Chizma qurollari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. To‘lqinsimon tutash chiziq
- 5. Ingichka shtrix-punktir chiziq
- 6. Yo‘g‘on shtrix punktir chiziq
2. Ingichka tutash chiziq – ustiga qo‘yilgan kesim konturining chiziqlari,
o‘lcham va chiqarish chiziqlari, chetga chiqarish chiziqlari, yondosh detallarni tasvirlash chiziqlari, ko‘rinishlar, qirqimlar va kesimlarda chiqarish elementlarini chegaralash chiziqlarini chizishda foydalaniladi. Ingichka chiziq qalinligi S/3 dan S/2gacha. 3. To‘lqinsimon tutash chiziq - chizilgan buyum to‘liq berilmasa, uzilish chiziqlarini tasvirlash uchun, ko‘rinish va qirqimlarni ajratish chiziqlarini chizishda ishlatiladi. To‘lqinsimon tutash chiziq qalinligi S/3 dan S/2 gacha. 4. Shtrix chiziq - obyektning ko‘rinmas konturlarini tasvirlash uchun ishlatiladi. Shtrix chizig‘ining qalinligi s/3 dan s/2 gacha olinadi. Shtrix chizig‘ining uzunligi 2...8 mm va shtrixlar orasidagi masofa 1 ... 2 mm. Agar chizilgan shtrix chiziqlar turli yo‘nalishlarda joylashgan bo‘lsa, u holda ular kesishmasligi kerak. 5. Ingichka shtrix-punktir chiziq - O‘q va simmetriya chiziqlarini, ustiga qo‘yilgan yoki chetga chiqarilgan kesimlar uchun simmetriya o‘qi bo‘lgan kesimlarning chiziqlarini tasvirlash uchun ishlatiladi. Ingichka shtrix-punktir chiziq uzun ingichka shtrixlar va ularning orasidagi qisqa shtrixlardan (nuqtalardan) iborat. Ingichka shtrix-punktir chiziq uzunligi 5 ... 30 mm va ular orasidagi masofa 3...5 mm. Ushbu chiziqning qalinligi S/3 dan S/2 gacha. Shuni esda tutish kerakki, aylananing markazida nuqta emas, balki ikkita kesishgan shtrixlar tasvirlangan bo‘lishi kerak. Agar aylananing diametri 12 mm dan kam bo‘lsa, markaz chiziqlari ingichka butun holatda ko‘rsatiladi. 6. Yo‘g‘on shtrix punktir chiziq – Yuzalarning qoplanadigan yoki termik ishlov beriladigan ko‘rinishlarni belgilovchi chiziqlar, kesuvchi tekislik oldida joylashgan elementlarni tasvirlash chiziqlarini (ustiga chizilgan proyeksiya) ko‘rsatadi. Ushbu chiziqning uzunligi 3...8 mm va ular orasidagi masofa 3...4 mm. chiziqning qalinligi S/2 dan 2/3S. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling