Chizma qurollari


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1573256
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

1.1-jadval 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1-rasm 
Formatning 
belgilanishi 
Formatning 
o‘lchami, mm 
A0 
841× 1189 
A1 
594× 841 
A2 
420× 594 
A3 
297× 420 
A4 
210× 297 


Masshtab bu obyektning haqiqiy o‘lchamlari bilan chizilgan obyektning 
chiziqli o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbat. 
Chizmani haqiqiy o‘lchamlarga ko‘ra chizish mumkin bo‘lmagan hollarda, 
masshtablardan foydalaniladi. 
Chizmalarning masshtabiga qo‘llaniladigan o‘lchov O‘z.DST 2.302-03 
standarti bo‘yicha bajariladi. Ushbu standartga muvofiq, chizma kattalashtirilgan, 
kichiklashtirilgan hamda haqiqiy hajmda chizilgan bo‘lishi mumkin. 1.2-jadvalda 
muhandislik chizmalarida eng ko‘p ishlatiladigan o‘lchovlar ko‘rsatilgan. Masshtab 
asosiy yozuvning belgilangan joyida ko‘rsatiladi; masalan, 1:1, 2:1, 1:2 va boshqalar. 
Agar masshtab chizilgan rasmda ko‘rsatilgan bo‘lsa, u M harfi bilan belgilanadi; 
misol uchun, M1:1, M2:1, M1:2, va hokazo. Buyum qanday masshtabda chizilmasin, 
chizmada uning haqiqiy o‘lchamlari ko‘rsatiladi (1.2-rasm). 
1.2-jadval 
 
1.2-rasm 
 
Chiziqlar Chizmalarni bajarishda turli xil tipdagi chiziqlar qo‘llaniladi. 
O‘z.DST 2.303-03 standarti tomonidan o‘rnatilgan chiziqlarning asosiy turlari 1.3-
jadvalda keltirilgan. 
 


1.3-jadval
 
1. Asosiy yo‘g‘on tutash chiziq - detallarning ko‘rinadigan konturlarini 
tasvirlash uchun ishlatiladi. Bunda S chiziq qalinligi chizmaning kattaligi va 
murakkabligiga, shuningdek formatning katta-kichikligiga qarab, 0,6...1,5 mm 
oralig‘ida olinadi. Boshqa turdagi chiziqlarning qalinligi asosiy yo‘g‘on tutash 
chiziqning qalinligiga qarab olinadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling