Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi 2023
Iyhom san’atidan quyidagi misrada ham unumli foydalangan:
Vah ne mus’hafdur yuzing kim, kashfi kashshof ayladi, Xatm qildi, ko’rgach oni darsu ham tafsirdin. Baytdagi “kashshof” so’zi kashf qilingan va “Al-Kashshof” asari sifatida qo’llanilgan. Bu ma’noni ikkinchi misradagi “tafsirdin” so’zidan bilishimiz mumkin. “Al-Kashshof” asari Qur’oni karimning tafsiriga bag’ishlangan asardir. Atoyi bir qancha alohida baytlarida tabiat bilan bog’liq kechinmalarning qiyosiy, yonma-yon tasvirlari uchraydi. Bunday tasvirlar orqali shoir yangi mazmun, esda qoladigan obrazlar yaratadi: Yig’lab yuzingdin olayin zulf niqobin, Gul yaxshi ochilmas, kechalar yog’masa yomg’ur. (64-bet) Yoki: Banda zulfingni parishoni ayla qoshing ilida, Kim, yangi oy ko’zga ravshanroq ko’rinur kechqurun. (197-bet) Ushbu baytlarda tamsil san’atidan foydalanilib, baytning tushunarli qilish uchun hizmat qilgan. “Hamroh” radili g’azalida tamsil san’atidan unumli foydalangan Xati mushkin, ki dur jon birla hamroh 33 Xizrdur obi hayvon birla hamroh. Baytda yorning “Xati mushki” ya’ni lab ustidagi ayollarda bo’ladigan mayda tuk mo’ylab yorning joni bilan hamrohligiga Xizr tiriklik suvi bilan hamkrohligi misol sifatida keltirilgan. G’azalning davomida “Bulutdek mohi tobon birla hamroh”, “Kufredur imon birla hamroh”, “Muhabbat dardi darmon birla hamroh”, singari tamsillar keltirilgan. Baytning maqtasida: Riqobingda Aoyi ushbu yo’lda, Erur mo’re Sulaymon birla hamroh. Riqob – uzangi ma’nosini bildiradi. Atoyi bu o’rinda hamroh ma’nosida qo’llab, haq yo’lida yorga hamrohlik qilishi va o’zini chumoliga tenglashini ko’rish mumkin. Chunki dilbar furqatinda aylading bag’rimni su, Ey yaman baxtim ne bo’ldi, yaxshilik qil, sol sug’u. (20-bet) Ushbu baytda irsoli masalning go’zal namunasi va takrirdan foydalanilgan. Yorning jafolari va oshiqning bu jafolarga etibor bermay oshiqlikda davom etadi. Oshiq inson yorga doim yaxshilikni ravo ko’rib keladi. Birinchi misradagi “su” va ikkinchi misradagi “sug’u” takrorlanuvchi so’zlari orqali g’azal ohangdorligini taminlashga hizmat qilmoqda. Ko’zum to ko’rdizulfing kamandin, Ko’nglum bo’ynumg’a soldi ishq bandin. Ko’zim yorning sochini ko’rdi va ko’ngil bo’ynimga ishq bandini soldi. Ushbu baytda soch arqoni so’ziga mos tarzda bo’yinga tushgan ishq bardi so’zlari orqali go’zal mutanosiblik hosil bo’lgan. Ijodkor sochni uning bo’yniga tushgan band sifatida tariflaydi. Quyidagi misrada esa husni ta’lil san’ati qo’llanilgan: Baxs etar shakkarnay labingiz birla so’roli, Og’zing bila torlik taloshur pista ne yorg’u. (199-bet) Bu o’rinda yorning og’zi shu darajada torki, hatto pista bilan torlikni talashadi Atoyi o’z g’azallarida yaqin sharqning mashxur shaharlarining nomini talmeh va tashbeh sifati qo’llagan. Masalan: “Mushki Ho’tan”, “Kashmir” “Misr” 34 Atoyi ijodining asosiy salmog’ini turkiy vazn hisoblangan ramalning tarmoq vazni bo’lgan ramali musammani mahzuf vaznidan foydalanilgan. Ular sirasiga “Har necha bo’lsa”, “Ey begim”; “Murod” va “Maning” radifli g’azallari kiradi. Ijodkor yorning tarifiga bag’ishlangan g’azallariga muzore vaznidan foydalangan: Xurshedi xovarida yuzingdek jamol yo’q, Kim bor anga zavolu munga hech zavol yo’q. (118-bet) Yoki: Ey qo’yg’uchi ko’ngulg’a g’ami ishq dog’ini Zulfung mushavvash ayladi jonim dimog’ini (153-bet) Yoki: Nargis ko’zung ki qoshida bog’i bahori bor, Jonu ko’nglimni olsa munok ixtiyori bor. (102-bet) Ushbu g’azallar muzorei musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida bitilgan bo’lib, bu vaznda qisqa hijolar boshqalariga qaraganda ko’pni tashkil qiladi. Bu g’azalning o’ynoqi va ko’tarinkiligini taminlab beradi. Tabiat tasviri keltirilgan “Kel ey dilbar” va “Bu kun” radifli g’azallari ramali musammani mahzuf va musaddasi mahzuh vaznida bitilgan. Ramal bahri nisbatan bosiq vazn hisoblanadi. G’azalni o’qish davomida tabiatdan bahra olish sezilib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling