Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Download 0,52 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi 2023
Soqiyo, keltur mayi gulgun, ki xush damdur bu kun,
Olami farxundayi navro’zi olamdur bu kun. (159-bet) Ushbu g’azal hayotsevarlik tarzida bitilgan g’azaldir. Bu baytlarda navro’z kuni tarifi va hayotning qanchalik qadrli ekani tariflangan. Bu g’azalda “May” hayot ramzi sifatida qo’llanilgan. Navro’zdagi ko’tarinkilikni ko’rgan odam hayotga bo’lgan muhabbati jo’shib ketadi.N. Mallayev Atoyi lirikasidagi ishqni asosan dunyoviy ishq sifatida tariflagan. Atoyida ishq ustun turishi mumkin, lekin ishq dunyoviy ishq emas, majoziy ishq talqini ustuvor bo’ladi. Olim so’zining davomida ijodkor o’tmishdagi feodal zamonidagi ayollarni qiyin hayotini ko’rsatib bergan deb tasnif qiladi va quyidagi baytni keltiradi Bir lahza ol niqobing yuzungdin quyosh bikin Jam ayla anjumanda gulu lolazoru iyd(51-bet) Bu g’azalda “niqob” so’zi orqali ayollarning paranjisi nazarda tutilmagan. Quyosh orqali atrofdagi hamma insonlarni nazrda tutmoqda. G’azalning umumiy mazmunida ham bayram kunidagi hursandchiliklar tilga olingan. Atoyi g’azallarida o’z hayotini yor vasli va uning ehsoniga bog’lagan holda tasvirlaydi. Jamolingdur bu hasta jon umidi, Ki guldur bulbulu bo’ston umidi Ushbu g’azalda “bulbul gulni qanday umid qilsa, hasta jon yor jamolini shu qadar umid qiladi” deb, jonini hasta sifatida tariflaydi. Maqtada bu hasta jonning darmoni sifatida yor visoli ekanligi, yorni bu dardning tabibi sifatida ko’rsatiladi. Meni sargashta qildi go’y yanglig’ Hami zulfingdag’i chavdon umidi. Yorning zulfi oshiqni to’p singari sarson qilmoqda. Tasavvufda “Go’y”, ya’ni to’p dunyo, chavgon tayog’i esa dunyoni boshqarish vositasi sifatida talqin qilinadi. Buni “Saddi Iskandariy” dostonidan ham ko’rishimiz mumkin. G’azal 30 tasavvufiy yo’nalishda bitilgan. Ish ollohga bo’lgan ishq sifatida talqin qilingan. Baytda lirik qahramon bu dunyo bilan aylanib sarson bo’lib yuribdi. Keyingi baytlarda yorni “sulton” va “begim” so’zlari bilan ataydi. O’zini esa “gado” va “qul” sifatida shoh va bek unga karam qilishini so’raydi. Inoyat qilki, bordur bu gadoning, Boshingda xidmati suton umidi. Bu qul yuz qatla g’amdin o’lgay erdi, Begimdin bo’lmasa ehson umidi. O’lim bu yerda ikki ma’noda qo’llash mumkin. Agar yordan inoyat bo’lmasa, oshiq g’amdan o’ladi. Majoziy ma’noda esa yor ehson qilmasa ruhan o’lim topishi tasvirlangan. Matladagi hastalik maqtada qayta esga olinib bu dardga visol darmon bo’lishi aytiladi Atoyi dardig’a ey jon tabibi, Visolingdin erur darmon umidi. Ushbu baytda yorni jon tabibi sifatida ta’riflaydi va shu jon tabibining visoli unga darmon berishi aytiladi. Yuqorida aytilgananidek, g’azal ollohga bag’ishlangan. Olloh irodasi bilan har qanday dard tuzaladi. G’azaldagi dard esa ishq, Olloh ishqi dardidir. Davo majoziy davo sifatida ollohning vaslini ko’rishdir. Atoyi ijodidagi hayot tiriklikni yor vasliga bog’lash quyidagi g’azal matlasidan ham ko’rishimiz mumkin. Kerakmas sensizin jonu tiriklik, Afzalloh dardu hijronu tiriklik. Baytda yorsiz oshiqqa tiriklik kerak emas, bundan u uchun hijron dardi afzal Gazalning ikkinchi baytida yorning labi “obi hayvon”, tiriklik beruvchi sifatida tariflanadi: Labi laling bila sarvi ravonim, Bag’ishlar obi hayvon tiriklik. An’anaviy g’azal qahramonlari sifatida oshiq, mashuq va raqib tilga olinadi. Ushbu baytda ham raqib obrazi keltiriladi. Raqibning suhbatini zindonga tenglanadi: 31 Raqiblar suhbati jon zavqin eltur, Xush ermas, ore, zindon tiriklik. Garchi raqibning suhbati zindon bilan barobar bo’lsa ham, lirik qahramonni jonini zavqlantiradi. Raqib bu baytda nafs sifatida talqin qilinadi. Lirik qahramonning nafs bilan olishishi oddiy hayotdan ko’ra uni zavqlantishi tilga olingan. G’azalning maqtasida boqiy jumlasi qalamga olindi: Atoyi o’ldi, sizga boqiy bo’lun, Jahonda to abad jonu tiriklik. Bu yerda Atoyi o’lgani, yorga boqiy bo’lgani tilga olinadi, ya’ni bu foniy dunyoni tark etib, boqiy bunyoga o’tishi nazarda tutilgan. Baytning ikkinchi misrasida esa Atoyining joni jahonda tirikligi aytilgan. G’azal sufyona ruhda yozilganligi uchun bu qo’shmisrani Ollohga oshiq bo’lgan odamga tiriklik muhim emasligi, ular boqiy hayotni orzu qilishi, shu oshiqlik tufayli so’fiylarning joni hijron bilan tirikligi-yu, visol boqiy hayotdagin nasib qilishini ko’rish mumkin. Atoyining ba’zi baytlarida dunyoning o’tkinchiligi badiiy tasvirlar bilan ko’rsatib o’tilgan Bo’lma bahori husnungga g’arra, ki bu xazon umr, Bog’i hayotta ne gule qo’yg’usi, ne giyoh ham. Ya’ni, bahorning husniga mag’rurlanmasligi kerak, chunki bu husn hazonning umri singari. Bog’da gul ham giyoh ham hazon faslida umri tugaydi. Atoyi ijodida she’riy san’atlardan unumli foydalanib, tashbeh, talmeh, istiora, irsoli masal va shu kabi san’atlardan unumli foydalangan. G’uncha sevinib to’nig’a sig’mas, O’xshatsam o’qung bashog’i birla. Ushbu baytda husni talil san’atidan foydalangan. O’qing bashog’i – kiprikni tariflaganda g’uncha to’niga sig’may, ochilib ketadi. Jim zulfing, nun qoshing qasdi jon aylab edi, Boqi bo’lsun, lutf etib kirdi alif qadding aro. 32 Ushbu baytda kitobat san’atidan foydalanilgan. Yor sochini arab alifbosidagi “Jim” harfiga, qoshini “nun” harfiga o’xsharib soch va qosh birlashganda oshiqqa qasd qiladi, ularning orasiga “Alif” qad kirib oshiqqa jon beradi. Bu uch harf birlashib jon so’zini hosil qiladi “Nunul-qalam” rumuzini qoshingdin onglag’on, Ilmas ko’ziga nuktacha yuz “Qof” tog’i. Ushbu g’azalda ham kitobat san’atining go’zal namunasini ko’rishimiz mumkin: “Nunul-qalam” so’zining ma’nosi nun harfini qalamga olish, yozish degan ma’nolarni anglatadi. Misrada “nun” harfini yozishni yorning qoshingdan o’rgangani aytilgan Ikkinchi misrasida “Qof” so’zi vositasida kitobat va iyhom san’atidan foydalanilgan. “Qof” ikki ma’noda: “Qof” harfi va Qof tog’i ma’nosida kelgan. “Qof” harfidagi ikki nuqta ko’zga o’xshatilgan. Download 0,52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling