Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana13.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1456429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kurs ishi 2023

Qilmadi rahmi mango, xud o’zgaga
Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.
Ogahiyning tuyug’idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega
bo’lgan “yo qilmadi” so’zi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, g’am
yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim o’tidan falak
yonmadi ma’nosida, to’rtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qo’llanilgan.
To’rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to’rt
misralik barcha she’riy asarlarni to’rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir.


18
To’rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi;
ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi:
Xalqqa ayting, men aslo o’lganim yo’q,
Yov qo’liga taslim ham bo’lganim yo’q.
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman.
(Hamid Olimjon)
Mazkur “qorishiq janr”ning Jamol Kamol aytgandek, asosiy belgilari bor.
“Bular: a) lirik ifodaning erkin parvozi; b) kechinmalar doirasiga tushgan eng uvoq
mayda-chuydalarning ham shu ondayoq qayd etilishi v) bevosita nutq-monolog bilan
chuqur suvrat-tasvirlarning almashinib turishi; g) vazn va mulohazalarning erkin
qo’llanishi kabi xususiyatlardir”
1
.
Orzum shul, o’chmasin yongan charog’ing,
Yulduzday nur sochsin chashming-qarog’ing.
Magar chinor bo’lsang chinorday yasha,
Bevaqt uzilmasin biror yaprog’ing.
(Abdulla Oripov)
Ko’rinadiki, bu xil to’rtliklar – “universal”lik xususiyatini kasb etadi va
uning tarixi – xalq og’zaki ijodidan to hozirga qadar yaratilgan to’rtliklarning
barchasini o’z ichiga oladi.
B.Lirikaning o’rtacha janrlari
G’azal (arabcha so’z, ma’nosi “Ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish”)
asosan ishq – muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi
bo’lgan lirik she’rdir. G’azal mavlono Fuzuliy ta’biricha, “Shoir qudratini bildiruvchi,


19
hunarning guli- gulistoni”dir, Mavlono Vohid Abdulla nazdida “Qalb qonidan
ochilgan lola”dir.
G’azal aruzda ikki misrali bayt usulida yoziladi. Uning birinchi bayti “matla’”
(“boshlanma”) deb yuritiladi va undagi ikki misra qofiyadosh (a,a) bo’ladi. Keyingi
baytlarning ikkinchi misralari matla’ga qofiyadosh (ba, va, ga, da ... va h.) bo’ladilar.
G’azalning oxirgi-xulosaviy bayti “maqta’” (“tugallanma”) deb yuritiladi va unda
g’azal muallifining ismi yoxud taxallusi (“qutilish, xalos bo’lish”) qo’llaniladi.
G’azalda, ko’pincha, qofiyadan so’ng radif keladi.
G’azal 3 baytdan 19 baytgacha bo’lishi mumkin. Uning mumtoz shakli 7
baytdir. Jumladan, Alisher Navoiyning “Xazoinul maoniy” devonidagi 3244 asardan
2600 tasi g’azal bo’lib, ularning 1774 tasi 7 baytlidir. Ushbu ta’kiddan ko’rinadiki,
g’azal mumtoz adabiyotimizda janrlarning sardori bo’lib kelgan. Qofiyalanish
tartibiga ko’ra g’azal: 1) oddiy (a-a, b-a, v-a, g-a...), 2) husni matla’ (a-a, a-a, b-a, v-a,
g-a...), 3) zulqofiyatayn (a-a, b-b, v-v, g-g...), 4) zebqofiyatayn (a-a, a-a, a-a, a-a...)ga,
g’azal-mushoira, g’azal-chiston, g’azal-nazira, g’azal-muvashshah, g’azal-musajja’,
g’azal-qit’a ko’rinishlariga ega bo’lgan.
Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim,
Darmon yo’qidin zahri balosin yuta qoldim.
Ko’rdim men oni dushmani ruhu tan ekandur,
Lo o’qi bilan ikki ko’ziga ota qoldim.
Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni,
Masjidga kirib zohidi yaxdek qota qoldim.
Zohid, menga bir shishada may, senga namozing,
Ming taqvini bir kosai mayga sota qoldim.
Vahdat mayini piri mug’on ilgidin ichtim,
Mansur kabi boshimi dorg’a tuta qoldim.


20
To telbalig’im shuhrati olamni tutubdir,
Bir jilvasig’a ikki jahondin o’ta qoldim.
Ayb etmangiz bu Mashrabi bexudni yoronlar,
Naylayki, bu g’urbat ko’chasidin o’ta qoldim.


21

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling