Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/41
Sana28.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1730682
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Bog'liq
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida

Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta xalqaro 
va 8 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida muhokamadan o‘tkazilgan. 


 11 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 
29 ta ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston Resrublikasi Oliy attestasiya komissiyasi 
tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan 
ilmiy nashrlarda 11 ta maqola, shundan, 8 tasi mahalliy va 3 tasi xorijiy jurnallarda 
chop etilgan. 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, sakkizta 
paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan iborat bo‘lib, asosiy 
matn 142 sahifani tashkil qiladi. 
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, 
muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va 
vazifalari, shuningdek, ob’ekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot ishining fan va 
texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan 
hamda ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, 
natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida 
ma’lumotlar kiritilgan. 
Dissertatsiyaning 
“O‘quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalash 
jarayonida oila, mahalla va maktab hamkorlik kvalimetriyasining pedagogik 
nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayoni, uning “Uzluksiz 
ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi mezonlariga muvofiqligini ilmiy-pedagogik tadqiq 
etish; tarbiyada hamkor tuzilmalarning o‘rni hamda ta’sir doirasini 
kvalimetriyalashning zaruriyati; pedagogik hamkorlik asosida tarbiyalash va uning 
mexanizmlari; “ma’naviy-axloqiy tarbiya” tushunchasi va uning ijtimoiy-
pedagogik samarasini ochib beruvchi xususiyatlar; tarbiya ishlarini hamkorlik 
asosida tashkil etishning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati; oila va mahallaning tarbiyaviy 
imkoniyatlari tadqiq etilgan.
Dissertatsiyada har qanday ishni aniqlik asosida tahlil qilish va 
samaradorligini oshirish uni sifat hamda miqdor jihatdan baholash muammosi bilan 
tartibga solinishi g‘oyasi keng ilgari suriladi. Kvalimetriya tarbiyaviy ish 
samaradorligini tizimli nazoratini yo‘lga qo‘yishda muhim amaliyot ekanligi 
pedagogik jihatdan ochib berilgan hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasida sifat va 
samaradorlik mezoni tizimli ravishda hali o‘rganilmagan, aniqlanmagan miqdor 
ekanligiga katta e’tibor qaratilgan. Demak, har qanday faoliyatning qiymati “sifat” 
va “samaradorlik” parametrlari bilan ahamiyatlidir. Pedagogikaning qaysi sohasi 
bo‘lishidan qat’i nazar, ularning qanday samara berayotganligi, natijadorligi doimiy 
tarzda oqilona baholab borilmasa, ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirib bo‘lmaydi. 
Chunki oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida ma’naviy-axloqiy sohada 
amalga oshirilgan ishlarning sifat darajasi o‘quvchi-yoshlarning tarbiyalanganlik 
darajalari qay darajada yuqori ekanligi bilan qiymatlidir. Pedagogik hamkorlik 
asosida tarbiyalashning mexanizmlarini takomillashtirish hamda ma’naviy tarbiya 
ishining samaradorligini baholash – umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-
axloqiy tarbiya muammolarini samarali hal etishning muhim sharti hisoblanadi. 


 12 
Ta’lim sifatini baholashda kvalimetrik yondashuv (o‘qitish mazmuni, bilimdonlik 
darajasini aniqlash, pedagogik kompetentlikni baholash, ta’lim jarayonini 
monitoring qilish) kabi tarbiya jarayonini ham kvalimetriyalash (tarbiya sifati, 
tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uzluksiz ma’naviy tarbiya samaradorligini 
baholash, oila, mahalla va maktab hamkorlik natijadorligini tahlil qilish)ning 
muhimligi tadqiqot ishining bosh g‘oyasi sifatida ahamiyatlidir.
Dissertatsiyada “kvalimetriya”, “pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi”, 
“sifat” tushunchalari ilk marotaba tarbiya tizimining transformatsiyasi sifatida 
asoslangan va tahlil etilgan. Kvalimetriya – tadqiqot fani sifatida lotincha “quali” – 
qanday, sifat va yunoncha “metreo” – o‘lchash, o‘lchamoq so‘zidan kelib chiqqan 
bo‘lib, sifatni o‘lchash, miqdoriy baholash degan ma’noni anglatadi. Kvalitologiya 
bugungi kunda muhim fan tarmog‘i sifatida barcha sohani qamrab olmoqda. 
Pedagogik kvalimetriya ko‘p qirrali pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy buyurtmalar 
sifatida davlat va jamiyat tomonidan ta’lim-tarbiya tizimiga yuklatilgan maqsadli 
buyurtmalarning borishini nazorat qilish hamda baholash bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan 
ta’lim-tarbiya 
jarayonlarining 
samaradorligini 
aniqlash; 
o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarishning 
samaradorligini o‘rganish; pedagog xodimlar faoliyatining maqsadga muvofiqlik 
mezonlari asosida tashkil etilishini o‘lchash (umumiy o‘rta ta’limda malaka talablari 
asosida reyting) kabi mavjud amaliyotlarga kvalimetrik yondashishni talab etadi.
Jamiyat ma’naviy-axloqiy muhitini takomillashtirishda asosiy tayanch 
omillar sifatida pedagogik hamkorlik munosabatlarining muhim shakllari: 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling