Chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 3-bosqich 19/1 guruh talabasi
Mustaqillik va milliy davlatchilik
Download 282.5 Kb.
|
MUSHTARIY kurs ishi tarix
2.3.Mustaqillik va milliy davlatchilik
Mustaqillik tarixi milliy davlatchilik negizi, asosini, uning chuqur ildizlarini anglashimiz,o’rganishimiz hozirgi paytda nihoyatda zarur.Buyuk davlat barpo qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, buning uchun jahon ayvonida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy, ma’naviy – madaniy o’ziga xos va mos imkoniyatlarimiz bilan bir qatorda o’tmishimiz tarixiy asosimiz ham bor. Prezidentimiz “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” suhbat muloqotida, 2700 yillik buyuk davlatchilik o’tmishimiz bor, degan nihoyatda yangi fikrlarni o’rtaga tashladi. Xo’sh, aslida shundaymi! Amerikalik olim Rafael Pompeyning ikki jildli “Turklar” kitobida mustaqil mamlakatimiz O’zbekiston hududida 9ming yil ilgari dastlabki uch qabila massagetlar, xunnlar va saklar istiqomat qilishganligini ishonch bilan qayd qilgan. Demak, ular o’troq bo’lib bundan uch ming yil oldin davlatlar – Baqtriya, Parfiya, Parkana, So’g’diyona, Shosh, Eloqni vujudga keltirgan. Bu davlatlar harbiy jihatdan o’z chegaralarini qo’riqlagan, tanga va bayroqlarga ega bo’lishgan. El-ulus oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Xullas, mustaqil davlatmaqomini olgan, Milliy davlatchilik ildizlari ravnaq topgan. Shu o’rinda Abu Rayhon Beruniyning tarixiy ilmiy xulosasiga ko’ra, eramizdan oldingi IX-VI asrlarda o’troq xalqlar ko’proq Xorazm vohasida joylashganligi qayd qilinganligini ta’kidlagan holda, Prezidentimiz Islom Karimov o’zbek milliy davlatchilik xuddi shu yillardan boshlangan degan haqiqiy fikr-mulohazani o’rtaga tashlaydi. O’troq xalqning o’z madaniyati ayniqsa, dehqonchiligi rivojlanayotganligi alohida masala ekanligi qayd qilingan. Eramizning dastlabki asrlaridagi Kushon, oq xunnlar,milliy davlati ham o’zining mustaqilligi va qudrati bilan ajralib turgan. Sharqni G’arb bilan bog’lagan Buyuk Ipak yo’li markazida joylashgan Turonzamin ( VII asrdan Movaraunnahr deb atalgan)da o’zga mamlakatlarning savdo vakillari nafaqat savdo-sotiq bilan,balki ilm – ma’rifat durdonalari va davlatchilik asoslarini o’rganish bilan shug’ullanishgan. Turk hoqonligi davrida (VI asr o’rtalaridan VIII asr boshlari) hududimizdagi davlatlar faoliyati ozod va erkin davom etdi. Hokimiyatni mustaqil boshqarish yuqori cho’qqiga yetdi. Bobokalonimiz Kultegin 731-yilda shunday deb ta’kidlagan edi :”Turk xalqining sizning davlat tutishingizni shu yerga toshga o’yib yozdim”. U davrda aajdopd;larimiz boshqaruvni selen nomidagi Kengash hukmi ila amalga oshirishgan ( bu kengashni rimliklar o’zlashtirib, o’z parlamentini shu asosda tuzganlar ) Hoqonlik boshqaruvida mamlakatimizning bugungi kundagi Oliy Majlisga qiyoslanadigan darajadagi Qurultoti mavjud bo’lgan. Davlat tomonidan (hoqonlik) har bir urug’, el va shaxsning tengligi himoya qilingan. Hozirgi Markaziy Osiyo mintaqasida mard va jasoratli elatlar, qavmlar, urug’lar birlashib, xalqlar tengligiga erishgan. Shu davrda turk atamasi paydo bo’lib, turkiy xalqlar deb yuritilgan. Lekin o’zbek xalqining dastlabki urug’ aymog’I turk atamasi bilan bog’lanmasligini tarixiy manbalar, hujjatlar asoslab turibdi. Yurtboshimizning “turkiy tilli xalq bor”, deb qayd qilishlarini nazarda tutib va ayni paytda o’zimiz, o’zbekligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz bu yerda o’troq xalq sharoitida yashaganimizni aslo unutmasligimiz kerak. Demak, o’zbek o’zining uch ming yillik tarixga ega ekanligini qayd etish lozim. Hozirgi davrda planetamizda 24 ta rivojlangan mustaqil turkiy tilli davlatlar mavjud bo’lib, ularda 200 milliondan ortiq kishi yashaydi. Turk, o’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman, oltoy, yoqut, uyg’ur, tatar, boshqird va boshqa xalqlar shular jumlasidandir.Bu o’lkalarda davlat boshqaruvi o’ziga xos bo’lib, o’z yo’l-yo’riqlari, tamoyillari bilan qudratlidir. Sohibqiron Amir Temur o’z davrida (XIV-XVI asrlar) dunyoga mashhur buyuk imperiya markazlashgan milliy davlat tuzumini tuzdi. Yigirma yettita davlatni birlashtirgan imperiya ma’naviy madaniyatning yangi sahifalarini ochdi. Ayni paytda, u ba’zi mamlakatlarni mustamlakachilik asorati va qo’rquvidan ham xalos etdi.Chunonchi, mo’g’ul xoni To’xtamishxonni tor-mor qilish, Rossiya xalqiga knyazliklarga ozodlik, mustaqillikolib kelgan bo’lsa ; turk sultoni Yildirim Boyazidni mag’lub etish – sharqiy Yevropani titratib turgan turk hamlasidan qutqardi. Bu voqea Yevropa mamlakatlari va Rossiya davlatining rivojlanishi uchun olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Amir Temur vafot etgach shahzodalarning toj-taxt uchun talashishi oqibatida Movaraunnahr va Xurosonda milliy davlatchilik birligiga putur yetdi.Sohibqiron boshqargan buyuk davlat vorislarining boshi qovushmay keyinchalik davlat boshqaruvi amirlik va xonliklar tasarrufiga o’tdi. Bizda tarixdan ma’lumki, Amir Temutgacha va undan keyingi davrda hududlarimizni mustaqil davlat tarzida qovushtiradigan shaxs paydo bo’lmadi….. Faqat 1990 – yillarda davlatimiz milliy tamoyillari asosida o’z yo’liga ega bo’ldi. Uni barpo qilgan shaxs – Islom Karimov maydonga keldi.Jahon matbuotida bu yo’lni Karimov yoki O’zbekiston yo’li deb yoqlashmoqda. Chunki, prezident O’zbekiston nomidan jahonga chiqadi, uni ulug’laydi, ta’rifini keltiradi. Dunyo tamaddunidagi eng ilg’or tajribalarga tayangan holda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga xos yangi moliya, bank-kredit, tijorat tuzumlari barpo etilyapti, iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilyapti. Mustaqillik va davlatchilikning asl negizi sanoat, uning qaymog’I bo’lmish og’ir sanoatni o’ziga xos taraqqiy qilishidid. Prezidentimiz O’zbekiston milliy davlatini jahonda rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish borasidagi taklif qilgan besh tamoyil Respublikamiz ahli va dunyodagi ilg’or fikrli kishilarga ma’qul bo’ldi. Ayniqsa iqtisodiy yo’nalishga jiddiy e’tibor bergan. Va, yana muhimi, eski tuzumning ma’qul jihatlari o’zlashtirilib yangilanayotgan O’zbekiston o’z milliy davlat tuzumini yaratdi. Tabiiyki, endi zo’ravonlik, buyruqbozlik, to’rachilik zamoniga qaytilmaydi.Oqibatda huquqiy demokratik davlat vujudga kelmoqda.Bugungi istiqboli porloq davlatimizni Sharqu – Garb tan olmoqda.Bir yuz saksonga yaqin davlatlar milliy davlatimiz bilan iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va ma’naviy- madaniy aloqalarni o’rnatdi.Yetmishdan ortiq mamlakat esa O’zbekistonda xalq xo’jaliklari mahsulotlari ishlab chiqaradigan qo’shma korxonalar ochdi. Islom Karimov “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi” deganlaridek, O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar milliy tafakkurida “nujum ilmi” taraqqiy topganligi va milliy bayrog’imizdan tasvirlar o’zbek xalqi madaniyati uch ming yillik davrga egaligi bilan ham ogohlanadi. Zero, mustaqil O’zbekiston davlatining ramziy belgilari - bayrog’imiz,gerbimiz, hamda madhiyamiz uning jahonda o’z yo’li o’zligi, yurtboshimiz qayd qilganidek, bo’y-basti dadil namoyon bo’layotganligiga tarixiy dalil.Darvoqe buyuk mamlakat andozasini olayotgan O’zbekiston ajdodlarining ibrat va namunali yo’l-yo’riqlari asosida jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan o’rin olmoqda.Demak, davlatimiz buyukligini o’tmishimiz ma’naviyatimiz iymonimiz tiklanayotganida, qonunlarimizning ustuvorligida, huquiy ong va madaniyatimiz tobora yuksalayotganida ko’rish mumkin. O’zbekistonning bosh qomusida ham bu qarashlar qayd etiladi: o’zbek xalqining munosib turmushi, huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimizni qayta tiklash mezonlari, insoniyat ma’naviy ahloqiy barkamolligi asoslari o’z ifodasini topdi. Milliy davlatchiligimizga uning ravnaq topishiga katta va ravon yo’l ochildi.Bu mustaqillik in’om qilgan buyuk ne’mat.Uning asliyati tariximizga, o’tmishimizga borib taqaladi.Shu bois ham davlatimiz millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”, degan yurtboshimizning so’zlari bugun nihoyatda asoslidir.Mamlakatimiz mustaqillik yillari o’z xususiyatlari va boy tajribasiga tayangan holda milliy davlatchigini ravnaq toptirdi hamda o’ziga xos va o’ziga mos davom etaverdi.Biron-bir mamlakat o’z qobig’iga o’ralgan holda jahon mezonlari talablari darajasiga taraqqiyotga erisha olmaydi.Qo’shni uzoq-yaqin davlatlar bilan iqtisodiy munosabatga kirishish aniq hisob-kitoblar asosida quriladi. O’zbekiston mustaqil davlatchiligining jahon andozalariga to’la mos keladigan eng ilg’or tajribalar asosida vujudga kelgan zamonaviy usullari joriy qilina boshlandi.Inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi, hamda ularga bag’ishlangan 300dan ortiq qonun va parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlari tizimi vujudga keldi. O’zligimizni anglash jarayonini nimalarda ko’rish mumkin. Birinchidan, milliy qadriyatimizni tiklana boshlashi, ma’naviy-madaniy merosimizni o’rganishga keng yo’lochildi.Tarix haqiqatdan ham hayot haqiqatiga aylana boshladi. Ikkinchidan, yangi tarixiy sharoitda milliy o’zbek davlatchiligiga asos solinmoqda.Qadimiy sharq davlatchiligi an’analari bilan ilg’or jahon tajribalari uyg’unlashgan, sintezlashgan holda yangi davlatchilik va boshqaruv asoslari yaratilayotir. Uchinchidan, O’zbekiston milliy demokratiyaning o’ziga xos va mos tamoyillarini ishlab chiqdi.Uni o’z tajribalari bilan boyitmoqda. Bu bilan jahon demokratik jarayonini chuqurlashtirmoqda. To’rtinchidan, iqtisodiy islohotlarning o’ziga xos ideali yaratildiki, uning asosida xalqimiz tushunchalari, ongi va tafakkuri tubdan o’zgarib bormoqda. Beshinchidan, O’zbekistonning xalqaro siyosat maydonida o’ziga xos yo’li o’z o’rni va nufuzi bor. Biz fikrlashga o’rgansak, voqelikka ongli munosabatda bo’lsak, yuz berayotgan ijtimoiy – siyosiy jarayonlarni qanchalik to’g’ri baholay bilsak, o’z taqdirimizni va kelajagimizni aniq ko’ramiz. Ana shunday ma’rifatli hayot ongli turmush tarafdorimiz.Yakka – yakka shaxslarning ma’naviy qiyofasida jamiyat ma’naviy qiyofasini ko’ramiz. Milliy mustaqillik va uning negizini davlatimiz osonlik bilan qo’lga kiritmadi.Kurashlar va iztiroblar, turmushimizdagi qator qiyinchiliklar va muammolar bilan birga qorishib ketdi.O’tgan yillar davrida xalqimiz ko’p narsani o’rgandi. Endi u o’z istiqboliga va istiqloliga qat’iy ishonadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 28-avgustda o’tgan XII-sessiyasi xalqimiz jipsligi, demokratiya rivoji va milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish tamoyillarini ko’rsatdi. Birinchidan, jamiyatni tubdan yangilash va turmushimizning barcha sohalarida tub islohotlarni amalga oshirish shu asosda demokratik va huquqiy tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzoq davom etadigan uzluksiz jarayon ekanligi qayd qilindi. Ikkinchidan, jamiyatni demokratlashtirish bevosita iqtisodiy islohotlardan tortib, huquqiy, siyosiy va ma’naviy yangilanishlarga tayangan holda tafakkurni shakllantirish ta’kidlandi. Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash lozim.Eng avvalo, huquq tartibot ishlari qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni xalqaro mezonlar andozalariga moslashtirish zarur.Ma’lumki, ayni paytda jahonda mazkur masalaga doir yetmish xil masala mavjud.Ularning hammasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisoblanadi. O’zbekiston ana shu andozalardan bir qanchasiga qo’shilgani uning juda qisqa muddatda milliy davlatchilik rivojlanib, demokratiya tuzumi tarziga va uni jonli hodisaga aylantirish borasida amalga oshiriladigan katta yutuqdir.Tartib intizomning chegarasi bor, ehtiyojlar nihoyasizdir. Ana shu holatning o’zi qonunlarni doimo takomillashtirib qo’shimchalar bilan boyitib borishni taqozo etadi. Prezident Islom Karimov “Biz rasmiy hokimiyat bilan g’oyaviy, amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kiritila biladigan jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan ko’rishni istaymiz”-deydi. O’tmish davrida jamiyat boshqaruvini takomillashtirishga, uning barqarorligini ta’minlashga fuqaro va jamiyat o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni chuqurlashtirishga zamin yaratadi. Demak, eng muhimi milliy davlatimiz ravnaq topaveradi.O’zbekiston davlati o’ziga xos va o’ziga mosligi bilan jahon hamjamiyatida munosib o’rin olmoqda. Download 282.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling