga kelib yaqqol ko’rindi. 1917 yil 20-23-may Toshkentda musulmon o’qituvchilarning I-O’lka qurultoyi chaqirildi.Shunday qilib, demokratik jadidlarning 1917-yildagi asosiy vazifasi Turkistonni savodli, ma’rifatli mamlakatga aylantirishda ko’rindi. Ular shu narsani chuqur anglab yetishdiki o’sha paytda bu vazifani Rossiya Federativ Demokratik Respublikasi tartibidan mustaqil rivojlanish sharoitidagina amalga oshirish mumkin edi. Download 282.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling