Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Download 0,52 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi 2023
1.2Atoyining hayotiga nazar
Atoyi XV asrda ijod qilgan turkiygo’y shoirdir. Atoyi haqidagi ma’lumotlar Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Muhokamat ul-lug’atayn” asarlari, shuningdek, zamondoshi Yusuf Amiriyning “O’q va Yoy” munozaralarida keltirilgan Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida Atoyi haqida quyidagi malumotlarni aytadi: “Mavlono Atoyi Balxda bo’lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash, xushxulq ba munbasit kishi erdi… Qofiyasida aybg’isi bor. Ammo Mavlono ko’p turkona aytur erdi. Qofiya ehtiyotig’a muqayyad emas erdi. Qabri Balx Navohisidadur”. Atoyining otasi Ismoil ota Zangi otaning avlodi hisoblanadi, shuning uchun Atoyi o’z devoniga “Devoni Shayxzoda Atoyi” deya nom qo’ygan. Atoyi devoni haqida dastlabki ma’lumotlarni A. N. Samoylovich (1880 – 1938) e’lon qilgan. Samoylovich Atoyi devonini 1927-yil topganini aytgan. Samoylovich bu devonning g’ilofida rus tilida yozilgan yozuv haqida ham habar beradi. Hozirgi kunda devon Sank Peterburgdagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Atoyi devoni an’anavi tartibida (“Alif” harfi bilan tugallanuvchi g’azallardan boshlanib “Yoy” harhi bilan tugallanuvchi g’azallar bilan tugagan) yaratilgan. Lekin birinchi g’azal “Nun” harfi bilan tugallangan. Bu g’azal devonning an’anaviy kirish qismi bo’lganligi uchun majoziy Olloh ishqiga bag’ishlangan. Ey xo’blar ko’zgusinda o’zini izhor aylagan, Ham o’zi ul ko’zguga boqib meni zor aylagan 1 Ushbu g’azal oshiqona, yorga bag’ishlangan g’azalga o’xshab ketadi, ammo bu Ollohga bagishlangan, Ollohning sifatlari keltirilgan g’azaldir. Uning barcha qismida haqning yaratuvchi qudrati sezilib turadi: “Qudrati bir g’unchadin ham xori gulzor aylagan”, “Mehrini kam, javrini bisyor-bisyor aylagan”, ”Sun’idin har bir nafasda yo’qtin bor aylagan”, “Qoba qavsayn ittihodidin xabardor aylagan”, “Ey sanamlar zulfini belimga zunnor aylagan” . 22 Ushbu g’azaldagi “Mehrini kam, javrini bisyor-bisyor aylagan” misralariga etibor bersak, ollohning bu dunyoda insonlarga yuboruvchi jabri nazarda tutilganligini bilish mumkin. Undan keying baytlardagi ”Sun’idin har bir nafasda yo’qtin bor aylagan” jumlasida dunyoni yo’qlikdan paydo qilgani nazarda tutilmoqda. G’azalni istiloh ma’nosi matladan to’la anglashiladi: Qil Atoyining yuzin oli abo husnidin ol, Ey Muhammadni ikki olamda muxtor aylagan. Ushbu misrada Muhammad S.A.Vni ikki olamga sarvar qilgan yagona zot nazarda tutilgan. U zot Ollohdir va oshiq Ollohga oshiqdir. Birinchi misradagi “oli abo” Muhammad S.A.Vning uyi va oilalari uchun ishlatiladi. “Husn” payg’ambarimizning oilalarining ma’naviy qiyofalari sifatida qo’llanilgan. Mirzo Ulug‘bek o‘z saroyiga bir qator olim va shoirlarni jalb qilganda, Atoyi ham o‘sha shoirlar davrasida bo‘lgan.Atoyining bir devoni ma’lum bo‘lib, bu devonda shoirning 260 g‘azali jamlangan.Atoyi g‘azallarining vazni haqida filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Sayfulloh (Rafiddinov) batafsil ma’lumot bergan. Uning ko‘rsatishicha, Atoyining 260 g‘azalidan 109 tasi ramali musammani maqsur vaznida yozilgan.Atoyi g‘azallarining vazni haqida filologiya fanlari nomzodi Sayfiddin Sayfulloh (Rafiddinov) batafsil ma’lumot bergan. Uning ko‘rsatishicha, Atoyining 260 g‘azalidan 109 tasi ramali musammani maqsur vaznida yozilgan.Atoyi ijodini o‘rganish bo‘yicha A.Samoylovich, H.Zarif, E.Rustamov, S.Sayfulloh, I.Haqqul kabi zabardast olimlar ko‘p mehnat qilganlar. A.Samoylovich ilk bor (1926 -yili) Atoyi devonini topib g‘azalining faksimel nusxasini nashr qilgan. E.Rustamov Atoyi g‘azallarini tahlil qilib, uning XV asr birinchi yarmi o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini ko‘rsatib bergan. S.Sayfulloh Atoyi ijodidagi majoziy va ilohiy ishni chuqur tahlil etgan. I.Haqqul Atoyi g‘azalnavislikda Lutfiyga ergashganini va Atoyining bu shoirdan ilhomlanib, o‘xshatmalar bitganini tadqiq qilgan.Atoyi fors-tojik she’riyatining Hofiz, Kamol Xo‘jandiy kabi mashhur g‘azalnavislari tajribalaridan ham puxta xabardor bo‘lgan. Atoyi ijodida o‘zbek shoirlari orasida Lutfiy lirikasining ta’siri seziladi. Uning devonida Lutfiy she’rlariga ergashish, o‘xshatmalar bitish yo‘lida yaratilgan 23 g‘azallar bor.Atoyi fors-tojik she’riyatining Hofiz, Kamol Xo‘jandiy kabi mashhur g‘azalnavislari tajribalaridan ham puxta xabardor bo‘lgan. Atoyi ijodida o‘zbek shoirlari orasida Lutfiy lirikasining ta’siri seziladi. Uning devonida Lutfiy she’rlariga ergashish, o‘xshatmalar bitish yo‘lida yaratilgan g‘azallar bor. Atoyi devonidagi g‘azallar g‘oyaviy-tematik jihatdan oshiqona, ma’rifiy, diniy-tasavvufiy mavzularda bitilgan. Shoir she’rlarida Qur’on va hadislar mazmunini singdiradi. Muqaddas manbalardan iqtiboslar keltiradi.Tasavvufdagi may, qadah, mayxona, zulfu xol, qosh, ko‘z, bel, zunnor, sanam kabi istilohlar vositasida murakkab ma’no-mazmunlarni ifodalaydi. U Navoiy tabiri bilan aytganda “majoz tariqi bilan haqiqat asrori” ni kuylagan shoirdir. Uning har bir satridan oshiqligi, darveshligi, dini iymonda sobitligi sezilib turadi. Dini iymonimdan ayirma, dami oxir meni, Ey sanamlar zulfini belimga zunnor aylagan. Atoyining ilohiy ishq, tasavvufga bag‘ishlangan bir necha yaxlit g‘azallari ham mavjud. Jumladan, “Har necha bo‘lsa yorda kirbi anovu martabat”, “Ayoqing tuprog‘i birla qasamkim” satrlari bilan boshlanadigan g‘azallar shoirning tariqatga bo‘lgan munosabatini, irfoniy qarashlarini ifodalshi bilan ahamiyatlidir. Atoyi devoni bir necha bor nashr qilingan va Sovet davrida chiqarilgan “Hayot vasfi” (A. Qayumov, A. Oripov, S. G’aniyeva va boshqalar) to’plamiga kiritilgan. Bu to’plamning Atoyiga bag’ishlangan qismi Suyuma G’aniyeva tomonidan nashrga tayyorlangan. Bu asar Sovet davrida (1988-yil) nashr qilingani uchun o’z davrining ateistik qarashlariga mos bo’lmagan, Ollohning nomi keltirilgan yoki, Ollohga bag’ishlangan g’azallar kiritilmagan. Ular sirasiga yuqorida ko’rib o’tgan g’azal “Aylagan” radifli g’azali ham mansub. Keyinchalik (2008-yil) devonning to’la nashri Sayfuddin Sayfulloh tomonidan nashr qilingan. Devon 260 g’azaldan iborat bo’lib ulardan 109 tasi ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Atoyi lirikasining asosiy salmog’ini oshiqona ruhdagi g’azallar tashkil qiladi. Bundan tashqari ijodkorning lirik merosida diniy-tasavvufiy va tabiat tasviriga bag’ishlangan g’azallar, o’tkinchi dunyo, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan baytlar ham mavjud. Ijodkorning g’azallarida hayotni ishqqa bog’lagan holda 24 tariflash ko’p uchraydi. Ey ko’ngul, tutgil, o’shal sohibnazarlar millatin, g’azali ishq tarifiga bag’ishlangan. G’azal ko’ngilga murojatdan boshlanadi va undan sohibnazarlar milllatin, ya’ni makonini tutish so’ralgan. Bu maskandagi farog’at hattoki Sulaymon mulkida ham yo’qligi nazarda tutilgan. Ishq mumtoz adabiyotda haqqa bo’lgan ishq sifatida ta’riflanadi. Bu g’azal ham huddi shu yo’sinda bitilgan bo’lib, Olloh ishqining rohati bu dunyoda topilmasligi tariflangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling