Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana28.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1730682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
U.N.Xоdjаmkulоv 
Ilmiy dаrаjаlаr beruvchi Ilmiy 
kengаsh rаisi, р.f.d. (DSc), dоtsent 
F.T.Rаjаbоv 
Ilmiy dаrаjаlаr beruvchi Ilmiy
kengаsh kоtibi, g.f.f.d. (РhD), dоtsent
 
Sh.I.Bоtirоvа
 
Ilmiy dаrаjаlаr beruvchi Ilmiy 
kengаsh qоshidаgi ilmiy seminаr 
rаisi, р.f.d. (DSc), professor
 


 5 
KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar amaliyotida insonning aql-zakovati hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasi 
jamiyatni rivojlantiruvchi muhim omil va vosita ekanligi tobora ayon bo‘lib 
bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur 
ijtimoiy faol fuqarolar, yuksak kasbiy saviyaga ega mutaxassislar, mehnat bozorida 
raqobatbardosh va innovatsion ta’lim muhitida hamkorlikdagi faoliyatga qodir 
shaxsni tayyorlash zarurati bilan bog‘liq holda yoshlarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalash muammosini jamiyat kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayniqsa, yoshlarga 
zamonaviy ta’lim va tarbiya berishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xususan, 
Sorbonna deklaratsiyasi (Sorbonne Declaration, 1998), Jahon ta’lim forumi (World 
Education Forum, 2000), BMTning “Ming yillik deklaratsiyasi” (UN “Millennium 
Declaration”, 2000) va Lissabon tan olish konvensiyalari (Lisbon Recognition 
Convention, 1997)da o‘quvchilar faoliyatini rivojlantirishning “fikriy aks ettirish 
amaliyoti” (reflective practitioner)
1
ga yo‘naltirilgan taktikasini rivojlantirish, 
zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida maktab o‘quvchilarini ma’naviy-
axloqiy, ijtimoiy-huquqiy jihatdan kompetentli qilib tarbiyalash dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda.
Dunyoning bir qator davlatlarida innovatsion yondashuvlar asosida 
o‘quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashda 
pedagogik 
hamkorlik 
kvalimetriyasini qo‘llashga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Zamonaviy 
dunyo uchun zarur bo‘lgan muayyan ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirilgan 
modernizatsion didaktik tizimni takomillashtirish, ta’lim va tarbiyaning samarali 
shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish hamda ta’lim-tarbiya amaliyotiga 
samarali tatbiq etishga e’tibor kuchaymoqda. Shu jihatdan oliy ta’lim tizimi Bolonya 
jarayonlari doirasida birlashgan mamlakatlarda ta’lim sifatini kafolatlovchi yagona 
mezonlar va standartlarini ishlab chiqish, TQM – sifatni yalpi boshqarish 
konsepsiyasi, Xalqaro ISO 9000:2000, ENQA (Oliy ta’limda sifatni kafolatlash 
Yevropa assotsiatsiyasi), sifat menejmenti bo‘yicha Yevropa fondi modeli hamda 
boshqa milliy modellar asosida ta’lim muassasalarining sifat tizimini ishlab chiqish 
va joriy etish masalalari ta’limga oid kvalimetrik muammo sifatida dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Yangi O‘zbekiston jamiyatini barpo etish ijtimoiylashuv jarayonlari bilan 
bog‘liq ravishda kechmoqda va bu maktab o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy 
me’yorlar bilan yaqindan tanishtirish, ularga qat’iy amal qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirishni taqozo qilmoqda. “Yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va 
poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish
tarbiya jarayonlarini xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un 
1
Valerie Lesniak. An Integrative Model of Spiritual Formation: A Work Always in Process // Reflective Practice: 
Formation and Supervision in Ministry ISSN 2325-2855 © Copyright 2013 Reflective Practice: Formation and 
Supervision in Ministry All rights reserved. 


 6 
holda tashkil qilish”
2
ga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada tarbiya 
samaradorligini tizimli monitoring (belgilangan maqsadga muvofiqligini kuzatish) 
qilish muammosi bir oz chetroq masalalar sarasida umumiylik va muntazamlik kasb 
etmayotganligini kuzatish mumkin. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da 
umumiy o‘rta ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini o‘lchash va 
baholashning ilmiy-metodik texnologiyasini yaratish hamda bir yilda ikki marta 
o‘lchash vazifasi belgilangan. Bu esa o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashda pedagogik hamkorlik omillari, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy 
jarayonni baholash mexanizmlari, kvalimetrik yondashuvga oid pedagogik 
talablarni aniqlashtirish zarurati ortmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 24-avgustdagi O‘RQ-406-son 
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq 
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 
2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2018-yil 14-
avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib 
tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga 
ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz 
ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”, 2021-yil 3-iyundagi 345-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur 
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling