Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida oila, mahalla va maktab hamkorlik kvalimetriyasining pedagogik nazariy asoslari”
Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta xalqaro
va 8 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida muhokamadan o‘tkazilgan. 11 Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 29 ta ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 11 ta maqola, shundan, 8 tasi mahalliy va 3 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, sakkizta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan iborat bo‘lib, asosiy matn 142 sahifani tashkil qiladi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, ob’ekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot ishining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar kiritilgan. Dissertatsiyaning “O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida oila, mahalla va maktab hamkorlik kvalimetriyasining pedagogik nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoni, uning “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi mezonlariga muvofiqligini ilmiy-pedagogik tadqiq etish; tarbiyada hamkor tuzilmalarning o‘rni hamda ta’sir doirasini kvalimetriyalashning zaruriyati; pedagogik hamkorlik asosida tarbiyalash va uning mexanizmlari; “ma’naviy-axloqiy tarbiya” tushunchasi va uning ijtimoiy- pedagogik samarasini ochib beruvchi xususiyatlar; tarbiya ishlarini hamkorlik asosida tashkil etishning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati; oila va mahallaning tarbiyaviy imkoniyatlari tadqiq etilgan. Dissertatsiyada har qanday ishni aniqlik asosida tahlil qilish va samaradorligini oshirish uni sifat hamda miqdor jihatdan baholash muammosi bilan tartibga solinishi g‘oyasi keng ilgari suriladi. Kvalimetriya tarbiyaviy ish samaradorligini tizimli nazoratini yo‘lga qo‘yishda muhim amaliyot ekanligi pedagogik jihatdan ochib berilgan hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida sifat va samaradorlik mezoni tizimli ravishda hali o‘rganilmagan, aniqlanmagan miqdor ekanligiga katta e’tibor qaratilgan. Demak, har qanday faoliyatning qiymati “sifat” va “samaradorlik” parametrlari bilan ahamiyatlidir. Pedagogikaning qaysi sohasi bo‘lishidan qat’i nazar, ularning qanday samara berayotganligi, natijadorligi doimiy tarzda oqilona baholab borilmasa, ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirib bo‘lmaydi. Chunki oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida ma’naviy-axloqiy sohada amalga oshirilgan ishlarning sifat darajasi o‘quvchi-yoshlarning tarbiyalanganlik darajalari qay darajada yuqori ekanligi bilan qiymatlidir. Pedagogik hamkorlik asosida tarbiyalashning mexanizmlarini takomillashtirish hamda ma’naviy tarbiya ishining samaradorligini baholash – umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy- axloqiy tarbiya muammolarini samarali hal etishning muhim sharti hisoblanadi. 12 Ta’lim sifatini baholashda kvalimetrik yondashuv (o‘qitish mazmuni, bilimdonlik darajasini aniqlash, pedagogik kompetentlikni baholash, ta’lim jarayonini monitoring qilish) kabi tarbiya jarayonini ham kvalimetriyalash (tarbiya sifati, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini baholash, oila, mahalla va maktab hamkorlik natijadorligini tahlil qilish)ning muhimligi tadqiqot ishining bosh g‘oyasi sifatida ahamiyatlidir. Dissertatsiyada “kvalimetriya”, “pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi”, “sifat” tushunchalari ilk marotaba tarbiya tizimining transformatsiyasi sifatida asoslangan va tahlil etilgan. Kvalimetriya – tadqiqot fani sifatida lotincha “quali” – qanday, sifat va yunoncha “metreo” – o‘lchash, o‘lchamoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, sifatni o‘lchash, miqdoriy baholash degan ma’noni anglatadi. Kvalitologiya bugungi kunda muhim fan tarmog‘i sifatida barcha sohani qamrab olmoqda. Pedagogik kvalimetriya ko‘p qirrali pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy buyurtmalar sifatida davlat va jamiyat tomonidan ta’lim-tarbiya tizimiga yuklatilgan maqsadli buyurtmalarning borishini nazorat qilish hamda baholash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlarining samaradorligini aniqlash; o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini o‘rganish; pedagog xodimlar faoliyatining maqsadga muvofiqlik mezonlari asosida tashkil etilishini o‘lchash (umumiy o‘rta ta’limda malaka talablari asosida reyting) kabi mavjud amaliyotlarga kvalimetrik yondashishni talab etadi. Jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitini takomillashtirishda asosiy tayanch omillar sifatida pedagogik hamkorlik munosabatlarining muhim shakllari: Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling