Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana13.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1456429
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kurs ishi 2023

.
Manga ul dunyoda jannat ne xojat
Eshigin tuprog’i basdur kafanda
Bu baytda u dunyodagi jannatdan ko’ra yor eshigining tuprog’i yaxshiroq
demoqda. Boshqa g’azallarda ham ilohiy ishq kuylangandajannatga kirishda ko’ra
ollohning jamolini ko’rishlik afzalligi qayd etiladi.
Solib borma meni ey Yusufi xusn
Bukun Yaqubtek bayt-ul hazanda
Dunyodagi eng go’zal paygambar Yusuf payg’ambar bo’lganlar shoir yorining
go’zalligini unga qiyoslagan .Akalari yusufni quduqqa tashlab bo’ri yedi deb
kelganlarida otasi Yaqub paygambar yiglayverib ko’ bo’ladi .Ul zotning ayriliqdagi
hayoti Bayt ui- hazan ya’ni ,g’am uyi sifatida tilga olinadi.oshiq sendan ayriliqda
men ham shu holga tushib qolaman deydi. Bu o’rinda
Talmeh –( bir nazar tashlash


39
degan ma’noni ifodalaydi ) san’atidan foydalangan.Mashxur zotlarga ishora
qilingan.
Uzun sochingdin uzmasmen ko’ngilni
Ayog’ing qonda bo’lsa boshim anda
Bu battda uzum uzmassman o’z takroridan Ishtiqoq – o’zakdosh so’zlarni
qo’llash san’ati vujudga kelgan.bu badiiylikni oshiradi. Oshiq shu qadar yalinchokki
oyog’ing qayda bo’lsa boshim shu yerda demoqda.Oyoq vq bosh so’zlari zidli
Tazod
– san’atini qo’llagan.
Tilar el mansabi oliy va lekin
Atoyi sarvi ozadingg’a banda
Bu oxirgi matlasida odamlar oshiqqa yuksak mansab va martabalar tilaydi
lekin oshiq go’zalga qaratasening tik qomatinga qil bandaman deydi sarviozod bu
yorning tik qomatiga ishoradir xulosa qilib aytganimizda mumtoz adabiyotga kirib
borganimiz sari o’zining betakrorligini va duru javohirlarini namoyon etaveradi.
Shoir yorning qaddi-qomati, yuzi, koʻzi, qoshi, sochi, kipriklari, ogʻzi, labi, xolini
taʼrif-tavsif etadi. Ularni sifatlash orqali yorning goʻzallikda tengsiz timsolini chizadi.
Har daqiqada oʻzining maʼshuqaga boʻlgan sevgi-sadoqatini izhor etib boradi. Oʻzini
“qul”, yorni “shoh” koʻrsatish orqali bir tomondan, goʻzal yorga sevgi-sadoqatini
bildirsa, ikkinchi tomondan, bu sevgining tengsizligini (“shoh” – “qul”) taʼkidlab
turadi. Maʼshuqa goʻzallikda nuqsonsiz, har jihatdan mukammal bir siymo sifatida
namoyon boʻladi.
Ha, maʼshuqa goʻzalligiga chek-u chegara yoʻq. Hatto, koʻplab qissalarda
goʻzallik timsoli sifatida tasvirlangan Yusuf ham unga teng kelolmaydi:
Gar husn budurkim, sanga bor, kes bu tilimni,
Yusuf soʻzidin qilsam agar zarra hikoyatAtoyining “Hajringda, begim, oh
degumdur dagʻi oʻlgum” deb boshlanadigan gʻazali ham oshiqona boʻlib, suyuklisiga
muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq koʻradigan oshiq holati ifoda etilgan.
Shoir uchun maʼshuqa shunchaki qiz emas, balki imon ham. Negaki, lirik qahramon:
“Imonim oʻshal moh degumdur dagʻi oʻlgum” deydi. Shu oʻrinda islomda har bir


40
musulmon oʻlimi oldidan kalimayi shahodatni qaytarishi kerakligi ham hisobga
olingan. U oʻlimiga rozi. Shu bois imon keltirishga ham tayyor. U: “Lo iloha illalloh”
(“Allohdan oʻzga iloh yoʻq”), – deb emas, balki “Imonim oʻsha Moh (Alloh)”, –
deya kalima qaytarmoqchi. Lekin sanamdan ajralishga toqati yetmaydi. Chunki inson
abadiy rohatda boʻladigan jannat ham maʼshuqasiz “gʻamgoh”dir. Buni shoir
shunday ifodalaydi: Jannatdakim, el onda boʻlur zindai jovid, Sensiz oni gʻamgoh
degumdur dagʻi oʻlgum. Oshiqning muhabbati shu qadar teran va azaliyki, u yor
koʻyida oʻlib ketsa ham uning ruhi qiyomatga qadar maʼshuqaga hamroh
boʻladi.Atoyi koʻngil nolishlari, ruh toʻlgʻonishlari, qalb iztiroblari tasvirini turkiy
sheʼriyatga goʻzal va taʼsirchan yoʻsinda olib kirgan shoirdir. Unda samimiy
tuygʻular yuksak sanʼatkorlik bilan koʻrsatilgani uchun ham hanuzgacha sheʼrxonlar
qalbiga taʼsir etib kelmoqda.
Atoyi koʻngil nolishlari, ruh toʻlgʻonishlari, qalb iztiroblari tasvirini turkiy
sheʼriyatga goʻzal va taʼsirchan yoʻsinda olib kirgan shoirdir. Unda samimiy
tuygʻular yuksak sanʼatkorlik bilan koʻrsatilgani uchun ham hanuzgacha sheʼrxonlar
qalbiga taʼsir etib kelmoqda.
“Ey doʻst” radifli gʻazal koʻp maʼnoliligi bilan diqqatga sazovordir. Undagi
“doʻst”ni xilma-xil maʼnolarda tavsif va talqin qilish mumkin.
Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey doʻst,
Shodligʻi ham mehnat-u gʻamdur manga, ey doʻst.
Bularning barchasi Atoyining oʻzbekcha soʻz kuchi va qudratini teran his
etgani, uning latofatini koʻrsatish uchun katta kuch va mehnat sarflaganini koʻrsatadi.
Xuddi shu narsalar adibdagi badiiy mahoratning nihoyatda yuksak darajasi haqida
ham toʻla tasavvur berib turibdi. Atoiy gazallarida husni talil san’atining
qo’llanilishi


41

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling