Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


tildi. Fan va texnika taraqqiyoti sanoat to‘ntarishiga olib keldi va


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

tildi. Fan va texnika taraqqiyoti sanoat to‘ntarishiga olib keldi va
Angliya «dunyo ustaxonasiga» aylandi. Òo‘xtovsiz urushlar olib
borgan inglizlar Yer yuzi aholisining chorak qismini birlashtirgan
ulkan imperiyani yaratdilar.
Iste’fo (vazifadan chetlashish) – mansab vazifasidan ketmoq.
Konsentratsiya (birga, markaz) – biror narsaning muayyan bir joyda to‘planishi.
Dominion – o‘zini o‘zi boshqaradigan qaram yer, o‘lka.
1. Buyuk Britaniyada sanoat rivojlanishi va uning oqibatlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
2. «Sanoat to‘ntarishi tugallandi» degan iboraning mazmunini izohlab bering.
3. Buyuk Britaniyada parlament islohoti uchun olib borilgan kurash qanday yakun
topdi?
4. Buyuk Britaniyaning eng yirik mustamlakachi davlat bo‘lganligiga misollar
keltiring.
Ijodiy ish topshirig‘i
Mavzu matnini «Insert» jadvali asosida tahlil qiling va ikki qismli kundalik
tuzing.
Internet vositasida XIX asrda Buyuk Britaniya davlatiga virtual sayohat uyushtiring.
Òaassurotlaringizni daftaringizga qayd eting.
21-mavzu: 1800–1870-YILLARDA FRANSIYA
Fransiyada Birinchi imperiya (1804–1814). 1799-yilgi davlat
to‘ntarishidan so‘ng Napoleon Birinchi konsul lavozimini egalladi.
Keyin umrbod konsullikka saylandi. 1804-yili Senat uni «Fransuzlar
imperatori Napoleon I» deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada mo-
narxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya zodagonlarga emas, bur-
juaziyaga xizmat qilar edi.
Fransiyada qachon toifaviy monarxiya, ya’ni toifa vakillari yig‘iniga taya-
nadigan, markazlashgan davlat shakllana boshladi?
Birinchi imperiya davrida Napoleon urushlari natijasida imperiya
hududlari kengayib bordi. 1805-yili Austerlis jangida Napoleon, aso-
http://eduportal.uz


102
san, Rossiya va Avstriya qo‘shinidan iborat birlashgan armiya ustidan
hal qiluvchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jangda Napoleonga qarshi
Rossiya va Avstriya imperatorlari Aleksandr I hamda Frans II ishtirok
etdi.
O‘z g‘alabalaridan ruhlangan Napoleon endi Buyuk Britaniyaga
nisbatan «qit’a qamali» e’lon qildi. Unga ko‘ra, Napoleonga qaram
barcha davlatlarning Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qilishi taqiq-
landi. Napoleonning maqsadi shu yo‘l bilan Buyuk Britaniyani bo‘y-
sundirish edi.
Rossiya ham 1807-yili Napoleon bilan tinchlik hamda ittifoq
to‘g‘risida Òilzit shartnomasini imzolab, Fransiyaning Yevropadagi
barcha g‘alabalarini tan oldi. Shartnomaga ko‘ra, Rossiyaga Buyuk
Britaniya bilan aloqani uzish va qit’a qamaliga qo‘shilish majburiyati
yuklandi.
Ammo Napoleon Buyuk Britaniyaga qarshi qit’a qamalidan ko‘z-
langan maqsadiga erisha olmadi. Aholi tinimsiz urushlardan charcha-
di, mamlakatda norozilik, bosib olingan hududlarda milliy-ozodlik
harakati kuchaydi.
Napoleonga bu noroziliklarni bostirish uchun katta bir g‘olibona
urush kerak edi. Shuning uchun ham u Rossiyaga qarshi urush bosh-
lab, unda g‘alaba qozonishni rejalashtirdi.
Austerlis jangi
http://eduportal.uz


103
 
1799-yili ...
 
1804-yili ...
 
Birinchi imperiya davri – bu ...
 
1825-yili ...

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling