Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana28.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1730682
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini 
kvalimetriyalashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan; 
o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarida oila, mahalla jamoasi 
va ta’lim muassasasining hamkorlik darajasini kvalimetriyalash mezonlari 
pedagogik hamkorlik tamoyillari asosida takomillashtirilgan; 
“O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida oila, mahalla va 
maktab hamkorligi kvalimetriyasi” nomli amaliy-pedagogik tadqiqot dasturi 
(Guvohnoma № 004792) tayyorlangan; 
tadqiqot natijalari asosida nopedagogik oliy ta’lim muassasalari bakalavr 
talabalariga mo‘ljallangan “Umumiy pedagogika” (2-qism) o‘quv qo‘llanmasi nashr 
etilgan va “Umumiy pedagogika va psixologiya” namunaviy dasturi ishlab 
chiqilgan. 


 9 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi muammoni o‘rganishda falsafiy, 
metodologik, metodik, pedagogik va psixologik yondashuvlarga hamda ma’naviy-
axloqiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan 
respublikamiz hamda chet ellik olimlarning tadqiqot ishi natijalariga asoslangani; 
qo‘llanilgan yondashuv va usullar, foydalanilgan nazariy ma’lumotlar rasmiy 
manbalardan olingani, ilmiy-metodik tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligi 
matematik-statistik metodlar yordamida asoslangani, ishlab chiqilgan taklif va 
tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar 
tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
ilmiy ahamiyati ta’limni axborotlashtirish sharoitida o‘quvchilarning ma’naviy-
axloqiy tafakkurini rivojlantirishga doir ma’lumotlarning talqiniga oid zamonaviy 
mulohazalar ko‘lamining kengaytirilganligi; umumiy o‘rta ta’lim tizimida 
ma’naviy-axloqiy tarbiya samaradorligini oila-maktab-mahalla hamkorligi 
kvalimetriyasi asosida takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqot, prognozlash, 
pedagogik tahlil qilish, taqqoslash, qiyoslash, sotsiometrik tahlil qilish modeli va 
uslubiy-metodik ta’minoti yaratilganligi bilan belgilanadi. 
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashda 
pedagogik 
hamkorlik 
kvalimetriyasini 
amalga 
oshirish 
muammolarining aniqlanganligi hamda sifat jihatidan baholash mezonlari asosida 
o‘lchov na’munalari ishlab chiqilganligi, ulardan pedagogik oliy ta’lim 
muassasalarida 
bo‘lajak 
o‘qituvchilarni 
tayyorlash 
jarayonida
hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda 
foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling