Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.T.Rаjаbоv Ilmiy dаrаjаlаr beruvchi Ilmiy kengаsh kоtibi, g.f.f.d. (РhD), dоtsent Sh.I.Bоtirоvа
- KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
U.N.Xоdjаmkulоv Ilmiy dаrаjаlаr beruvchi Ilmiy kengаsh rаisi, р.f.d. (DSc), dоtsent F.T.Rаjаbоv Ilmiy dаrаjаlаr beruvchi Ilmiy kengаsh kоtibi, g.f.f.d. (РhD), dоtsent Sh.I.Bоtirоvа Ilmiy dаrаjаlаr beruvchi Ilmiy kengаsh qоshidаgi ilmiy seminаr rаisi, р.f.d. (DSc), professor 5 KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar amaliyotida insonning aql-zakovati hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasi jamiyatni rivojlantiruvchi muhim omil va vosita ekanligi tobora ayon bo‘lib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur ijtimoiy faol fuqarolar, yuksak kasbiy saviyaga ega mutaxassislar, mehnat bozorida raqobatbardosh va innovatsion ta’lim muhitida hamkorlikdagi faoliyatga qodir shaxsni tayyorlash zarurati bilan bog‘liq holda yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosini jamiyat kun tartibiga qo‘ymoqda. Ayniqsa, yoshlarga zamonaviy ta’lim va tarbiya berishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xususan, Sorbonna deklaratsiyasi (Sorbonne Declaration, 1998), Jahon ta’lim forumi (World Education Forum, 2000), BMTning “Ming yillik deklaratsiyasi” (UN “Millennium Declaration”, 2000) va Lissabon tan olish konvensiyalari (Lisbon Recognition Convention, 1997)da o‘quvchilar faoliyatini rivojlantirishning “fikriy aks ettirish amaliyoti” (reflective practitioner) 1 ga yo‘naltirilgan taktikasini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida maktab o‘quvchilarini ma’naviy- axloqiy, ijtimoiy-huquqiy jihatdan kompetentli qilib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning bir qator davlatlarida innovatsion yondashuvlar asosida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasini qo‘llashga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Zamonaviy dunyo uchun zarur bo‘lgan muayyan ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirilgan modernizatsion didaktik tizimni takomillashtirish, ta’lim va tarbiyaning samarali shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish hamda ta’lim-tarbiya amaliyotiga samarali tatbiq etishga e’tibor kuchaymoqda. Shu jihatdan oliy ta’lim tizimi Bolonya jarayonlari doirasida birlashgan mamlakatlarda ta’lim sifatini kafolatlovchi yagona mezonlar va standartlarini ishlab chiqish, TQM – sifatni yalpi boshqarish konsepsiyasi, Xalqaro ISO 9000:2000, ENQA (Oliy ta’limda sifatni kafolatlash Yevropa assotsiatsiyasi), sifat menejmenti bo‘yicha Yevropa fondi modeli hamda boshqa milliy modellar asosida ta’lim muassasalarining sifat tizimini ishlab chiqish va joriy etish masalalari ta’limga oid kvalimetrik muammo sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yangi O‘zbekiston jamiyatini barpo etish ijtimoiylashuv jarayonlari bilan bog‘liq ravishda kechmoqda va bu maktab o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy me’yorlar bilan yaqindan tanishtirish, ularga qat’iy amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishni taqozo qilmoqda. “Yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, tarbiya jarayonlarini xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un 1 Valerie Lesniak. An Integrative Model of Spiritual Formation: A Work Always in Process // Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry ISSN 2325-2855 © Copyright 2013 Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry All rights reserved. 6 holda tashkil qilish” 2 ga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada tarbiya samaradorligini tizimli monitoring (belgilangan maqsadga muvofiqligini kuzatish) qilish muammosi bir oz chetroq masalalar sarasida umumiylik va muntazamlik kasb etmayotganligini kuzatish mumkin. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da umumiy o‘rta ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini o‘lchash va baholashning ilmiy-metodik texnologiyasini yaratish hamda bir yilda ikki marta o‘lchash vazifasi belgilangan. Bu esa o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik omillari, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni baholash mexanizmlari, kvalimetrik yondashuvga oid pedagogik talablarni aniqlashtirish zarurati ortmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 24-avgustdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2018-yil 14- avgustdagi PQ-3907-son “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2021-yil 3-iyundagi 345-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling