Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
o‘quvchi-ota-ona, o‘quvchi-o‘qituvchi, ta’lim muassasalari-mahalla, mahalla
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchi-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik kvalimetriyasi oila mahalla va maktab hamkorligi misolida
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik va unga kvalimetrik yondashuvning samarali shakl hamda usullari”
o‘quvchi-ota-ona, o‘quvchi-o‘qituvchi, ta’lim muassasalari-mahalla, mahalla
organlari-ota-onalar faoliyatining mushtarakligini baholash orqali o‘quvchi- yoshlarning uzluksiz ma’naviy tarbiyasini ta’minlashda mazkur paradigmalarning ma’naviy hamkorligini monitoring qilish muhim amaliyot sanaladi. Ta’lim- tarbiyaning tashkiliy-metodik tamoyillaridan biri bu – pedagogik hamkorlikdir. Ushbu bobda “ma’naviyat”, ”axloq” va “tarbiya” tushunchalari hamda ularning g‘oyaviy birlikdagi mazmuni, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarining sifat ko‘rsatkichlari tahlili misolida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning dolzarb milliy parametrlari o‘z ichiga xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllanib kelayotgan qadriyatlarini chuqur singdirish, Vatanning sha’ni va obro‘sini ko‘zlab, yuksak marralar sari intiluvchi munosib farzand bo‘lish hamda faxr-iftixoriga aylanish, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik tamoyillari asosida yuksak odamiylik va fuqarolik burchiga sadoqatlilik ruhida tarbiyalash; mustaqil fikrga ega, tafakkuri ozod erkin shaxsni zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo‘la oluvchi, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga qodir komil insonlarni kamol toptirish g‘oyalarini qamrab olgandir. Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda pedagogik hamkorlik va unga kvalimetrik yondashuvning samarali shakl hamda usullari” deb nomlanadi. Mazkur bobda pedagogik hamkorlik tushunchasi va unga kvalimetrik yondashuvning zaruriyati, pedagogik 13 hamkorlik asosida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarning mazmun-mohiyati, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash vositalari, shakl va usullari ochib berilgan. Pedagogik hamkorlik – aniq bir maqsad asosida tashkil etilgan, muayyan dastur asosida tartibga solingan, o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishida o‘zaro mas’ul, kuchli rivojlanish jarayonida ularni qo‘llab-quvvatlovchi tarkibiy tuzilmalarning o‘zaro faol ijtimoiy harakatdan iborat uyushmasidir. Oila, mahalla va maktab hamkorligining ma’naviy-axloqiy ishlarini kvalimetriyalash “Oila, mahalla va maktab hamkorligi” sifat ko‘rsatkichlari nomenklaturasi (sifat ko‘rsatkich tuzilmalari va uning tarkibiy asoslari)ni tuzish hamda shu orqali tarbiyaviy ishlarning sifat ko‘rsatkich me’yorlarini ishlab chiqish, hamkorlikning konseptual asosidan kelib chiqib reja va amaldagi ishlar mazmunini qiyosiy tahlil etish, umumiy natijadorlik haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lishda o‘z aksini topadi. Tarbiyaviy ishlarni baholashda, asosan, sifatiy baholash an’anaviylik kasb etib, miqdoriy baholashning metodik majmui yetarlicha ishlab chiqilmagan. Tarbiyalanganlikni baholashda aniqlikni miqdor bilan ochib berish murakkab. Shuning uchun, asosan, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida yuzaga kelayotgan miqdoriy o‘zgarishlarni doimiy o‘lchash usullarini ishlab chiqish darkor. Kvalimetriya har qanday ob’ektni yoki ishlab chiqarishni turli bosqichida sifatiy va miqdoriy baholashga imkon beradi. Aynan ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini kvalimetriyalashda guruhiy ekspert baholash (GEB) bilan aniq va haqqoniy natijaga erishish mumkin. Sifatni baholash – bu dinamik toifa hisoblanib, sifat ishlab chiqarishning takomillashuvi va ish tajribasiga qarab o‘zgaruvchanlik kasb etadi. “Oila-mahalla-maktab hamkorligi”ni belgilashda uning samaradorligini ta’minlovchi asosiy vazifalar, maktab jamoasining ota-onalar va mahalla jamoatchiligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlari, ma’naviy-axloqiy tarbiyada tarbiyaviy fanlardan tashqari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazishni tashkil etish shartlari kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Ma’naviyat tushunchasining determinantlari juda ko‘p mezonli va murakkab o‘lchovlidir. Mа’nаviy-аxlоqiy tаrbiyа ishlаr sаmаrаdоrligi о‘quvchilаrdа bаrkаmоl sifаt vа fаzilаtlаrni qаrоr tорtirishgа bоg‘liq bо‘lib, mаzkur jаrаyоnni bаhоlаsh mеzоnlаri vа indikаtоrlаrini ishlаb chiqishdа mаnаviy-аxlоqiy tаrbiyаlаngаn- likning milliy hamda zаmоnаviy xususiyаtlаrini inоbаtgа оlgаn hоldа аniq раrаmеtrlаrni bеlgilаb оlish zаrur. О‘quvchilаrning mа’nаviy-аxlоqiy tаrbiyаlаngаnligini bаhоlаshning milliy раrаmеtrlаri quyidаgilаr: • tаdqiq еtilаyоtgаn shаxsning yоshi hаmdа milliy xаrаktеridаn kеlib chiqib еng muhim xususiyаtlаrini tаvsiflоvchi mеzоnlаrni tаnlаsh; • mаzkur hаr bir mеzоn аsоsidа sifаtni bаhоlоvchi indikаtоrlаrni ishlаb chiqish; • umumiy sаmаrаdоrlikni оchib bеruvchi usullаrni аjrаtib оlish; • indikаtоrlаrni miqdоriy hisоblаsh usullаrini tаnlаsh. 14 Tаdqiqоtimiz dаvridа mаhаllаning о‘quvchi-yоshlаr tаrbiyаsigа tа’sirini bаhоlаshdа, аsоsаn, pedagogik hamkor tamonlarning tarbiyaviy ish funksiyalarini inоbаtgа оlgаn hоldа umumiy yоndаshib bаhоlаsh kеrаk dеgаn xulоsаgа kеlindi. Nеgаki mаhаllаning tа’sirini о‘lchаsh uchun аniq miqdоr kо‘rsаtkichlаri kаm. Mahalla har bir yosh bilan individual ishlash imkoniga ega emas, mаhаllаning mаktаbdаgi tаrg‘ibоt-tаshviqоt ishlаri sоni, tаrbiyаsidаgi bо‘shlig‘i bоr о‘quvchilаr vа ulаrning оilа а’zоlаri bilаn tаrbiyа tеrарiyа ishlаrini о‘tkаzib bоrish sоnigа nisbаt оlib kо‘rsаtkichlаrni bеlgilаsh bilаn chеklаnish mumkin. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling