Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Ishq va hayot talqinidagi poetik mahorati
Download 0,52 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atoyi g’azallarining tahlili
Ishq va hayot talqinidagi poetik mahorati.
Hijron tariflangan g’azallarida esa hazaj bahridan foydalangan: Xazontek ayladi baxtim, bu yil fasli bahorimni, Ki hijrong’a mubaddal qildi nogah, vasli yorimni Ushbu g’azal hazaji musammani solim vaznida bitilgan. Bu vazinda chuqur lirik kechinmalar hamda falsafiy-marifiy qarashlar ifodasi bo’lgan ko’plab ajoyib g’azallar yaratilgan. ,,Ul sanamkim ”, ,,Jamoling vasfini ”, ,,Sensiz bu jahon ”, ,,Seni men ongladim”, ,,Mengiz yo ravzayi rizvonmudur”, ,,Labing qonim to’karga”, ,,Sipehri husn ichinda”, ,,Ey, begim”, ,,Ko’ngilni olgali...”, ,,Qon bo’ldi ko’ngul”, ,,Netti,ne bo’ldi”. 36 Atoyi g’azallarining tahlili Atoyi - lirik shoir. U o’z she’rlarida nozik xayol, sinchkov nigoh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go’zal esda qoladigan o’xshatishlar, kutilmagan mubolag’ali tasvirlar yaratadi. Bir g’azalida go’zal yor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyog’i og’riydi ,,yuzing buncha bo’yradek dag’al bo’lmasa” deb nozlanadi. ,,Bo’yra “ qamishdan solchaga o’xshatib to’qiladigan bir ashyo. U gilam tagidan to’shaladi, tom ustiga yopiladi. Yorning oyog’i shu qadar nozik va go’zalki, uning oldiga oshiqning yuzi bo’yraga o’xshaydi. Ikkinchi bir misraga esa , yorini sog’ingan oshiqning ko’zidan yosh emas , daryo oqayotgani , u kipriklaridan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi. Shoir yorini ulug’lovchi fidoyilikni ko’rsatuvchi betaktot satrlar bitadi. Masalan, ,,Begim” radifli she’rida u kipriklarini supurgi, yuzini xokandoz qilishga tayyor, yor xizmatiga olinsa bo’lgani. Hatto yor u yoqda tursin , uning farroshiga- ,,qul”likka qabul qilinsa ham o’zini baxtli hisoblaydi.Atoyi yorni mana shunday yuksaklikka ko’taradi. Ul sanamkim suv yoqasinda paritek o’lturur. G’oyati nozikligindin suv bila yutsa bo’lur,- baytida nozik nihol qizni tasvir etilayotganiga shubha yo’q.She’rda mashuqaga shu qadar nozik, shunchalar go’zal qiz sifatida tasvirlanadiki, go’yo uni bir qoshiq suv bilan yutib yuborish mumkinday. Atoyi xalq iboralarini g’oyat yaxshi biladi va undan unumli foydalana olgan. G’azalning matla’sida shu hol ham sezilib turibdi.Shoir navbatdagi o’xshatishni keltiradi.Ma’shuqaning bog’ ichidagi ariq bo’yiga kelishi go’yo jannat bog’idagi Kasar suvi yoniga hur-u parining kelishiga o’xshaydi: To magarkim salsabil obina javloni qila, Keldi jannat ravzasidin obi Kavsar obi hur. 37 Qizning go’zalligi, tiniqligi, pokizaligi shunchalikki , u qo’lini suvga yuvib tozalamaydi b, balki qo’lini yuvib suvni poklaydi: Ul ilikkim suvdin oriqdur, yumas oni suvda, Balki suvni pok bo’lsin deb iligi birla yur. Oshiq suv yoqasida paridek o’tirgan tengsiz pariga qarab, hayrat bilan ,,suv qizi” ya’ni suv parisining ,,Suv parisining goh-goh ko’zga ko’rinishiga “ imon keltiradi.G’azal maqtasida shoir o’zining ibodati ham yor husnini ko’rishning tavallosidan iboratligini bildiradi. Atoyining ushbu g’azaligacha yor ko’ngliga g’ulg’ula solgan sanam timsoli bu qadar jonli, ta’sirchan va ilohiy yo’sinda tasvirlanmagan edi Download 0,52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling