Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana28.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1730682
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida

Toshkent 
Namangan 
Surxondaryo 


 20 
“Intizom kodeksi” quyidagi 12 ta indikator bo‘yicha o‘quvchilarni axloq-
odob normalari asosida kuzatish va nazorat qilish, yuzaga kelayotgan pedagogik 
og‘ishlarning oldini olish imkoniyatini aniq miqdorlar bilan ochib beradi: darsga 
sababsiz qatnashmaslik; darsga kechikib kelishlar soni; o‘quv jarayonining intizom 
qoidalarini buzganlik holatlari; maktab binosi, o‘quv va boshqa jarayonlar (mahalla, 
oila, ko‘chada va b. holatlarda)da o‘quvchining aybi bilan nizolarning keltirib 
chiqarilganlik holatlari; maktab, sinf, mahalla ma’naviy tadbirlarida ishtiroki; darsga 
didaktik tayyorligi (o‘quv qurollarning doimo mavjudligi, uyga vazifalarni bajarish 
xolati); etiket qoidalariga rioya qilishi (maktab nizomida belgilangan umumiy tartib 
qoidalarga javob berishi, intizom, darsga qatnashish, axloqiy tarbiya ko‘rganlik 
salom berish, hurmat ehtirom va h.k.); o‘quvchining estetik tarbiyasi (o‘quv 
muassasa nizomi bo‘yicha belgilangan formani toza tutish, estetik ko‘rinishga ega 
bo‘lish va h.k.); tarbiya darsini o‘zlashtirishi; ma’naviy hordiq (muzey, teatr, 
kutubxona, tabiat qo‘ynidagi ochiq muzeylar, sayilgoh kabi maskanlardan olgan 
taassurotlari haqida “O‘zbekiston Vatanim” mavzusida yozilgan esse bo‘yicha olgan 
natija); o‘quv yili davomida olingan yutuqlar soni (diplom, sertifikat, til bo‘yicha 
sertifikat, tezis nashr va b.). Har bir indikator ichida ichki baholash mezonlari ishlab 
chiqilgan. 
Tajriba oxirida olingan ikkala guruhdan olingan natijalar taqsimotining 
farqining statistik ahamiyatini tekshirish uchun quyidagi gipotezalarni ilgari surish 
mumkin: H 0 : F (x) G(x) = ilmiy faraz, va unga alternativ H 1 : F (x) G(x)  ilmiy 
farazni olamiz. 
α = 0,01 qiymatdorlik darajasida H 0 ilmiy faraz rad etiladi va alternativ 
variant qabul qilinadi. Nazorat va tajriba guruhidagi o‘quvchilarning “Oila, mahalla 
va maktab hamkorligi”da ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasining o‘rta 
darajadagi farqi eksperiment bosqichi yakunida α = 0,01 darajasida statistik muhim 
ahamiyatli. Bu esa o‘quvchilarning ma’naviy axloqiy tarbiyalanganlik darajasini 
oshirishda oila, mahalla va maktab hamkorligini rivojlantirish ishlanmalarining 
samaradorligini tasdiqlaydi. 
O‘quvchilarning “Oila, mahalla va maktab hamkorligi”da ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalanganlik mezonlari asosida ko‘rsatkichning tajribadan oldingi va keyingi 
holatini statistik tahlili quyidagicha (2020-2021-o‘quv yili davomida). 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling