Chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 3-bosqich 19/1 guruh talabasi
Muxtoriyatchilar harakatining yemirila borishi
Download 282.5 Kb.
|
MUSHTARIY kurs ishi tarix
2.2 Muxtoriyatchilar harakatining yemirila borishi
Tinch yo’l bilan hokimiyatni olishga ishongan Turkiston Muxtoriyati o’zini himoua qilishga yetarli tayyor bo’lmadi.Shunga qaramay muxtoriyatchilar sovet qo’shinlari hujumini 3 kun qaytardi. “Turkiston, turkistonliklar uchun “ shiori bilan chiqqan muxtoriyatchilar muqaddas urush g’azovot e’lon qildilar va viloyatlardan yordam kutdilar.Biroq, afsuski, muxtoriyatchilar boshqa joylardan yetarli darajada harbiy yordam olishmadi.Ayni paytda Turkiston o’lkasi H.K.S. Toshkent, Namangan, Samarqandda shahar dumalarini tarqatdi.Sobiq general-gubernator kansellariyasini tugatdi.Burjua gazetalarini yopdi. Paxta zahiralarini musodara etdi.Neft qazib chiqarish baliqchilik sanoati, Xiva kemachilik jamiyati, barcha bosmaxona va tipografiyalarda milliylashtirishni o’tkazdi. F K (favqulodda komissiya) tashkil etdi. Din davlatdan va maktab dindan ajratilishi e’lon qilindi.Qo’qon musulmon aholisi rus va armanlarni qirg’in qilib, shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi vayron etdi degan atayin tarqatilgan mish-mishlar bolshevistik sovetlarga sodiq harbiy bo’linmalar orasida musulmonlarga qarshi qahr-g’azab uyg’otishga xizmat qildi. Qo’qon hukumati esa bor-yo’g’i bir necha harbiy qismlar va qipchoq otlig’ soldatlarga tayanardi. Muxtoriyatchilar 11-fevraldan 12-fevralga o’tar kechasi gvardiyachilar yordamida Qo’qon qal’asiga hujum uyushtirildi.Ularning boshqa bir qurollangan qismi, telefon aloqasi uzilgunga qadar sodir bo’layotgan voqea to’g’risida Toshkentga xabar berish va harbiy yordam so’rashga ulgurgan edi. 13-fevral kechasi soat 3da Farg’onadan 4 zambarak va 4 pulemyot bilan qurollangan 120 dan ortiqroq kishilik harbiy qism yetib keldi.Shu kunning o’zidayoq inqilobiy qo’mita muxtoriyat hukumatiga talabnoma yo’llab, kunduzgi soat 3ga qadar qurol-yarog’ni topshirish vakolatlaridan voz kechib, sovet hukumatini tan olish shartini qo’ydi. Muxtoriyat a’zolari bolsheviklar talabini javobsiz qoldirdilar Shundan keyin inqilobiy qo’mita Muxtoriyat hukumat a’zolarini hibsga olish to’g’risida qaror chiqardi.Ushbu sharoitda Turkiston Muxtoriyati rahbarlari Revkomni muzokara olib borishga taklif etdi.Muxtoriyatchilar shartlari quyidagicha edi: Shaharni birgalikda boshqaruvchi organ tuzumi, albatta tarkibida muxtoriyatchilar vakillari ortiq bo’lishi kerak:Qal’ani bu organ nazoratiga topshirish; militsiyadan boshqa hammani qurollantirish, o’lka hukumatining shariatga zid dekretlarni ma’n etish va boshqalar. 17-18-fevralda muzokaralar davom etdi.Shu chog’da 18-fevralda “Ulamo” jamiyati tashabbusi bilan muxtoriyatdato’ntarish yuz berdi va buning natijasida Mustafo Cho’qayev boshchiligida hukumat mahkamasi ag’darildi.Shundan so’ng boshqaruv Qo’qon militsiyasi boshlig’I kichik Ergashga o’tdi. Turkiston Muxtoriyatini himoya qilish, uni bolsheviklar tajovuzidan saqlab qolish Ergash qo’rboshiga topshirildi. Bu to’ntarishdan so’ng, 18-fevraldan 19-fevralga o’tar kechasi Toshkentdan Turkiston o’lkasi harbiy komissari Y.A.Perfilyev boshchiligidagi piyoda, otliq va artilleriya qismlardan iborat 11 eshelon qo’shin yana yetib keldi.Sovet qo’shinlari Qo’qonni uch tarafdan qurshovga oldi.Artilleriya to’plari to’liq jangovar holatga keltirib qo’yildi. 19-fevral kuni 10dan 15 daqiqa o’tganda Ergashga talabnoma (ultimatum) yuborildi.Unda qurolni tashlab, taslim bo’lish aytildi. Javob berish muddati 13da tugar edi. 12dan 45daqiqa o’tganda javob olindi. Ergash shartlarni bajarmasligini aytdi. Perfilev barcha 12ta zambarakdan Qo’qon aholisi ustiga o’t ochishni, shu jumladan, yondiradigan snaryadlardan foydalanishni buyurdi.Tinch aholini to’pga tutish kunduzsoat 1dan boshlanib shomgacha shaharni vayron etib tashladi. Ammo shunga qaramay, muxtoriyatchilar taslim bo’lmay, har bir binoni, har bir do’konni, har bir karvonsaroyni mardlarcha himoya qildilar. Ertasi kuni 20-fevral tongida vayron etilgan shaharga piyoda qo’shinlar va Dashnoq (Dashnoq -1890 yilda Tiorlisdga tuzilgan “Dashnoqsutyun”(“Ittifoq”) arman milliy inqilobiy partiyasi a’zosi. Dashnoqlar 1915-yildagi turk-arman qirg’inidan qochib, Turkistonda panoh topganlarining jangovar qismlari kirdi. Ular eski shaharga bostirib kirib, o’g’irlik va musulmon ahliga zo’ravonlik bilan shug’ullandi. Birinchi navbatda, ma’lumki, shaharlik beva – bechoralarga, shuningdek, Qo’qondagi behisob hunarmand va mayda savdogarlarga shikast yetkazildi. Eski shahardan qishloqlar sari talpingan qochoqlar olomoni Farg’ona viloyatining qo’shni uyezdlaridagi g’ulg’ulani kuchaytirib yubordi.O’sha kunlarda qamoqqa olishlar ham boshlandi. Bunda “Muvaqqat hukumat”ga biron-bir aloqasi borlarni qamoqqa olishdi va qal’aga jo’natildi. Order (ruxsatnoma) bilan va ordersiz qamoqqa olindi. Ayrim qamoqqa olinganlarni sud va tergovsiz otib tashlandi. Turkiston muxtoriyati hukumati 18-fevralda ag’darildi, biroq shaharni talash davom etdi.Mavjud bo’lgan uzuq-yuluq ma’lumotlardan shu narsa anglandiki, muxtoriyat hukumati a’zolaridan Hidoyatbek Nurali Agayev, Mirodil Mirmahmudovlarni qatl etilgan, Tasodifan omon qolganlari qamoqqa olingan.Mustafo Cho’qayev olovli xalqadan chiqishga muvaffaq bo’ldi. U, avvalo, qo’zg’olonchilar turgan joyga , so’ngra yolg’izlikda tog’li qirg’iz tumanlari orqali o’sha yillarda mustaqil bo’lgan Gruziyaga yetib oladi va darhol Kavkaz xalqlarining demokratik harakatiga qo’shildi.Nosirxonto’ra bolsheviklar tomonidan Namanganda, S.Gersfild Samarqandda, Obidjon Mahmudov Buxoroda qo’lga olindi. Uvaydullo Xo’jayev, Abduhamid Sulaymin (Cho’lpon) Qo’qondagi voqealar haqida Ashxoboddan Samarqandga kelayotganda, yo’lda xabardor bo’lishadi. Ular o’zlari ham bolsheviklar qo’liga tushganlarning taqdiri kutayotganligini anglab, yo’lni o’zgartirishadi va Orenburgga Ahmad Zaki Validiy oldiga yo’l olishadi, u o’sha paytda Boshqirdiston avtokoloniyasining ichki va harbiy ishlari bilan qattiq band edi. Qo’qon aholisi vahimaga tushgan holda shaharni tark eta boshladi. Qo’qon uch kun mash’ala bo’lib yondi. Uylar gazlama omborlari non do’konlari kuyib kul bo’ldi. Eski shaharning uchdan biri to’liq vayron etildi. Qo’qonda dahshatli manzara hosil bo’ldi.Hamma yoqda o’liklar yotibdi. Ularning bir qismi kuyib ketgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra shu fojeali voqealar oqibatida 10mingdan ziyod kishi halok bo’ldi.Shaharga 1918-yili kelgan ingliz kapitani A.Brun uni yarim bo’sh holida ko’rgan. Uning yozishich shaharni bosib olishda ishtirok etgan nemis avstriyalik, vengr askarlaridan yollangan soldatlar 100 ming so’mdan ortiq pulni o’marishgan deyiladi. Sovet tuzumi bu vahshiylikni qo’rqitish uchun amalga oshirdi, u markazning roziligisiz “Muxtoriyat”ni Turkistonda hech kim va hech qachon o’zboshimchalik bilan barpo etmasligi kerak degan maqsadni ko’zda tutdi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, Turkiston Muxtoriyati tor-mor etilgach, 1917-yil dekabrda qozoq milliy demokratlari tomonidan Orenburgda tashkil etilgan.Alam O’rda avtonomiyasi hukumatning taqdiri ham 1920-yil mart oyida shunday bo’ldi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining ag’darilishi Turkistonliklar tarafidan Rossiyaning o’lkaga Nisbatan tajovuzkorona rejalari borligining yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular o’z vatanlarini bosqinchilardan himoya qilish uchun qo’lda qurol bilan ko’tarildilar. Shundan keyin bu yong’in bu olovlar qa’ridan xalq qahru-g’azabi, bosqinchilarga nafrati ko’ngilga tugilgan tugun sifatida sovet tarixida bosmachilik deb atalgan harakat qaqnus qush kabi yorib chiqdi.Turkistonda ommaviy antisovet harakati boshlandi.Milliy-ozodlik kurashi an’analarini davomini o’zida namoyon etgan mazkur harakatning xususiyati o’sha davrdagi “Turkistonning Rossiyadan ozodligi uchun!”, “Zolimlarsiz Turkiston uchun!”, “Turkiston- turkistonliklar uchun” kabi siyosiy talablarida yorqin namoyon bo’ldi. Turkiston Muxtoriyati (Turkiston Avtonom Respublikasining) 1918-yil fevralida harbiy kuch orqali tugatilishi milliy masalalarda ziddiyatning chigal tugunini yuzaga keltirdi. U bolsheviklarning mahalliy aholi bilan aloqasi yo’qligini ochiq ko’rsatdi va ayni paytda, mintaqadagi milliy ozodlik harakatining yetukligini namoyon etdi. 1918-yilning fojeali fevral voqealaridan so’ng ozodlik harakati izchil ravishda aniq qurolli qarshilik shaklini ola boshladi. O’lkaning tub aholisi va ularning siyosiy yo’lboshchilari bolsheviklarning hukumat tuzilmalari hatti-harakatida milliy mentalitetga yot bo’lgan davlatchilikni joriy qilish oshkora intilishni yaqqol ko’rgach, milliy masalani tinch yo’l bilan hal etish imkoniyati tugadi.Faqat qurol kuchi bilan mustaqillik va ozodlik haqidagi asriy orzuni amalga oshirish mumkin degan fikrga keldilar. Milliy o’z taqdirini o’zi belgilash uchun harakatning muddatli tarzda kengayishi, yillar davomida yetilib borgan g’ayri rusiy kayfiyatlar va Rossiyadan ajralib chiqish uchun harakatlanish kuchli istagi mamlakat va o’lka rahbariyati oldida milliy davlatchilikqurilishi, sovet amaliyotini keskin tuzatish zarurati masalasini ko’ndalang qilib qo’ydi. Yuzaki qaraganda, bu borada o’zgarishlar yuz bergandek tuyuldi. Hukumat qisqa muddatda murakkab etnik ahvolni yumshatish, milliy ozodlik kurashining kuchayib ketgan olovni o’chirish uchun yangi hokimiyatning milliy negizini bir qadar kengaytirish, Turkistonga milliy mustaqillik xususiyatlarini berishga urindi.Biroq, milliy davlatchilik muammosiga yondashishida hal qiluvchi o’zgarishlar ro’y bermadi.Asosiy rejalar tuzishda bolsheviklar rahbariyati ilgarigidek muammoga yondashishda “yuqori”dan “milliy davlatchilikda o’z taqdirini o’zi belgilash”, partiya sovet tuzilmalarining qattiqqo’llik bilan nazorat etish qoidalaridan kelib chiqdi. Taktik jihatdan qaraganda Moskvadagi bolsheviklarning milliy masala bo’yicha qarashlari “proletariat diktaturasi davlat”ni qutishning markscha qoidalariga asoslangan qo’pol darajadagi buyuk davlatchilik mohiyatini saqlab qoldi. Turkiston muxtoriyati tor – mor etilganidan so’ng, Turkiston bolsheviklari markaziy hokimiyat ta’sirida Turkistonni Rossiya bilan mustahkam bog’lashning yagona vositasi o’lka avtonomiyasi joriy etish ekanligini anglay boshladilar milliy o’z taqdirini o’zi belgilashning sovet modeli milliy demokratlarning avtonomiyasi talablaridan tubdan farq qilsada, qarshilik davom etdi. Mahalliy bolshevik rahbarlari Turkiston avtoniomiyasi haqidagi masalani u garchi partiya organlarida bir necha bor muhokama qilingan bo’lsa ham,har tomonlama cho’zilib ketdi. “Milliy o’z taqdirini o’zi belgilash” muammosi ayniqsa, Qo’qon voqealari kunlarida dolzarb xususiyat kasb etdi. U 1918 yil 20-26-yanvarda bo’lib o’tgan o’lka sovetlari IV – syezdining diqqat markazida turdi. Syezdda bolsheviklarning dasturiy munosabatini I.O.Tobolin bayon qildi.Mahalliy bolsheviklar yo’lboshchisi avtonomiya g’oyasi yaqin bo’lgan baynalmilalchilar nomidan so’zlagan G.A.Pavshochenko nutqida ham ochiq – oydin ko’rindi.U mahalliy kishi (“tuzemets”) aytgan “mamlakat xo’jayini” tushunchasiga keskin norozilik bildirdi. Milliy harakat ko’pgina yo’lboshchilarning siyosiy tafakkurida bo’linmaslik ruhi hukmronlik qilar edi.Ular oktabr to’ntarishidan keyingi dastlabki bosqichda markaziy hukumat musulmon madaniyati, dini, siyosiy an’analari, ezilgan xalqning milliy avtonomiya haqidagi orzu – umidlarini tan olishiga hali ham ishonardi.Faqat bolsheviklar hokimiyatining siyosiy uslublari, ko’p va’dali chaqiriqlari bilan amaliy ishlar o’rtasida uzilish ro’y berganidan so’ng imperiyaning ruhiy va siyosiy bo’linish boshlandi.Shuni ham hisobga olish lozimki, sovetlarning o’lka syezdi Turkiston muxtoriyati haqidagi masalani muhokama qilayotgan paytda hali “ikkihokimiyatchilik” saqlanib turgan edi.Bolsheviklashgan X K S bilan birgalikda Qo’qonda demokratik asosda saylangan milliy muxtor hukumat ham amalda edi.O’sha paytda ikkihokimiyat o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni kelishib hal etish imkoniyati saqlanib turar edi.Ayni paytda, keng musulmon ommasidan tashqari Turkiston Muxtoriyatini mehshevik va eserlar ham qo’llab-quvvatlar edi. Muxtoriyatning milliy siyosati tom ma’nodagi baynalmilal ruh bilan sug’orilgan edi.Unda o’lkadagi millati va dinidan qat’iy nazar barcha xalqlarning millati va dinidan qat’iy nazar, barcha xalqlarning erkimligi va tengligini, davlat boshqaruvida qatnashish huquqi o’z ifidasini topdi.Bunday adolatli siyosatni bolsheviklatga qarshi turgan kuchlarni, hatto rus aholisining ma’lum qismini Muxtoriyatni qo’llab-quvvatlashga olib keldi. Afsuski, Muxtoriyat obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra uzoq yashamadi.U moliyaviy jihatdan juda zaif bo’lib, tezlikda milliy qo’shinning mahoratini oshirish va yetarli darajada qurol-aslaha bilan ta’minlashni iloji bo’lmadi.Ayniqsa, hukumat a’zolari orasidagi o’zaro kurash, ma’muriy boshqarishdagi tajribasizlik va malakali Rahbar xodimlarning yetishmasligi hokimiyatni mustahkamlashga yo’l bermadi.Ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kamida bir-ikki yil va undan ortiq vaqt kerak edi.Bolsheviklar buni yaxshi anglab Muxtoriyatni imkoni boricha tezroq yo’qotishni rejalashtirdilar.Ular harbiy mahorat va texnika bo’yicha muxtoriyatchilardan ancha kuchli va uyushgan edi.Ular “Do’ppini ol desa, boshini oladi”gan gazandalar bo’lib vahshiylikda nom chiqargan edilar. Muxtoriyat bor – yo’g’i 72 kun yashadi xolos. Mana shu o’ta qisqa vaqtda nima ham qilish mumkin edi.Bolsheviklar hali o’zini anglab va nafasini rostlab olmagan Muxtoriyatni “chaqaloqligidayoq” bo’g’ib o’ldirdilar. Muxtoroyatning 15ta rahbari – M.Mirahmedov, A.O’razayev, M.Chanishev, Qushbegiyev va boshqalar otib tashlandi. Hukumatning yirik vakillaridan biri Mustafo Cho’qayev qochishga erishdi. Afsuski, Muxtoriyatga chetdan yetarli darajada yordam beraolmay, asosan, o’zining kuchiga tayangan holda kurashdi.Bolsheviklar esa Toshkent va boshqa joylardan harbiy yordam olib g’alabani qo’lga kiritdilar. Muxtoriyatning o’ziga xos xususiyati va tarixiy ahamiyati shundaki, o’lkaning ko’p asrlik tarixi mobaynida ilk bor demokratiyaga asoslangan milliy davlat tuzildi.Odatda bo’lganidek, uni qandaydir bir hukmron sulolsning vakili emas, balki, xalqning orasidan yetishib chiqqan jadidlar yuzaga keltirdi. Shu bois,muxtoriyat tom ma’nodagi xalq hokimiyati sifatida shakllantirildi. Uning mohiyati va yo’nalishi mustamlakachilik va ulug’ millatchilik zanjirlarini parchalab erkinlik, tenglik va mustaqillik singari insoniy huquqlarni ta’minlashdan iborat edi.Shu bois sovet davrida muxtoriyatning feodal-klerikal davlat sifatida qoralanishi haqiqatga tamomila ziddir. XX asr boshlarida Rossiya va uning mustamlakalarida ikki marotaba davlat to’ntarilishi, xususan chorizmning ag’darilishi, burjua fevral-demokratik respublikasini bolsheviklar tomonidan tor-mor etilishidek, nihoyatda og’ir va xavfli sharoitda Muxtoriyatning tuzilishi vatanparvarlik, jasorat va qahramonlikning yorqin namunasidir. Bu muhim tarixiy voqea hech qachon unutilmaydi.1 Download 282.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling