Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqot natijalarining joriy etilishi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana28.10.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1730682
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida

Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida 
ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini sifat jihatidan baholashga oid ilmiy tadqiqot 
natijalari asosida: 
tarbiyaviy ishlar transformatsiyasi natijasida pedagogik o‘lchovlar 
nazariyasiga ko‘ra ta’lim-tarbiya jarayonidagi miqdor hamda sifat o‘zgarishlarni 
kvalimetrik monitoring qilish (kuzatish, nazorat qilish, sifatni aniqlash, shkalalash, 
baholash) orqali asoslangan “uzluksiz ma’naviy tarbiya ishlarini kvalimetrik 
monitoring qilish”, “intizom kodeksi”, “kvalimetrik kompetentlik” tushunchalari, 
pedagogik kvalimetriyaning ijtimoiy ko‘rsatkichlarini aniqlash, ma’naviy-axloqiy 
tarbiya jarayoniga kvalimetrik yondashuvni tatbiq etish orqali ma’naviy-axloqiy 
muhit modelini takomillashtirish, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyalanganlik 
darajalarini sotsiomonitoring usulida baholash, mahalla va ota-onalarning tarbiyaviy 
ishlardagi ishtirokini ta’minlashga doir taklif hamda tavsiyalardan Respublika 
Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika 
Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2022 
yil 16 maydagi 96-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni pedagogik 
hamkorlik asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimida mahallalar va ota-onalar 
ishtirokining ommalashishiga keng yo‘l ochilgan; 
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishlariga tizimli kvalimetrik 
yondashuvni tatbiq etish, pedagogik hamkor sub’ektlarning pedagogik og‘ish, 


 10 
ijtimoiy og‘ish kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlarini kvalimetrik metodlar yordamida 
aniqlash asosida ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-
axloqiy tarbiya ishlari reytingini baholash mezonlari, pedagogik hamkorlik asosida 
ta’lim-tarbiya tizimini nazorat qilish va baholashning kvalimetrik monitoringi 
natijalarini baholash konsepsiyasini takomillashtirishga oid taklif hamda 
tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetida 2020-
2022-yillarda bajarilgan FZ-2020010829 “Talaba-yoshlarning ilmiy faoliyatini 
monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha 
doirasida 
belgilangan 
vazifalarning 
ijrosini 
ta’minlashda foydalanilgan 
(O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 1-iyuldagi 04/11-3904-sonli 
ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonlarini kvalimetrik monitoring 
qilish nazariyasini rivojlantirish imkoniyatlari oshgan; 
kvalimetrik kompetentlikning maqsadli, motivatsion, mazmunli-texnologik, 
baholovchi, korreksion komponentlarini hamkorlik tamoyillari va tashkiliy faoliyat 
turlariga tatbiq etishda refleksiv yondashuvni qaror toptirish maqsadida siklli hamda 
invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan pedagogik hamkorlik jarayonida 
ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlariga kvalimetrik yondashuv modeli, pedagogik 
kvalimetriyani tarbiya tizimiga singdirish, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy 
tarbiyasi darajasini baholash indikatorlari hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligi 
mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar nopedagogik oliy ta’lim 
muassasalari bakalavr talabalariga mo‘ljallangan “Umumiy pedagogika” (2-qism) 
o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan 
berilgan 233-0218-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat 
qilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining sifat 
va samaradorligini oshirishda o‘quvchilarning individual tarbiya trayektoriyasini 
kvalimetrik mezonlar orqali belgilash asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarning 
ma’naviy-axloqiy va sanogen tafakkurini rivojlantirishning refleksiv texnologiyasi, 
o‘quvchilarni pedagogik hamkorlik asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga 
nisbatan kvalimetrik yondashuvni tatbiq etishning ilmiy-metodik va pedagogik 
asoslari, shuningdek, tadqiqot muammosi yuzasidan o‘tkazilagan tajriba-sinov 
ishlarining mazmuni bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy 
teleradiokompaniyasining 
“O‘zbekiston tarixi” telekanalida tayyorlangan 
“Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston 
milliy 
teleradiokompaniyasining 
“O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat 
muassasasining 2022-yil 19-yanvardagi 06-28-112-sonli ma’lumotnomasi). 
Natijada, oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiya 
ishlarini takomillashtirishning nazariy-metodologik asoslarini ommalashtirishga 
erishilgan. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling