Chirchiq davlat pedagogika instituti gumanitar fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 3-bosqich 19/1 guruh talabasi


Muxtoriyatchilarning milliy davlat tuzish yo’lidagi harakatlari


Download 282.5 Kb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi282.5 Kb.
#1550904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MUSHTARIY kurs ishi tarix

1.2 Muxtoriyatchilarning milliy davlat tuzish yo’lidagi harakatlari.
Сhorizmning ag'darilishi Turkiston jamiyatining siyosiylashuvida jo'shqin jarayonlarni boshlab berdi. Hukmron tuzilmalarni qayta ko’rishga kirishildi. Hamma joylarda ijtimoiy- siyosiy tashkilot va partiyalar tuzila boshlandi.Siyosiy manfaatlarni ancha erkin ifoda qilish imkoniyati paydo bo’ldi.Shuni aytish kerakki, fevral inqilobi Turkiston aholisi tomonidan zo’r hayajon bilan kutib olindi.Inqilob tomonidan e’lon qilingan ozodlik, tenglik, birodarlik shiorlari Rossiyaning mustamlakachilik siyosatidan ezilgan musulmonlar qalbida yorqin kelajakka umid uyg’otdi.Chor samoderjaviyasi apparatini tuzatish va yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda milliy tashkilot va harakatlar faol ishtirok etgandi. Ta’kidlash kerakki, Turkiston mahalliy xalqlarning inqilobiy o’zgarishlarga qo’shilishi bir xil kechmagan o’lkaning hozirgi kuchi va kelajagiga turlicha qaraydigan kuchlar mavjud edi.
Agar umumiy jihatdan olganda ikki muqobil o’nglar va so’llarni ajratib ko’rsatish mumkin. O’nglar – konservativ feodal diniy mafkura vakillari sifatida maydonga chiqishdi. Ular mahalliy ma’mutiyatda mansabga ega bo’lgan va tegishli imtiyozlardan foydalangan amaldorlar, feodallar va ruhoniylar manfaatini ifoda etardi.
So’llar ijtimoiy tuzumning tubdan o’zgarishidan, siyosiy va iqtisodiy institutlarni tugatishdan o’ta manfaatdor bo’lgan ijtimoiy guruh va qatlamlar manfaatlarini o’zida aks ettirgan edi. O’nglar chor hokimiyati yillarida mustamlakachilik ma’muriyati va siyosatini quvvatlab kelishgandi.Fevral inqilobi sharoitida ular ijtimoiy hayotda patriarxal feodal negizlarini va muvaqqat hukumatning institutlari saqlashga mo’ljallangan tadbirlarni qo’llab – quvvatlash tarafdorlari bo’lishdi. O’lkadan farqli ravishda so’l qanot siyosiy jihatdan anch tabaqalashgan edi. U avvalo hokimiyatdan chetlatilgan chorizmning bosqinchilik va mustamlakachilik siyosatidan noroziligini ochiq aytadigan feodal-diniy qatlamlar vakillarini o’z ichiga oldi. Ular fevralgacha bo’lgan davrda o’z g’oyalarini ilgari surishdi.
“O’nglar” va “So’llar” o’rtasini islohotning madaniy bo’lishni taklif etgan “markazchilar”ishg’ol etdi.Ijtimoiy jihatdan ular milliy ziyolilarning asosiy ommasi va tovar- bozor munosabatlarining manfaatlarini aks ettirdi. Siyosiy jihatdan ular jadidlar “taraqqiychilar”va boshqa islohotchilar manfaatlarini himoya qildilar. Fevral inqilobidan keyingi sharoitda “Sho’roi Islomiya”, “Turk adami markaziyat” firqasi musulmon markazchilarining eng ko’zga ko’ringan siyosiy tashkilotlaridan edi. “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi” mahalliy aholi siyosiy kuchlarning joylashuvida alohida o’rin tutgandi.Asosan xizmatdan bo’shatilgan front ishchi saflarida jamlangan bu tashkilot yevropalashgan sovetlar homiyligi ostida bo’lib, mustaqil siyosiy dasturni ilgari suradi. Siyosiy yo’nalish bo’yicha “ittifoq “ a’zolari asosan “kelishuvchi” partiyalar qarashlariga yaqin turgan , bu partiyalar podshoh ag’darilgandan so’ng dastlabki oylarda hokimiyatni egallashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yishadi, balki milliy demokratlar kabi jamiyatni qayta qurishning o’tkir muammolarini hal qilishda sivilizatsiyaviy usullarni taklif etdi.
Ko’rsatilgan siyosiy tashkilotlar yetuk tuzilma va g’oyaviy birlashmalar emas edi. Ularning har birida izchil siyosiy tabaqalanish
Jarayoni ro’y berardi, yangi yo’nalishlar ajralib chiqardi. 2-martdayoq O’rta Osiyo temir yo’li Bosh ustaxonalari ishchi larining namoyishida Turkistonda birinchi ishchi deputatlar soveti tuzildi. 3-martda Toshkent ishchi deputatlar soveti, 4-martda Toshkentda soldat deputatlari soveti tashkil etildi.Mart oxirlarida bu ikki sovet birlashtirildi.Shundan keyin dehqon deputatlari soveti tuzila boshlandi. Toshshahar ijroqo’mga
Eski shahardan 8 nafar nomzod ko’rsatilgandi.Saylov 6-mart kuni jome’ masjidida bo’lib o’tdi. Ulardan ikki kishi jadidchilik harakatining yo’lboshchilari Ubaydulla Xo’jayev va Toshpo’latbek Norbo’tabekovlar saylandi.Jadidchilar xalqni yana namoyishga yig’ish va ini to’la qo’llab-quvvatlashiga qaror qildilar.Ular har bir mahallaga e’lon osib, unda eski shahar aholisini Toshshahar ijroqo’mga delegatlarni saylash munosabati bilan Chorsu maydonidagi Jome’ masjidida 9-mart kuni bo’ladigan saylovga taklif etdilar. Belgilangan muddatda 20 mingdan ziyod kishi yig’ildi. Yig’ilish ishtirokchilsri Ubaydulla Xo’jayevni rais, Munavvar Qorini rais o’rinbosari, Islombek Xudoyorxonovni majlis kotibi etib saylashdi.Musulmon an’analariga ko’ra Qur’onni yaxshi o’qiydigan Abdusalim Qori hurriyat qurbonlari xotirasiga muqaddas suralardan o’qidi. 1917-yilning 14-martida bo’lib o’tgan “Sho’roi Islom” majlisida 15 kishidan iborat boshqaruvni tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. “Sho’roi Islom” va uning boshqaruvi tarkibi bu tashkilot saflarida musulmon birligi g’oyasini birlashtirgan turli dunyoqarashdagi vakillar mavjudligi haqida guvohlik berdi.Ubaydulla Xo’jayev, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy kabi jadidchilik harakatining taniqli yo’lboshchilari, “Sho’roi Islomning yuragi, uning faol kuchi edilar .
“Sho’roi Islomoya” qaroriga muvofiq barcha viloyatlar va tumanlarga targ’ibotchilar yuborildi.Ular o’lkaning mahalliy aholisiga fevral inqilobi e’lon qilgan ozodlikning mohiyatini tushuntirish, siyosiy, diniy,ijtimoiy islohotlarni o’tkazish uchun “Sho’roi Islomiya” bayrog’I ostida birlashishga da’vat etilgandi.
20-martda eshonguzar mahalla guzarida Qumboy Tugusov va 21-martda qovun bozori yaqinida Munavvar Qori rahbarligida namoyishlar bo’lib o’tdi.Dastlabkisida 10ming keyingisida 5ming kishi qatnashdi.So’zga chiqqanlar tomonidan yig’ilgan ommaga Turkistonga demokratikrivojlanish uchun ozodlik berilgani yangi tarixiy sharoitda nimalar qilish kerakligi tushuntirildi.Ular barcha musulmonlarni birlashish va “Sho’roi Islomiya” musulmon tashkiloti qaroriga amal qilishga chaqirdilar.( “Najot”1977-yil.23-aprel).
1917-yil 6-aprelda bo’lib o’tgan tashkilotning umumiy majlisida uning raisi Abduvohid Qoriga Shayhontohur dahasiga qozi etib saylanishi munosabati bilan iste’fo berdi. Uning o’rniga majlis Ubaydulla Xo’jayevni bir ovozdan sayladi. “Sho’roi Islom”, “Najot’ va “Kengash” gazetalari uning nashr organlari sifatida faol chop etila boshlandi.”Sho’roi Islomiya”ning tashkil etilishi umumturkiston miqyosida, mahalliy aholining g’oyaviy, siyosiy va tashkiliy jipslashishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratdi. Jumladan, “Sho’roi Islomiya “ tashabbusi bilan 16-21-aprelda I Umum Turkiston musulmonlar syezdi o’tkazildi.Mazkur siyosiy yig’inda o’sha davrning asosiy masalalar Urushga, muvaqqat hukumatga munosabat, Ta’sis majlisiga tayyorgarlik,Rossiya va o’lkada boshqarishning bo’lg’usi shakllari, oziq-ovqat taqchilligini yengib o’tish yo’llari boshqalar diqqat markazida turdi.
1927-yil aprelda Toshkentda Jadidchilik harakati yo’lboshchilarining tashabbusi bilan Turkiston musulmonlari qurultoyi chaqirildi.Unda o’lka musulmonlari sho’rosi saylandi.Uning tarkibida o’sha davr ning mashhur siyosiy arboblari Mahmudxo’ja Behbudiy, Ubaydulla Xo’jayev, Nosirxon To’ra, Muhammadjon Tinishboyev, Mustafo Cho’qayev va boshqalar kirdilar.
Turkiston sovetlari hamda boshqa demokratik va milliy tashkilotlardan eski hokimiyat tuzilmalari qarshiligini sindirish uchun faol sa’y-harakatlar talab etildi.”Sh o’royi Islomiya” tashabbusi bilan mahalliy millatlar vakillaridan saylanadigan tuzilmaning tashkil etilishi shunday dastlabki urinishlardan biri bo’ldi. 1917-yil mart oyining oxiri, aprelning boshlarida bir qator mahalliy sovetlar va musulmon tashkilotlari o’lka, viloyat, harbiy gubernatorlari syezd boshliqlarini ishdan bo’shatish haqida qaror qabul qildi.Bu qaror yetakchi siyosiy tashkilotlar va harakatlar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.Natijada general-gubernatorlik tugatildi. Eski boshqaruv apparati butunlay barham topdi. Muvaqqat hukumat ma’lum xalqlarning ezgu orzu-umidlarini ro’yobga chiqara olmadi. U xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash g’oyasiga butunlay qarshi chiqdi.Markazda imperiyacha fikrlash mafkurasi hamon hukmronlik qilardi. Yangi hokimiyat tayanuvchi yetakchi siyosiy kuchlar shunday og’u bilan zaharlangan edi.Ma’lumki Turkistondagi yangi ma’muriyatning asosiy muassasalari Turkiston qo’mitasi muvaqqat hukumatning viloyatva uezd komissarlari ijroiya qo’mitalari, jamoat xavfsizligi qo’mitalari edi.
Asosiy boshqaruv 1917-yil 7-aprelda Markaziy muvaqqat hukumat qarori bilan tasdiqlangan, Turk qo’mita qo’lida jamlangan edi. U Farg’ona, Samarqand, Sirdaryo, Kaspiy orti, Yettisuv viloyatlari, shuningdek, Xiva va Buxoro doirasida vakolatga ega bo’lib, unga mustahkam tartib o’rnatish va Turkiston o’lkasini tuzish yuklatildi.Muvaqqat hukumat Turk qo’mitasiningtashkil etilishini uning tayinlangan raisi N.N.Shepkin 1917-yil 14-aprelda Toshkentda ijroiya qo’mitalarining syezdida so’zlagan nutqida shunday asoslaydi: “Mamlakatni boshqarish muayyan yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi.Ichki gubernator ichki ishlar vaziri tomonidan mahalliy aholi bilan kelishmagan holda tayinlangan komissarlar yuborildi va joylarda noxushlik hollari yuz bersa komissarlar almashtiriladi.Keyingi yillarda muvaqqat hukumat markazdan uzoqdagi va alohida sharoitlarga ega viloyatlarda xuddi Kavkaz va Turkiston o’lkasiga yuborilgan butun boshli qo’mitalar kabi, komissarlarni emas, balki butun boshli qo’mitalarni sayladi.
Uchinchi – to’rtinchi chaqiriqlar davlat Dumasi deputati ichki ishlar vazirligining sobiq boshqaruvchisi Nikolay Nikolayevich Shepkin aprelning boshlarida poyezdda Toshkentga otlanarkan yarim yo’lga yetmayoq Turkiston qo’mitasi a’zolari o’rtasida ishlar taqsimlab olindi.
Turkiston qo’mitasining dastlabki 9ta a’zodan 4 nafari turkiy millat vakillari edi. Davlat Dumasining I-chaqiriq a’zosi Alixon Bukayxonov (qozoq), Davlat Dumasining II-chaqiriq a’zosi Muhammadjon Tinishboyev (qozoq) va general mayor Abdulaziz Azizovich Davletshin (tatar) aftidan ularni Turkiston qo’mitasi tarkibiga kiritish bilan muvaqqat hukumat mahalliy aholi manfaatlarini hisobga olishga intilayotganini ta’kidlamoqchi bo’lgandir.
Turk qo’mita Yettisuv viloyatidagi qirg’izlar (qozoqlarning) og’ir ahvoli haqidagi ma’lumotlar yetib kelganda ham sustkashlik va qobiliyatsizlik ko’rsatdi.Joylarga borib kelgan o’lka musulmonlari sho’rosi delegatlari shuni kuyinib aytishadiki,”Xitoydan qaytib kelayotgan qirg’izlarni ko’chmanchi Yettisuvliklar shavqatsiz o’ldirayotganliklari uchun favqulodda choralar ko’rish lozim ular o’ta muhtojlikka uchragan ocharchilikda qolishgan….”
Turkqo’mita 1917-yil 19-aprelda qochoq qirg’izlar haqidagi masalani tingladi va qaror qabul qildi: “…Ular Prejevalskiy va Pishpea uyezdlarida qo’yilmasin, balki hosilsiz toshloq yerlarga joylashtirilsin”. Muvaqqat Yettisuvda ro’y berayotgan voqealar oshkor bo’lmasligi uchun barcha choralarni ko’rdi, biroq qozoqlar boshiga tushgan kulfat haqidagi ma’lumotlar tez orada musulmonlar joylashgan Volgabo’yi va boshqa joylarga yetib bordi.
Shuningdek, rasmiy hokimiyat va yevropalashganligi soldat va xristian deputatlari sovetlari o’rtasidagi munosabat ham keskinlashdi.Garchi Turkqo’mita o’z qarorlarini Sovetlar bilan qandaydir darajada muvofiqlashtirganlikka majbur bo’lsada, biroq, ular bilan kam hisoblashardi.O’sha yillardagi vaqtli matbuot materiallari bu haqda yorqin guvohlik beradi, xususan, matbuotda bir necha marta ta’kidlanganidek Turkiston qo’mitasi va sovetlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar: “… qo’mitaning Turkistondagi demokratik va umuman, ijtimoiy tashkilotlardan ajralib qolganligi tufayli ro’y bergan “( “Turkistanskiy kuryer.1917. 18-may).
May oyidan boshlab siyosiy qarama-qarshilik sezilarli darajada kuchaydi. Shepkin o’z navbatida markaziy muvaqqat hukumatga arz qilib, Petrograd soveti orqali Turkiston o’lka sovetining Turkqo’mita faoliyati ustidan nazorat qilishga urinishlariga chek qo’yishlarini so’radi. Oxir oqibatda Shepkin majburan tan oldiki, “Turkistonda muvaqqat hukumati kuchsiz , hatto yo’q darajada”.
Turkiston ma’muriyati boshlig’ining musulmon aholisi orasida ro’y bergan siyosiy o’zgarishlar uning milliy o’zlikni anglashi haqidagi iqrorlari diqqatga sazovor. Jumladan, yuqorida keltirilgan xatda shunday ta’kidlanadi: “Shu paytgacha hokimiyat musulmonlarga tepadan qarar, ular esa sukut saqlardi. Endilikda zamonlar o’zgarmoqda va musulmonlar son jihatidan ustinligini ko’rsata boshladi. Ruslarning ma’naviy ustunligi kuchsizroq, nayzalar bilan qo’rqitish ko’proq ta’sir etadi.Turkqo’mitaning Turkiston o’lkasini boshqarishni isloh qilishga munosabati N.N.Shepkinning Petrogradda 15-iyunda Ichki Ishlar Vazirligida bo’lib o’tgan kengashda gi ma’ruzasida yanada aniq ifodalandi.Kengashda hokimiyatni sentralizatsiya qilish uni markazlashgan tizimga o’tkazish haqida so’z bordi. Amalda bu nimani anglatardi. Shunga qaror qilindiki, eng avvalo,muvaqqat hukumat vakolatiga ega o’sha qo’mita tasdiqlangan, viloyat komissarlari shaxsida joylarda o’lkaning hukumatning to’la qonli vakillari bilan ta’minlash lozim….O’zining umumdavlat ahamiyatiga ko’ra o’lka qo’mitasida hal etadigan va u tomonidan yuboriladigan umumiy masalalar markaz ixtiyorida qoldiriladi.Oxir-oqibatda muvaqqat hukumat Turkqo’mitasining kadet Shepkin boshqargan tarkibi tabiiy ravishda mahalliy siyosiy arboblar tomonidan qo’llab – quvvatlangani bois 1917-yil 1-iyulda o’z vakolatlarini topshirdi.
Ayni paytda hokimiyatda bo’shliq yuzaga keldi.Muvaqqat hukumat oldida Turkqo’mitaga rais tayinlash maqsadida masalasi turardi.Bu lavozimga aholi ommasi orasida katta obro’ga ega bo’lgan Turkistonning taniqli siyosiy arbobi Vadim Chaykinning nomzodi qo’yildi. Shepkin bundan ikki kun avval, o’lka musulmonlari tashabbusidan norozi bo’lib partiya bo’yicha o’rtoqlariga aytgan so’zlari shunday bo’lgan:”Chaykin musulmonlar bilan iskashib yuribdi, go’yo U mahalliy aholini sevarmish va ular haqida qayg’urarmish. O’rtoqlar! Men sizdan so’rayman axir bizga o’lka uchun faqat mahalliy aholini yaxshi ko’radigan va ularning choponiga suykalib yuradigan kishilar kerakmas…”. Shunday qilib, rus demokratlaridan yolg’iz nomzod millatlarga o’z taqdirini o’zi belgilash maqsadida masalasida to’liq huquq berilishining chinakam tarafdori Vadim Chaykin nomzodi yaxshi kutib olindi.
Bu lavozimdan bosh tortganini V.A.Chaykin Ichki Ishlar Vaziri nomiga yozgan arizasida shunday asoslaydi: ”Sog’lig’im yomonlashganligi sababli Muvaqqat hukumatning Turkiston O’lkasi Raisi vazifasini egallash men uchun butunlay egallash mumkin emasligi tufayli va keyingi kunlarda Turkistonda yuzaga kelgan sharoitlardan kelib chiqib, bu haqda M.K. O’lka sovetining shoshilinch depeshalarida (diplomatik maktublar) xabar qilingan Qo’shma raisi o’z majburiyatlarini bajarishga kirishmog’i lozim edi. V.P.Nalivkinning Turkqo’mita raisi lavozimiga shoshilinch tayinlanishi hozitgi sharoitlarda Turkqo’mita va o’lka sovetlari o’rtasidagi tushunmovchiliklarning oldini olishga qulaylik yaratish mumkin, deb hisoblagan holda , - men muvaqqat hukumatning 8-iyuldagi buyrug’I bilan tayinlanganim qo’mita raisi mansabini egallashdan voz kechaman”.
Shu o’rinda Perlin o;z ikkilanishlarini shunday ifodalaydi: “Bilmadik, o’rtoqlar, yaxshi ish qikdikmi yoki yomonmi, o’zingiz hukm chiqaring. Siz bizga hech qanday xabar bermadingiz, biz esa avvalgi ko’rsatmalar asosida harakat qildik”.
Shunday qilib, Turkqo’mita raisi etib Ikkinchi Davlat Dumasi a’zosi, Farg’ona viloyatining sobiq vitse-gubernatori, mensheviklar yo’lboshchilaridan biri Vladimir Petrovich Nalivkin saylandi. Shaxsiy niyatlariga qaramay, yangi rais ongsiz bo’lib chiqdi. Taniqli O’zbekistonlik olim B.V.Lunin to’g’ri ta’kidlaganidek, “Nalivkin murakkab va ziddiyatli sharoitda bir-biriga qarshi turgan turli siyosiy guruhlar o’rtasida ustalik bilan chap berishga , ziddiyatlarni bartaraf qilishga, kelishib bo’lmaydigan narsani kelishtirishga intildi”.Toshkentda sentabr kunlarida yuz bergan voqealar Turkqo’mitaga ayniqsa og’ir bo’ldi.
Chor yakkahokimligining barham topishi bilan ijtimoiy hayotni demokratlashtirish siyosiy – iqtisodiy munosabatlarning yangi tuzilmalarini tarkib toptirish bo’yicha muayyan shart-sharoit yaratildi.Butun mamlakatda bo’lgani kabi, Turkistonda ham yangi Partiya, siyosiy harakatlar jadal tashkil etildi.Vakolatli ijtimoiy tashkilotlar yuzaga keldi, hokimiyat vazifalarning bir qismini o’ziga olishga intilgan Sovetlar yuzaga keldi.
Birinchi markaz - yevropalashgan jamoa bo’lsa, ikkinchisi mahalliy aholini qamrab olgandi.Inqilob boshlanishi bilan chor boshqaruv tuzumini tugatish uchun keskin kurash boshlanib ketdi.Bu kurashda Turkiston aholisining ikki xil dunyoqarashiga ega vakillari faoliyati bilan bog’liq ham birlashtiruvchi, ham ziddiyatli omillar ko’zga tashlandi. Chidab bo’lmaydigan siyosiy institut va mustamlaka boshqaruv tuzilmalari tugatildi.Shu bilan birga, mahalliy o’zini-o’zi boshqarishning tashkil etishi, o’lkani boshqarishda mahalliy aholi ishtiroki shakllarini kuchaytirishga bo’lgan umidlar amalga oshmasdan qolib ketdi.Birinchi navbatda, bu muvaqqat hukumat va uning o’lkadagi vakolatli organi bo’lgan Turkiston qo’mitasining ichki ziddiyatli siyosati bilan bog’liq edi.
Muvaqqat hukumat va Turkiston qo’mitasining g’ayrixalqchil siyosati ularning tarixiy mahkumligi va qonuniy ag’darilishini belgilab berdi. U asosiy shiorlardan biri milliy zulmni tugatish talabi bilan chiqishi mumkin bo’lgan milliy ozodlik harakatining tobora o’sib borishiga imkoniyat yaratdi.Bu harakatning boshida Turkistonga muxtoriyat huquqini berilishini talab etgan milliy demokratik ziyolilar turar edi.Turkiston milliy demokratlari tomonidan taklif etilgan “muxtoriyat” mafkurasi jahon va mintaqaviy mustamlakachilikka qarshi harakat g’oyalari, Yevropa, Osiyo, Rossiya mutafakkirlari, o’lka taraqqiyparvar ziyolilarining o’z taqdirini o’zi belgilash muammolarini ijobiy idrok etish tajribalariga tayangan holda yaratildi.
Shuni aytish kerakki, XIX-XX asr boshlarida Yevropa jahongirligi, Osiyo, jumladan Rossiya imperiyasi mustamlaka xalqlarning milliy o’zligini anglay borib, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetini qo’lga kiritishga intilishlarini tan olishga majbur bo’ldi.Fevraldan keyingi rivojlanishning dastlabki bosqichida Turkiston milliy harakatining yo’lboshchilario’zlarining ozodlik va intilishlarini Rossiya demokratik tashkilotlarni siyosiy qo’llab-quvvatlash hamda Muvaqqat hukumat islohotchilik faoliyati bilan ko’pjihatdan boshlamoqchi bo’lishdi.Jumladan fevral kunlari inqilobi Petrogradda bo’lgan taraqqiyparvarlarning vakillari hamda Davlat Dumasiga Turkistondan saylanadigan vakillar musulmon aholisini o’z=taqdirini o’zi belgilash huquqini talab qilish bo’yicha aniq reja ishlab chiqishga Darhol kirishdilar. Bu rejaga ko’ra, Turkistonda milliy muxtoriyat yagona Turkiston konfederatsiyasi tarkibida tashkil qilish taklif qilindi.
Voqealarning tarixiy bir qancha rivojidan so’ng, Rossiyada kuchli markaziy organi bo’lgan demokratik respublikani ta’sis etishni yoqlab chiqqan syezd Turkiston xalqlari uchun muhim bo’lgan o’lka muxtoriyati, milliy tengsizlikni tugatish haqidagi masalalarga o’z munosabatini bildirmadi, Ularni Ta’sis majlisiga qoldirdi. Syezd muvaqqat hukumatga ishonch bildirish haqida bayonot qabul qildi va Muvaqqat hukumat Turkiston qo’mitasining o’lkaga muxtoriyat berish borasidagi raddiyasini qo’llab-quvvatladi.May oyida eserlar partiyasining o’lka syezdi ham shunday qaror qabul qildi.
Toshkentda (1917 yil 9-17-aprel kunlari) Turkiston o’lkasining ijroiya qo’mitasi syezdi bo’lib o’tdi.Unda jamoatchilik tashkilotidan 171 delegat, yevropalik aholi vakillaridan 99, mahalliy aholi vakillaridan 72 kishi ishtirok etdi.Kuchlarning bunday etnik joylashuvi davlatni qayta qutish istiqbollarini muhokama qilish chog’larida ham o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Yevropalik vakillar tarkibidagi federativ davlat qurish tarafdorlarining bir qismi mahalliy millatlar uchun muxtoriyat berish haqidagi masalani xalqlarni muayyan darajada madaniy va siyosiy rivojlanish bilan bog’lashga urindilar. Ular Turkiston xalqlari muxtoriyat olish darajasiga yetishmagan, shu bois ularga muxtoriyatdan keyinchalik foydalanish imkoniyati yaratib berishni lozim deb hisoblashdi.
Mahmudxo’ja Behbudiy o’lka xalqlarini himoya qilar ekan faxr bilan shuni aytdiki bu xalqlar qadimiy tarix, madaniyatga ega, butun insoniyatning madaniy xazinasidan joy olgan, dunyoga mashhur allomalar, fiqhshunoslar, yuksak me’morchilik namunalarini bergan, o’z hayot tarziga ega, dehqonchilik, hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan xalqdir. Mahalliy xalqning hozirgi ahvoliga, uning nodonligiga chor hukumati aybdordir”.
Ahmad Zaki Validiy o’z xotirasida qayd etishicha, u syezdda Rossiya Federativ davlat qurish tarafdori sifatida qatnashgan.Biroq Mustafo Cho’qayev kadetlar bilan, Islom Shoahmedov sotsial demokratlar bilan bog’liqligi tufayli, ularning ikkovi ham federatsiya g’oyasiga qo’shilishmagan.
Syezd muhokama qilinayotgan masala bo’yicha “Rossiyaga davlatning ayrim viloyatlariga keng muxtoriyat berish, ayrim hollarda to’liq federativlik berish huquqlarini alohida himoyalash prinsiplari Asosida demokratik respublika o’rnatish ko’proq muvofiq keladi”.
Behbudiy yagona shaharlar o’z-o’zini yoqlab chiqib, unda xalqlarni o’zaro tushunish ruhida tarbiyalovchi aholining madaniy jihatdan ancha rivojlangan qismini kamroq rivojlangan qismiga ta’sirini oshiruvchi organni proporsional tamoyil o’rniga yevropalik barcha o’rinlarning uchdan birini berishni taklif qildi.
O’sha kuni ruslar orasida ikki oqim yuzaga keldi, ulardan birinchisi – “ishchi va deputatlar soveti” bo’lib mahalliy tashkilotlarni sovetlarni yaqinlashtirishga intildi. Unga qarshi bo’lgan ikkinchi oqim esa sobiq Toshkent hokimi Mallitskiy boshchilik qilgan guruhdagi odamlarni o’zida birlashtirdi.Ikkinchi oqimdagi ruslar mahalliy aholini ruslardan ajratib olish va bu bilan ikki qarama-qarshi guruhlarni yuzaga keltirishga intildi.
Iyul oyining ikkinchi yarmida Qozon shahrida bo’lib o’tgan II-ButunRossiya musulmonlar syezdi, “Ulamo” syezdi va musulmonlar harbiy syezdi qarorlari turkistonliklar hayotiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1917-yil 17-iyulda ochilgan II ButunRossiya Musulmonlari syezdi barcha musulmon xalqlaridan 260 delegat qatnashdi.
1917-yil 17-20-iyulda Qozon shahrida bo’lib o’tgan musulmonlar harbiy syezdida shu narsa ta’kidlandiki, ButunRossiya musulmonlari harbiy sho’rosi ayrim musulmon hatbiy qismini tashkil etish ishida Rossiyaning barcha millatlari markaziy tashkilotlari bilan aloqaga kirishish, agar zarur deb topilsa ular bilan blok tuzish huquqiga ega.
Biroq g’oyaviy kelishuvga erishish mumkin bo’lmadi. ButunRossiya miqyosida ham turli musulmon siyosiy oqimlari o’rtasida ziddiyatlar saqlanib qoldi.Turkiston jamiyatini ajratib tashlagan ziddiyatlar milliy g’oyani amalga oshirish yo’llarini qabul qilishdagi turli-tumanliklarda, o’lkani ijtimoiy qayta qurish istiqbollarida namoyon bo’lgan edi.Bu ziddiyatlar Turkistondagi eng yirik musulmon siyosiy tashkilotlaridan biri – “Sho’roi Islomiya”ning Parchalanishiga olib keldi.1917-yil undan yangi musulmon siyisiy birlashmasi – “Sho’roi Ulamo” ajralib chiqdi.Sho’roi Islomchilar kabi turkiston ulamochilari hamislom an’analariga tayanishdi, undan Rossiya mustamlakachiga qarshi kurashda foydalanishga intilishdi.Ko’proq feodal diniy qarashlarni o’zida aks ettirgan ulamochilar maishiy va ijtimoiy hayotda an’anaviy patriarxal feodal negizlarni saqlab qolish, shariat qonunlari tamoyillariga tayanuvchi islom davlatini barpo etish tarafdorlari bo’lib chiqishdi. Shunday qilib, fevral inqilobidan keyingi rivojlanish xalqlarning milliy o’z taqdurini o’zi belgilash va Rossiyada milliy davlat qurishning yangi modelining tarkib topish muammosini ob’ektiv ravishda oldinga surdi.Biroq muvaqqat hukumat oqilona milliy dasturni taklif etishga noqobil bo’lib chiqdi, milliy davlatni yangilashning ayrim sermahsul g’oyalari burjua – demokratik va sotsialistik yo’nalishdagi Rossiya siyosiy partiyalarining dasturiy hujjatlaridan o’rin oldi. Biroq ular ham o’zlarining amaliy faoliyatlarida imperiyacha fikrlash asoratidan qutula olmadi.
Bunday yondashuv Turkistonda ham o’z aksini topdi.Turkqo’mita Markaziy hukumatning vakolatli vakili sifatida dolzarb bo’lib turgan milliy etnik muammolarni o’z paytida hal etishga yetarli e’tibor bermadi.O’lka aholisi yevropalik qismining ommaviy ijtimoiy siyosiy tashkilotlari faoliyatida milliy masalani hal etishda o’sha sustkashlik namoyon bo’ldi.Rossiyada federativ davlat qurilishi, Turkiston muxtoriyati chegaralari haqidagi tushuncha milliy musulmon tashkilotlari, turkistonlik ziyolilar ilg’or qismining nazariy va amaliy faoliyati tufayli kengaydi.
Ayni paytda, 1917-yilning islohotchilik harakati xilma-xil qarashlar va siyosiy ehtiroslardagi kishilarni birlashtiruvchi turli tuman harakatlarni yuzaga keltirdi.Ularda o’rtacha liberallardan to inqilobiy demokratlargacha, islom davlatini yaratish tarafdorlaridan to ijtimoiy rivojlanishning g’arb modeli muxlislarigacha bor edi.Shu bois o’lkani boshqarishning asosiy masalalarini ko’rib chiqishda dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishda fikrlar birligi yo’q edi.Islohotchilarning milliy davlat qurish muammosi bo’yicha qarashlarida g’oyaviy turfa fikrlilik namoyon bo’ldi: ham konstitutsiyaviy – monarxik, ham muxtoriyatchilik, ham respublikachilik (dunyoviy va diniy islomiy jihatdan ) yo’nalishlari yuzaga keldi.
Biroq, g’oyaviy – siyosiy qarashlar xilma-xil bo’lsa-da, tarixiy an’ana va urf-odatlarga, milliy mentalitetga tayangan holda davlatchilik tashkil etish g’oyasi, o’ziga xos milliy – etnik rivojlanish haqidagi orzularning birlashtiruvchi vazifasini bajardi.

Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling