Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida pedagogik jarayonni kuzatish,
suhbat, “O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida mahalla va
maktab hamkorligini kvalimetriyalash” mavzusidagi eksrert so‘rovi, “O‘quvchilarni
ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash
jarayonida
ota-onalarning
ishtirokini
kvalimetriyalash” mavzusidagi anketa so‘rovnomasi, “Intizom kodeksi” metodikasi,
kvalimetrik shkalalar, sotsiometrik eksperiment, matematik-statistik tahlil
usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“uzluksiz ma’naviy tarbiya ishlarini kvalimetrik monitoring qilish”, “intizom
kodeksi”,
“kvalimetrik
kompetentlik”
tushunchalari
tarbiyaviy
ishlar
transformatsiyasi natijasida pedagogik o‘lchovlar nazariyasiga ko‘ra ta’lim-tarbiya
jarayonidagi miqdor hamda sifat o‘zgarishlarni kvalimetrik monitoring qilish
(kuzatish, nazorat qilish, sifatni aniqlash, shkalalash, baholash) orqali asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari
reytingini baholash mezonlari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishlariga
tizimli kvalimetrik yondashuvni tatbiq etish, pedagogik hamkor sub’ektlarning
pedagogik og‘ish, ijtimoiy og‘ish kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlarini kvalimetrik
metodlar yordamida aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
pedagogik hamkorlik jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlariga
kvalimetrik yondashuv modeli kvalimetrik kompetentlikning maqsadli, motivatsion,
mazmunli-texnologik,
baholovchi,
korreksion
komponentlarini
hamkorlik
tamoyillari va tashkiliy faoliyat turlariga tatbiq etishda refleksiv yondashuvni qaror
toptirish maqsadida siklli va invariant qo‘llash asosida rivojlantirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining sifat
va samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning individual tarbiya trayektoriyasini
kvalimetrik mezonlar orqali belgilash asosida ularning ma’naviy-axloqiy va sanogen
tafakkurini rivojlantirishning refleksiv texnologiyasi takomillashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |