4-grafi k ish. Detalning eskizi va uning texnik rasmi izometrik yoki frontal
dimetriyada bajariladi.
Texnik rasm nimaga asoslanib chiziladi?
A. Perspektivaga.
B. Aksonometriya turlaridan biriga.
C. Ixtiyoriy.
D. Masshtabga.
15-§ NAZORAT ISHI
16-§. CHIZMALARDA SHARTLILIK VA SODDALASHTIRISH
Standart bo‘yicha ruxsat etilgan shartlilik va soddalashtirishlar hisobiga
detalning ko‘rinishlari sonini kamaytirish mumkin. Sizlar diametr
∅, kvadrat
belgilarini tatbiq etishni yaxshi o‘zlashtirib oldingiz. Masalan, 16.1-chiz-
ma, a da detal uchta ko‘rinishda berilgan. Uni 16.1-chizma, b dagidek kesim
mahalliy qirqim va liska (taqir – texnik talabga binoan detalning biror qismi-
da, geometrik o‘qiga parallel tekislik bilan qirqib, tekis yuza hosil qilingan
joy. Chizmada u joy
×
bilan belgilanadi) shartli belgilarni qo‘llab, bitta
ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Tekis detalning qalinligini «S2» ko‘rinishda
yozib (16.2-chizma) qo‘yilishi sizga ma’lum. Ba’zi detallarda bir xil katta-
likdagi elementlar ko‘p uchraydi. Ulardan bittasining o‘lchami qo‘yilib, tes-
hiklar sonini ko‘rsatish kifoya (16.3-chizma). Bundan tashqari, teshiklardan
bittasini chizib, qolganlarining o‘rinlari ko‘rsatilishi mumkin (16.4-chizma).
Bir xil uzunlikdagi detallarning ikkita uchi tomonlari tasvirlanib, eng uzun
joyi bir-biridan to‘lqinsimon ingichka chiziqda ajratib qo‘yiladi va o‘sha joy-
ning butun uzunligi o‘lchami ko‘rsatiladi (16.5-chizma). Bunday tasvirlashda
chizma masshtabini o‘zgartirishga hojat qolmaydi.
16.1-chizma.
http://eduportal.uz
35
16.6-chizma.
16.2-chizma. 16.3-chizma. 16.4-chizma.
16.5-chizma.
B
http://eduportal.uz
36
Do'stlaringiz bilan baham: |