Chizma qurollari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3-rasm. Chizma shriftlari
7. Uzuq chiziq- kesim chizig‘ini tasvirlash uchun ishlatiladi. Uzuq chiziq
uzunligi 8 ... 20 mm va qalinligi S dan 1,5 S. 8. Ingichka tutash chiziq - uzilish chizig‘i sifatida ishlatiladi. Chiziq qalinligi S/3 dan S/2 gacha. 9. Ikki nuqtali shtrix - punktir chiziq –Yoyilmalardagi bukilish chiziqlari, buyumlarning ayrim qismlarini eng chekka yoki oraliq vaziyatlarini tasvirlash chiziqlari, ko‘rinish bilan ustma-ust joylashtirilgan yoyilmani tasvirlashda qo‘llaniladi. Shtrixlar uzunligi 5…30 mm va ularning orasidagi masofa 4...6 mm. Ushbu shtrixlar uzunligini 15…20 mm olish tavsiya etiladi. Chiziqning qalinligi esa S/3 dan S/2 gacha. 1.3-rasmda ba’zi bir chiziq turlarini chizmada qo‘llash ko‘rsatilgan. 1.3-rasm. Chizma shriftlari Chizmalardagi hamma yozuvlar, harf va raqamlar aniq hamda ravon yozilishi kerak. Ular chizma shriftlari bilan Davlat standartlari O’zDS 2.304-97 ga asosan bajariladi. Bu standartda quyidagi shrift o’lchamlari belgilangan: 1,8; 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40. Shrift o’lchamlari h, bosh harf va raqamlarni millimetrlar hisobida olingan qator asosga perpendikular bo’lgan balandligi bilan aniqlanadi. Yozma harflar balandligi с mazkur shriftdan oldin turgan shrift balandligiga teng bo’ladi. h bilan с o’zaro 7/10 nisbatda bog’langan bo’ladi: c = 7/10 h, (1.4- rasm). 1.4-rasm Yozma harflarning eni shrift o„lchami h ga nisbatan aniqlanadi. Masalan: g = 6/10h yoki shrift chiziqlarining qalinligi d ga nisbatan aniqlanadi, masalan, g = 6d, (3-chizma). Shrift chiziqlarining qalinligi shrift turi va shrift balandligiga bog’liq ravishda aniqlanadi. Yozuvlarni standart talablari asosida tez va oson o’zlashtirib olish uchun to’r chiziqlardan foydalanish tavsiya etiladi (1.5-rasm). To’r chiziqlarning qadami shrift chiziqlarining qalinligi d ga teng qilib bajariladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling