1-rasm. Pedagogik hamkorlik asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlariga kvalimetrik
yondashuv modeli.
Tarbiya jarayonida kvalimetrik monitoring yondashuvi o‘quvchilarning
tarbiyaviy tendensiyalarini aniqlash va shu asosda ma’naviy tarbiya chora-tadbirlari
masalasida qarorlar qabul qilishni ta’minlaydi. Maktab o‘quvchilari yutuqlarini
baholash orqali ta’lim muassasasi reytingini aniqlash hamda pedagoglarning
tarbiyaviy ta’sirini o‘rganish va pozitsiyasini kuchaytirishga erishiladi.
Tadqiqotimizda o‘quvchilarning tartib-intizomi belgilangan mezonlar asosida
baholandi hamda nazorat va baholash funksiyalarini metodik jihatdan tartibga
solindi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga markaziy e’tibor qaratish bilan birga
o‘quvchilarni ta’limga mustaqil yondashishlariga turtki berildi. O‘quvchilarni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganligini baholash mezonlari belgilab olindi.
1-jadval.
Yuqori sinf o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy hamda sanogen tafakkurini
baholash mezonlari
BAHOLASH MEZONLARI VA INDIKATORLARI
Mezonlar
Indikatorlar
O‘quvchilarning o‘ziga
xos ma’naviy qiyofasi
✓
Insonparvarligi
, kuchli intizomga intilishi
✓ fuqarolik burchini yaxshi anglashi
✓ axloqiy madaniyatning shakllanish darajasi
✓ insonlararo munosabatning madaniylashuvi darajasi
✓ o‘qishga, bilim olishga nisbatan qiziqishning mavjudligi
✓ jamoaviy faoliyatdagi faolligi
✓ yangi tajribalarga moslashuvchanligi
Ijtimoiy-madaniy
muhitni
o‘zlashtirishi
✓ ijtimoiy muhitga moslashuvchanligi
✓
dunyoqarashining rivojlanganligi va
muloqot madaniyati
✓ maktab tartib qoidalarini bilishi
✓ ijtimoiy hayot normalariga amal qilishi (axloqiy madaniyati)
✓ mehnat qilishga intilishi
✓ badiiy mahorat va ijodkorlik qobiliyatlarining mavjudligi
Do'stlaringiz bilan baham: |