Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana13.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1456429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
kurs ishi 2023

xosiy ruboiy, -a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronai ruboiy deb yuritiladi.
Bugungi poeziyamizda ham ruboiylar ko’plab yaratilmoqda “... inson
hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin momentlardagi
mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantirishi” (A.Hayitmetov. Navoiy
lirikasi, T., “Fan”, 1961, 186 bet) va uning falsafiy mohiyatini g’oyatda chuqur
va qabariqli, ixcham va lo’nda aks ettirish hazaj bahridan keyingi yetakchi
belgiga aylandi.
Shoirlar majlisi - hislar to’foni,
O’tkir tuyg’ularning tinmas bo’roni,
Unda olam tirik, ona-Yer uyg’oq,
Unga erisholmas dunyo sultoni.
(To’lan Nizom. “Uch yuz uch ruboiy”.)
Ular (bahr va falsafiylik)ning birbutunligi, ayniqsa, Umar Xayyom
ruboiylarida go’zal ifodasini topgan. Xayyom mayni - Allohni ulug’laydi, undan
boshqa ishonchi ham, umidi ham, hamdami ham yo’q. Uning faryodi ham,
tug’yoni ham, baxti ham, baxtsizligi ham-o’zligining mohiyati falsafasiga
aylanib, quyma satrlarda jilolanaveradi. Ha, “Xayyom ruboiylari foniy
bandaning javobsiz faryodlaridir” (A.Muxtor).
Quloq tuting-a:
May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich, ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo’lma, hayo bilan ich.
Yoki:
Ichganda, aqldan begona bo’lma,
Es jo’yib, jahlga sen xona bo’lma.
Istasang qizil may halol bo’lishin,


17
Hyech kimni ranjitma, devona bo’lma.
Tuyuq (ar. – tuslash, tuymoq) – lirikaning o’ynoqi, shoirning so’z san’atini
yaqqol
ko’rsatuvchi
janrdir.
Uning
tadqiqotchilaridan
R.Orzibekovning
ta’kidlashicha, tuyuq “to’rt misradan iborat mustaqil va to’liq ma’noga ega bir butun
asar ekanligi; 2) ko’proq a,a,b,a ba’zan a, a, a, a shaklidagi qofiyalanish; 3) xuddi
ruboiydagi singari tezis (1-misra), antitezis (2-misra), moddai tuyuq (3-misra) va
sintez (4-misra) kompozitsiyasiga ega bo’lishi va nihoyat 4) murabba’ she’rlaridan
farqli o’laroq so’nggi misralarda shoir taxallusining ko’rsatilmasligi kabi
xususiyatlari bilan ruboiylarga o’xshasa ham, ammo o’ziga xos yagona vazn-“ramali
musaddasi maqsur” (foilotun foilotun foilun)da yozilishi va shu “vazn bilan o’z
badaniga noz libosini kiyishi”(A.Jomiy) aksar qofiyalarining tajnisli so’zlardan
iborat bo’lishi bilan farq qiladi”(R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari, Samarqand,
1999, 98-bet).
Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko’ra 1) tajnisli va 2)
tajnissiz tuyuqlarga bo’linadilar. Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi – uning
imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to’liq
namoyon etishi bilan ardoqlidir.
Jumladan,
G’am yuki to qomatim yo qilmadi,
Ohim o’tig’a falak yoqilmadi,

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling