Chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 3-bosqich 19/1 guruh talabasi


II BOB. Turkiston muxtoriyati: ozodlik va milliy davlatchilikning


Download 282.5 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi282.5 Kb.
#1550904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSHTARIY kurs ishi tarix

II BOB.
Turkiston muxtoriyati: ozodlik va milliy davlatchilikning
tiklanishi uchun kurash


2.1.Ozodlik va milliy davlatchilikning tiklanishi uchun kurashlar
“Turkiston Muxtoriyatining o’ziga xos xususiyati va tarixiy ahamiyati shundaki, o’lkaning ko’p asrlik tarixi mobaynida ilk bor demokratiyaga asoslangan milliy demokratik davlat tuzildi”.1.
Shahar Dumasiga saylovlar yakunlari Turkiston aholisining musulmon qismi faollashuvi darajasini va siyosiy ongi o’sayotganini ko’rsatdi.Bunday sharoitda o’z taqdirini o’zi belgilash jarayoni rivojlana boshladi.Buni Turkistondagi siyosiy vaziyatni bayon etgan turkshunos G.Safarov shunday qayd etadi…”1917-yil sentabrida ishchi va soldat ommasi sifatidagi rus milliy imtiyozli kamchilikning inqilobiy intilishlari o’rtasidagi qarama-qarshilik yuzaga qalqib chiqdi.Birlariga eski shahar va qishloq o’rniga bo’lsa ham, non va ozodlik kerak edi”. 1917-yil yoziga kelib fevraldan keyingi rivojlanish jarayoni yangi bosqichga kirdi. Umummilliy bo’hronning yetilishi uning o’ziga xos belgisi edi.Muvaqqat hukumatning yarim yillik faoliyati mamlakat xo’jaligini vayronagarchilikka olib keldi.Turkiston o’lkasini og’ir iqtisodiy inqiroz qamrab oldi.Oziq – ovqat yetishmovchigi xalq boshiga tushgan eng og’ir kulfatlardan biri bo’ldi.Bu muvaqqat hukumatning biron-bir yo’l bilan xalq ahvolini yaxshilashga noqobilligidan guvohlik yubordi.Ocharchilik tufayli o’lim hollari tobora ortayotgani haqidagi tashvishli ma’lumotlar turli joylardan kela boshladi. “Hurriyat”, “Kengash” gazetalarida e’lon qilingan xabarlar bundan guvohlik beradi.
Kuchayib borayotgan ocharchilik va ishsizlik davom etayotgan imperialistik urush, ortib borayotgan milliy zulm va ezib ishlatish mehnatkash omma noroziligiga sabab bo’lgan omillardan biri bo’ldi.Bularning barchasi ham markazdagi, ham joylardagi inqiroz bilan bog’liq edi.Shu bois hokimiyat haqidagi masala birinchi o’ringa chiqdi.
Muxtoriyatning bundan keyingi taqdiri deb hisoblanadi, milliy demokratlar, ayni hokimiyat masalasiga bog’liq.
Toshkentning yevropaliklar yashaydigan qismida bolsheviklarning ta’siri kuchli edi. Ishchi va soldat deputatlar sovetining 30-avgustda bo’lib o’tgan kengaytirilgan yig’ilishida Kornilov isyoni haqidagi masala muhokama qilinayotganda toshkentlik bolsheviklar butun hokimiyatning sovetlarga berilishini talab qilishdi.Toshkent ishchi va soldat deputatlari soveti qat’iy aynan inqilobiy xalq hokimiyatini hat tomonlama qo’llab-quvvatlashni qat’iylik bilan bildirdi. 1917-yil 8-sentabrda Toshsovet ikkinchi zarbaga uchradi.Bu hol Toshsovet a’zosi X.L.Vaynshteyn taklif etgan qarori muhokama qilinayotgan Turksovet o’lka va Sirdaryo viloyat sovetlarining birlashgan majlisida yuz berdi.Toshkentdagi yirik korxonalar bosh temir yo’lustaxonalari harbiy qismlarda bolsheviklarning keng targ’iboti ta’sirida ular tomonidan hokimiyatni sovetlarga berish va inqilobiy qo’mitalarni tashkil etish haqidagi qarorlar qabul qilindi. (“Rabochiy delo”.1917.10-sentabr.).
O’lka hokimiyatini tashkil etish haqidagi masalani qo’ydi. Unda quyidagi mazmunda qaror qabul qilindi: ikkinchi turkiston o’lka umummusulmonlar syezdi soldat va ishchi deputatlari sovetlariga hokimiyatni berishga qarshi chiqdilar. Hokimiyat mamlakatning barcha kuchlariga tayanmog’i ya’ni umumxalqniki bo’lmog’i lozim.
(“Kengash” 1917-yil 12-sentabr.) Mahalliy matbuot sahifalarida muhokama qilingan milliy masalalarda muxtoriyatchilar o’z munosabatlarining asosiy harakatlari haqida qat’iy fikrlarini bildirdilar. II Musulmon syezdi komissarlar haqida fikr yuritar ekan, rais etib saylangan Ubaydulla Xo’jayev Rossiyada chiqadigan “Yedinstvo”
Gazetasiga intervyu berib, shuni ta’kidladiki, “Xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash erkinligi haqidagi ulug’ inqilobiy shior u kafolatlangan barcha erkin hayotni o’z ichiga oladi. (“Yedinstvo”. 1957-yil. 7-sentabr”).
Turkistonliklar ayniqsa toshkentlik ishci – soldatlar bolshevistik targ’ibot ta’sirida tobora radikallashib bordilar. 12-sentabrda Aleksandr bog’ida birinchi va ikkinchi Sibir polklari, soldatlari, temiryo’lchi ishchilar va boshqalar ishtirok etgan namoyish bo’ldi.
Oziq-ovqat muammolatini muhokama qilishdan boshlangan namoyish bolsheviklar ta’sirida siyosiy xususiyat kasb etdi.
Namoyish RSDRP(b) IV syezdining iqtisodiy negizi asosida ishlab chiqilgan bolshevistik qarorini qabul qildi. Uni bajarilashining asosiy shart-sharoiti sifatida barcha hokimiyatning ishchi – soldat va xristian deputatlariga olg’a surildi. Toshkent ijroqo’mi tomonidan amalga oshirilgan mahalliy to’ntarish natijasida muvaqqat hukumatning o’lka vakillari hokimiyatini ag’darib tashlashga urinishlar bo’ldi. Bu bilan Toshkent bolsheviklari Turkistonni fuqarolar urushi ostida qoldirdi. O’lkaning ko’pchilik ishchi va soldat deputatlari sovetlari boshchiligidagi bolsheviklar tomonidan hokimiyatning egallab olinishini qoraladilar. Jumladan, Farg’ona viloyati soveti ishchi xristian soldatlarga barcha rus va musulmon aholisiga o’zining “Muvqqat inqilobiy qo’mita” deb atovchi o’zboshimcha tashkilotining hech qanday farmoyishini tan olmaslik, shuningdek, o’ziga qo’shinlar qo’mondoni lavozimini noqonuniy o’zlashtirib olgan Perfilyevning barcha buyrug’lari ko’rsatmalari bajarilmasin deya murojaat etdi.
Inqilobiy qo’mitalar Toshsovetga qarshi Namangan, Qo’qon, Samarqand va boshqa shaharlar sovetlari ham bunday norozilik qarorlarini chiqardi. O’lkamussho’ro “Sho’roi Ulamo”, “Turk federalistlari” partiyasi va boshqa milliy tashkilotlar sentabr voqealarining dastlabki kunlaridanoq inqilobiy qo’mitaning hokimiyatni egallab olishini qoraladilar va uning hatti-harakatlarini musulmon manfaatlari va huquqlarini inkor etish sifatida baholadilar.Keskin o’zgargan siyosiy sharoitlarda Toshkentda 13-sentabr kuni Turkiston o’lka tashkilotlarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda fikr almashinuvidan so’ng Turkiston o’lka tashkilotlari soldat, ishchi, xristian, qirg’iz va umummusulmon deputatlari sovetlarini qo’shish va birlashtirish haqida bir ovozdan qaror qabul qilindi. Olkamussho’rodan birlashgan qo’mita qatoriga Ubaydulla Xo’jayev va Mustafo Cho’qayevlar kiritildi. Biroq, demokratik kuchlarning bu birlashmasi birgalikda uzoq harakat qila olmadi, chunki, Toshkentda harbiy holat joriy qilingandan so’ng sovetlar boshqa shaharlarga ko’chirildi. Jumladan, ishchi va soldat deputatlari o’lka soveti 14-sentabrda Skobel shahriga ko’chib o’tdi. O’lkamussho’roning ko’pchilik a’zolari keyinchalik, Qo’qonga ko’chob o’tishdi.Sentabr voqealari Turkistondagi siyosiy jarayonlarning keyingi yo’liga chuqur ta’sir ko’rsatdi. “Sentabr isyonidan keyin butun Turkiston bo;ylab yuzaga kelgan boshboshdoqlik va umumiy hokimiyat inqirozi sharoitida musulmonlar o’zlarining Erkparvarlik intilishlarini amaliy bajarish imkoniyatini ko’rdilar.
Muxtoriyatchilik harakati o’z rivojlanishida yangi bosqichga kirdi. “Sho’roi Ulamo” va “Xaloyiq” jamiyatlari tashabbusi bilan Toshkentda 17-20-sentabrda Turkistonlik va qozoq musulmonlari syezdi bo’lib o’tdi.Unda 500dan ziyod delegatlar ishtirok etdi.Qurultoyda “Sho’roi Ulamochilar” yo’lboshchisi Sherali Lapin kirish nutqi so’zladi. U kun tartibini o’qib eshittirdi va ishchi hay’at saylashni taklif etdi.Syezdning kun tartibi quyidagi masalalarni qamrab oladi.
1 Turkiston o’lkasining bo’lg’usi siyosiy qurilishi.
2 Oziq – ovqat masalasi.
3 Yer va suvdan foydalanish.
4 Sud.
5 Maktab masalasi.
6 Masjidlarni boshqarish.
7 Vaqf masalasi.
8 Zemstvo haqida.
9 Xotin – qizlar masalasi.
10 Musulmon siyosiy partiyalarini tashkil etish.
11 Musulmon o’lka sho’rolarni tashkil etish.
12 Musulmon aholisini o’lkani ma’muriy boshqarishga jalb etish.
13 Ta’sis masalasi haqida va boshqa masalalar.
Syezdning butun ishi birlashtirish, o’lka miqyosida birlik o’rnatishga intilish,ta’sis majlisi saylovlariga tayyorgarlik o’ta g’oyaviy qarashlardan qat’iy nazar, Rossiyalik musulmonlardan munosib kishilarni ko’rsatish ruhida o’tdi.Turkiston va qozog’iston musulmonlariga siyosiy rahbarlik uchun “Sho’roi Islimiya”, “Turon” va boshqa tashkilotlar o’rniga yagona “ittifoqi muslimin” partiyasini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi.
Hokimiyatning ijroiya organi sifatidagi respublika hukumati o’z faoliyatini alohida kotibiyat orqali amalga oshiradigan bo’ldi.Kotibiyatning hatti-harakatlarida esa Turkiston federal parlamenti oldidagi ma’suliyati ko’zda tutildi.Syezd harakatlarida Turkiston federatsiyasi pul bosib chiqarish, bojxona, federativ bank,tinch paytda federatsiyaning chet el davlatlari bilan chegaralarni qo’riqlashuchun o’zining militsiya va qo’shiniga ega bo’lish ko’zda tutildi. Urush paytida tashqi chegaralarni qo’riqlash uchun o’zining militsiya va qo’shiniga ega bo’lish ko’zda tutildi.Urush paytida tashqi chegaralarni qo’riqlash Rossiya respublikasi hukumati tomonidan amalga oshirilardi. Bu holatda Turkiston federatsiyasi qo’shini komanda munosabatida Rossiya respublikasi ixtiyoriga to’liq o’tadigan bo’ldi. Sotsial – demokratlarning radikallashgan guruhlari rus ishchi va soldatlarini qo’llab-quvvatlashga tayanib hokimiyatni har qanday vositalar bilan egallab olishga o’z da’volarini to’xtatmadi.Bolsheviklarning hokimiyatni radikallashgan sovetlarga berishga qat’iy intilish nafaqat mahalliy aholi Turkiston yevropalik jamoasini demokratik kuchlar orasida salbiy munosabat uyg’otdi. Bu hol 1917-yil 10-sentabrdan 10-oktabrgacha bo’lib o’tgan turkiston ishchi va soldat deputatlarining II-favqulodda syezdi ishlagan kunlarda ayniqsa, aniq ko’zga tashlandi.Oktabr to’ntarishi Rossiya davlati va Turkiston tarixida yangi sahifani ochdi.Ma’lumki, 1917-yil 25-oktabrda Petrogradda qurolli qo’zg’olon amalga oshirildi.O’sha kuni kech soat 5 da Toshsovetijroqo’mning yashirin majlisida o’lkada qurolli chiqish rejasi muhokama etildi. 28-oktabrda ertalab soat 6da yangragan bosh temir yo’l ustaxonalari gudogi Toshkentda oktabr to’ntarishi boshlanganidan darak berdi. Shundan so’ng butun hokimiyat Toshsovetga o’tdi. 1-noyabrda Toshsovet temiryo’l liniyasi orqali quyidagi telegrammani yubordi: “Sovet butun hokimiyatni qabul qildi.hokimiyatni o’z qo’lingizga olingiz! “ Petrogradda bolshevistik qo’zg’olonning g’alabasi va sovet hokimiyatining hujjat va dekretlari Turkiston siyosiy hayotida murakkab jarayonlarga sabab bo’ldi. Bu paytga kelib uch asosiy yo’l ajralib chiqdi.
Birinchisi, mahalliy aholining keng qatlamlari manfaatlarini o’z ichiga olgan bo’lib, milliy o’z taqdirini o’zi belgilashga oid huquqini ta’minlashda o’z ifodasini topdi.
Ikkinchi, siyosiy yo’l Rossiya tarkibida cheklangan muxtor huquqlarni beruvchi demokratik jarayonlarni kengaytirishga qaratilgan edi.
Uchinchisi, lenincha yo’l –yagona sovet imperiyasi makonida xayoliy kommunistik jamiyatni barpo etishga yo’naltirilgan bo’lib, biroq dastlabki paytda lenioncha rahbariyat o’zining asl maqsadlarini, turli vositalar yordamida niqoblashga intilgan edi.
Bolshevistik markaziy rahbariyat davlatchulik siyosatini davom ettirdi.Bu hol mahalliy kommunistlarning ochiqdan-ochiq harakatlari tufayli yanada chuqurlashdi.Petrograd va Toshkentda bolsheviklarni Hokimiyatni egallash haqidagi xabari joylarda turlicha qabul qilindi.Toshkentga qarama-qarshi mazmundagi telegrammalar kela boshladi.Ularning ba’zilari ushbu voqeani ma’qulladi, boshqalari esa salbiy munosabat bildirdi.Musulmon yo’lboshchilarining munosabatini milliy matbuot sahifalarida e’lon qilingan sahifalarda bilish mumkin.Jumladan, “Hurriyat” gazetasi oktabr to’ntarishining dastlabki kunlaridayoq mamlakatdagi siyosiy vaziyat haqida xabarlar berdi ayni toshkentda yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishga tushgan o’lka demokratik tashkilotlari 2-noyabrda muvaqqat o’lka hukumatini tashkil etish masalasiga bag’ishlangan birlashgan majlisini o’tkazdi. Majlis a’zolarining bir qismi qamalgan, bir qismi qochib yashiringan. Turkiston muvaqqat qo’mitasi bilan birgalikda darhol 9 kishidan iborat Turkiston qo’mitasini tashkil etish fikriga keldi. Ulardan 3 vakil ishchi va soldat deputatlari, o’lka sovetidan 1 vakil, musulmon deputatlari o’lka sho’rosidan 1 vakil, qirg’iz deputatlari o’lka sovetidan 1 vakil, eserlar partiyasi Mkdan 1 vakil , sotsial demokratlar partiyasi o’lka byurosidan saylandi.Qo’mitada 21 kishidan iborat kengaytirilgan demokratik kengash tashkil etildi.Undan atigi 2o’rin o’lka musulmonlariga ajratildi.7-noyabrda barcha demokratik tashkilotlar hamda soldat, ishchi, xristian, qirg’iz va musulmon deputatlari sovetlari sotsialistik partiyalar o’lka syezdi chaqirilajagini bildirib o’lkaning barcha shaharlariga telegramma orqali xabar yubordi.
Uchinchi o’lka sovetlar syezdi arafasida bir qator muhim voqealar ro’y berdi. 12-noyabrda Toshkentda o’lkaning turli shaharlaridan kelgan musulmon delegatlari ishtirok etgan o’z-o’zini boshqaruv vakillari syezdi o’z ishini boshladi.
Shu kuni Rossiyaga ta’sis majlisiga saylovlar boshlandi.Ular 75 saylov okruglarida bir necha hafta davom etdi. Yosh senzi harbiy xizmatchilar uchun 18 yoshni va fuqarolar uchun 20 yoshni taklif etdi.Mulkiy, o’troqlik, savodxonlik va boshqa senzlar ko’zda tutilmadi, xotin-qizlarga teng saylov huquqi berildi.Shuni ta’kidlash lozimki, saylovlar Rossiyaning hamma rayonlarida sovet hokimiyati o’rnatilmagan bir sharoitda olib borildi. 12-15-noyabrda o’tkazilgan
“Turli musulmonlar guruhlarining birlashgan majlisi” o’sha kunlardagi sezilarli voqealardan bo’ldi. Mazkur majlisda ko’zda tutilganidan ko’p ishtirokchilar qatnashgani uchun unga III-o’lka musulmonlar syezdi maqomini berish zarur deb topildi.Milliy musulmon tashkilotlarining Yo’lboshchilari o’lka aholisining ko’p millatli tarkibini hisobga olishga doimo demokratik tamoyillarga rioya qilish fikrini uqtirdilar.
Toshkentda 15-noyabrda ishchi, soldat va krestyanlarning deputatlari sovetining III-o’lka syezdi o’z ishini boshladi. Davlat hokimiyati tuzilishi haqidagi masala uning diqqat markazida bo’ldi.Syezd qizg’in bahslar uyg’otdi, unda yetakchi siyosiy birlashmalarning o’lka kelajagi haqida fikrlari tugal oydinlashdi.
Turkiston mahalliy aholisining o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashga bo’lgan siyosiy irodasi, sovet hokimiyatiga qarshi keskin noroziligiga IV-favqulodda Turkiston o’lkasi musulmonlari syezdi qarorlarida o’z aksini topdi. U 1917-yil 26-noyabrda Qo’qonda o’z ishini boshladi.Syezdda yetilgan nomalar ancha oldin yuborildi.Biroq ular pochta telegraf xizmatchilarining cho’zilgan ish tashlashi (zabastovkasi) tufayli joylarda kechikib olindi.
Musulmonlar qurultoyi ochilishi arafasida 25 noyabr kech soat 7da “Sho’roi Islomiya”ning Qo’qondagi qarorgohida majlis bo’lib o’tdi.
Unda mandat komissiyasi va hay’atining taxminiy tarkibi masalalari ko’rib chiqildi.
Syezd tomonidan Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinib, davlat tuzilmalari shakllana boshlagani ulkan ahamiyatli voqea bo’ldi. Umummusulmon syezdi tomonidan Turkiston Muxtoriyatining tashkil etilishi o’lka bo’ylab katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. 1-dekabrda Namangan uezdida 10 mingga yaqin kishi ishtirok etgan namoyish bo’lib o’tdi. “Yashasin Muxtoriyat va uning hukumati! ” deb yozilgan bayroqlar o’quvchilar qo’lida hilpirar edi.(“Ulug’ Turkiston.”1917, 13-dekabr).
Milliy davlatchilikning qaror topishini jo’shqin muborakbod etib, matbuotda taniqli ma’rifatparvarlar, diniy,jamoat va siyosat arboblariga birin-ketin chiqishlarqilib, muxtoriyatni tabrikladilar. Ular orasida Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhammad o’g’li, Abduhamid Cho’lpon, Hamza, Kabir Bakirov, Islom Shoahmedov va boshqalar bor edi.
Turkiston xalqining muxtoriyat uchun olib borgam kurashida
1917-yil 17-dekabrda bo’lib o’tgan voqealar tubdan burilish nuqrasi bo’ldi.Shu kuni inqilobdan so’ng Turkiston zaminida ilk marotaba xalq qoni to’kildi.Turkiston Muxtoriyatining muvaqqat hukumatni mabludi sharif bayrami kuni, ya’ni 13-dekabrni “Turkiston muxtoriyatinig milliy Jamg’armasiga pul yig’ish kuni deb e’lon qildi hamda bu mablag’ mustaqillik va ozodlikni mustahkamlashga xizmat qilishni boshladi.
Bayram arafasida Toshsovetga eski shahar aholisi nomidan miting va namoyish o’tkazish uchun ariza tushdi.Toshsovet qaroriga ko’ra, miting va namoyish Toshkentning eski shahar qismida o’tkazilishi ma’qullanib, yangi shaharga o’tkazishga ruxsat berilmadi. “Nasha gazeta”ning axborotiga ko’ra, Toshsovet aholisining keng ommaviy rus aksilinqilobchi to’dalarning nayranglariga uchib, Ko’r-ko’rona ravishda jabrdiyda bo’lib qolmasligining oldini olgan (Nasha gazeta”1917,15-dekabr)
Bolsheviklarning ikkiyuzlamachilik siyosati Turkistonda muxtoriyat uchun milliy harakatning rahbariga yaxshi ma’lum edi.
Shu jihatdan U.Xo’jayevning IV-musulmon syezdi ish kunlaridagi nutqi diqqatga sazovordir. U bolshevistik hokimiyat tomonidan milliy masalaning hal etilishi istiqbollariga baho berib, shuni haqqoniy ta’kidlagan ediki, “Rossiyada haqiqiy hukumat yo’q.Rossiya hududida yashovchi barcha millatlar bolsheviklar bilan kurashga otlangan. Butun Rossiya ta’sis majlisini chaqirich haqidagi vazifalar faqat quruq gap ekanini ko’rsatar edi. Faqat Turkiston muxtoriyatini mustahkamlash bilangina, ko’zlangan ozodlikka erishish mumkin edi.Shu jihatdan olganda eng asosiysi , xalq ommasi demokratik siyosat partiya va harakatlarni faol qo’llab-quvvatlashni ta’minlash, shuningdek, Xalqdan ishonch mandatini olish yo’li bilan shakllanayotgan davlat tuzilmasini qonuniylashtirishda ko’rindi.Musulmon, ishchi, soldat va deputatlarning I-favqulodda syezdi shu talablarga javob berishi kerak edi.
Bu syezd 1917-yil 25-dekabrda Qo’qonda ochildi.Unda Turkistonda hokimiyat va boshqaruv shaklini belgilash ko’zda tutildi.
Ma’lumotlarga ko’ra syezdda 200ga yaqin vakil qatnashdi: 93 kishi Farg’ona viloyatidan, 40 kishi Samarqanddan, Buxorodan 4 kishi va hokazo..Syezd qatnashchilari 13-dekabrda halok bo’lganlar xotirasi uchun Qur’on tilovat qildilar.Shundan so’ng delegatlar hay’at tarkibini saylashga kirishdi.Uning tarkibiga jumladan, Abdulla Avloniy va Sanjar Asfandiyorov kiritildi.Bir necha kunlik bahslardan so’ng,syezd 1917-yil noyabr oyida umummusulmonlar syezdida tuzilgan muvaqqat hukumatni qo’llab-quvvatlash, uning tarkibidagi musulmon, ishci, soldat va krestyan deputatlari syezdida saylangan vakillarni kiritishga qaror qildi.Shuni ta’kidlash lozimki, o’sha kunlarda syezdda V.I.Lenin huzuriga maxsus vakillar yuborish masalasi ham muhokama etildi.Zotan, sovet hokimiyatining rahbari shaxsan o’zi turkistonliklarga muxtoriyat qanday bo’lishini tushuntirib beradi deb umid qilindi.Biroq, syezd oxir – oqibatda Petrograddagi xalq komissarlar sovetiga telegramma yo’llaydigan bo’ldi.
Toshkentdagi sovet hokimiyati vakillari Qo’qondagi voqealarni diqqt bilan kuzatibgina qolmay, balki uning rivojiga o’z ta’sirini o’tkazishga boshlaydi.O’lka syezdi shuni ham ta’kidlaydiki, Turkiston musulmonlarining IV favqulodda syezdi, burjuaziya syezdi bo’ldi degan bolsheviklar tomonidan aytilgan gaplar haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Zotan, 27-noyabrdagi syezd, u musulmonlar syezdi bo’lib, unda butun aholi vakillari qatnashdi. “Milliy sho’ro” ya’ni butunRossiya musulmonlari ijroqo’mi muxtoriyatchilarning shakllangan milliy demokratik davlat rahbariyat sifatida tan olish, haqidagi talablarni qo’llab-quvvatladi.Farg’ona ulamolari “Hadis”dan musulmon ummati birligi to’g’risidagi aytilgan so’zlarni misol keltirib Toshkentliklarni Qo’qonda tashkil topgan muxtoriyardan ayrilmaslikka ittifoq va birlikka chaqirdilar. Shularni fikr qilish mumkinki, bu kelishmovchiliklar Turkiston Muxtoiyati bundan keyingi taqdiriga muayyan darajadagi salbiy ta’sir ko’rsatdi.O’sha kunlarda musulmonlarning ko’p ming kishilik mitingi haqida hikoya qilib, u qabul qilgan qarorda yig’ilgan o’zboshimcha muvaqqat hukumat hokimiyatni tan olmaydilar deb bayon etilganini tasdiqlaydi. (“Nasha gazeta”, 1917-yil, 18-yanvar)


Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling