Chizmachilik lotin 2019. indd


B. Turli harakatlarning konstruksiyasini loyihalash


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

B. Turli harakatlarning konstruksiyasini loyihalash
Texnikada, ko‘pincha, murakkab masalalar aylanma harakat yordamida 
amalga oshiriladi.
Misol. Val aylantirilganda detal B yuqoriga ko‘tarilib, o‘z vazni bilan 
pastga tushgandan keyin yana yuqoriga itarib chiqaradigan moslama kons-
truksiyalansin (27.5-chizma, a). Bu yerda val uchi ovalsimon (ellipssimon) 
qilib loyihalansa, val aylanganda detal B yuqoriga va pastga vaqti-vaqti bilan 
chiqib-tushib turadi (27.5-chizma, b).
Qo‘zg‘almas valda g‘ildirak zazorsiz aylanma harakat qilsa, val bo‘yni va 
g‘ildirak teshigida yemirilish natijasida zazor (tirqish) hosil bo‘ladi (27.6-chiz-
ma, a). Zazor hosil bo‘lmasligi uchun g‘ildirak teshigiga moyli uzuksimon 
tiqma (manjet) o’rnatiladi (27.6-chizma, b). Yoki val metalldan yumshoqroq 
(bronza)ga almashtirib turiladigan vtulka kiydiriladi (27.6-chizma, c).
27.6-chizma.
27.7-chizma.
27.8-chizma.
27.9-chizma.
http://eduportal.uz


71
C. Foydali moslamaning konstruksiyasini loyihalash
Ro‘zg‘orda va qurilishlarda turli ko‘rinishlardagi arralardan foydalanila-
di. Ish jarayonida ikki kishi yordamida xoda (g‘o‘la)ni arralashda bir kishi 
yetishmaydigan vaziyat yuzaga kelganda, odam o‘rniga «Mexanik qo‘l», 
ya’ni moslama konstruksiyasini loyihalashga to‘g‘ri keladi (27.7-chizma).
Bu yerda turli variantlardan quyidagilari tavsiya etiladi:
1. Moslama sifatida cho‘zilish prujinasi ustunga, devorga yoki daraxtga 
mustahkam o‘rnatiladi (27.8-chizma).
2. Prujinani cho‘zma (rezina)ga almashtirish mumkin.
3. Prujina o‘rniga yoshroq egiluvchan daraxtdan foydalanish mumkin.
4. Oboymali mexanizmdan foydalansa ham bo‘ladi (27.9-chizma).
Bunda arraning ikkinchi ushlagichiga tros (arqon) bog‘lanib, g‘ildirak 
(oboyma) ariqchasi orqali o‘tkaziladi va trosning ikkinchi uchiga og‘irroq 
yuk ilib qo‘yiladi. Arra tortilganda: 1,2 va 3 hollarda prujina, cho‘zma, da-
raxt o‘z o‘rniga qaytishda g‘o‘lani arralaydi, 4 holatda esa, yukning og‘irligi 
hisobiga g‘o‘la arralanadi.
Ushbu usullardan biri tanlab olinadi va darsda mukammal tushuntiriladi.
Yana qanday usullar mavjudligi o‘quvchilar o‘rtasida muhokama qilish 
tavsiya etiladi va o‘quvchilarga o‘ziga yoqqan usullardan birini chizmada 
bajarib kelish topshiriladi.
1. Aylanma harakat qanday detallar vositasida amalga oshiriladi?
2. O‘zaro parallel vallar qanday qilib aylanma harakatni amalga oshiradi? 
Vallar o‘zaro perpendikulyar bo‘lsa-chi?

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling