Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqot natijalarining joriy etilishi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida
Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida
ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini sifat jihatidan baholashga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida: tarbiyaviy ishlar transformatsiyasi natijasida pedagogik o‘lchovlar nazariyasiga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonidagi miqdor hamda sifat o‘zgarishlarni kvalimetrik monitoring qilish (kuzatish, nazorat qilish, sifatni aniqlash, shkalalash, baholash) orqali asoslangan “uzluksiz ma’naviy tarbiya ishlarini kvalimetrik monitoring qilish”, “intizom kodeksi”, “kvalimetrik kompetentlik” tushunchalari, pedagogik kvalimetriyaning ijtimoiy ko‘rsatkichlarini aniqlash, ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga kvalimetrik yondashuvni tatbiq etish orqali ma’naviy-axloqiy muhit modelini takomillashtirish, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyalanganlik darajalarini sotsiomonitoring usulida baholash, mahalla va ota-onalarning tarbiyaviy ishlardagi ishtirokini ta’minlashga doir taklif hamda tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2022 yil 16 maydagi 96-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni pedagogik hamkorlik asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimida mahallalar va ota-onalar ishtirokining ommalashishiga keng yo‘l ochilgan; o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishlariga tizimli kvalimetrik yondashuvni tatbiq etish, pedagogik hamkor sub’ektlarning pedagogik og‘ish, 10 ijtimoiy og‘ish kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlarini kvalimetrik metodlar yordamida aniqlash asosida ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy- axloqiy tarbiya ishlari reytingini baholash mezonlari, pedagogik hamkorlik asosida ta’lim-tarbiya tizimini nazorat qilish va baholashning kvalimetrik monitoringi natijalarini baholash konsepsiyasini takomillashtirishga oid taklif hamda tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida 2020- 2022-yillarda bajarilgan FZ-2020010829 “Talaba-yoshlarning ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 1-iyuldagi 04/11-3904-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonlarini kvalimetrik monitoring qilish nazariyasini rivojlantirish imkoniyatlari oshgan; kvalimetrik kompetentlikning maqsadli, motivatsion, mazmunli-texnologik, baholovchi, korreksion komponentlarini hamkorlik tamoyillari va tashkiliy faoliyat turlariga tatbiq etishda refleksiv yondashuvni qaror toptirish maqsadida siklli hamda invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan pedagogik hamkorlik jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlariga kvalimetrik yondashuv modeli, pedagogik kvalimetriyani tarbiya tizimiga singdirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi darajasini baholash indikatorlari hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligi mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar nopedagogik oliy ta’lim muassasalari bakalavr talabalariga mo‘ljallangan “Umumiy pedagogika” (2-qism) o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 233-0218-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining sifat va samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning individual tarbiya trayektoriyasini kvalimetrik mezonlar orqali belgilash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va sanogen tafakkurini rivojlantirishning refleksiv texnologiyasi, o‘quvchilarni pedagogik hamkorlik asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga nisbatan kvalimetrik yondashuvni tatbiq etishning ilmiy-metodik va pedagogik asoslari, shuningdek, tadqiqot muammosi yuzasidan o‘tkazilagan tajriba-sinov ishlarining mazmuni bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida tayyorlangan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat muassasasining 2022-yil 19-yanvardagi 06-28-112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslarini ommalashtirishga erishilgan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling