Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Rossiyaga qarshi urush. 1812-yili Napoleon Rossiyaga qarshi
urush boshladi. Urush Rossiya tarixiga «Vatan urushi» nomi bilan
kirdi. 1812-yil 7-sentabrda ikki davlat qo‘shini o‘rtasidagi hal qiluvchi
jang Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Borodino
jangida har ikki tomon ham ko‘plab qurbonlar berdi. Napoleon Mos-
kvani egalladi. Ammo Napoleon armiyasida tartib yo‘qolib, askarlar
yoppasiga talonchilik bilan shug‘ullana boshladi. Armiyada jangovar
ruh yo‘qoldi.
Napoleon Moskvani tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. M.I. Kutu-
zov boshchiligidagi Rossiya armiyasi chekinayotgan fransuzlarni ta’-
qib qilib, ularga katta talafot yetkazdi.
Imperiyaning qulashi. Yevropa mamlakatlari qo‘shinlaridan iborat
qurolli kuchlar bilan Napoleon armiyasi o‘rtasidagi hal qiluvchi jang
1813-yili Leypsig ostonasida bo‘lib o‘tdi. «Xalqlar jangi» deb nom
olgan bu jangda Napoleon qo‘shini tor-mor etildi.
1814-yili ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib keldi.
Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ittifoqchilar uni Elba
oroliga surgun qildilar. Shu tariqa imperiya quladi.
Ittifoqchi davlatlar Fransiyada burbonlar sulolasi hokimiyatini tik-
lashga qaror qildilar. Inqilob yillari qatl etilgan qirol Lyudovik XVI
ning ukasi Lyudovik XVIII Senatning qarori bilan taxtga o‘tqazildi.
Ittifoqchilar Fransiya bilan sulh shartnomasini imzoladilar. Unga ko‘-
ra, Fransiya Napoleon davrida bosib olgan barcha hududlardan mah-
rum etildi.
Vaterloo jangi. Ayni paytda Fransiyada ichki vaziyat murakkabla-
shib bordi. Bunga eski zodagonlarning feodal tartiblar va mutlaq mo-
narxiyani tiklashni, shuningdek, qo‘llaridan ketgan mol-mulklarini
qaytarib berishni talab qilishlari sabab bo‘ldi. Napoleon davridan
boyib olgan yangi zodagonlar va armiyadan bo‘shatilgan zobitlar ham
mamlakatdagi holatdan norozi edi.
Vaziyatdan surgundagi Napoleon foydalanib qolishga qaror qildi.
U 1815-yilning mart oyida Elbadan Fransiyaning janubiga yetib keldi.
Qirol Lyudovik XVIII ning Napoleonga qarshi yuborgan 30 ming
kishilik qo‘shini ham Napoleon tomoniga o‘tib ketdi. Napoleon Parij
shahrini egallab, yana taxtga o‘tirdi. Biroq u bu safar hokimiyatni
http://eduportal.uz


104
atigi 100 kun boshqardi. Ittifoqchi davlatlar (Buyuk Britaniya,
Gollandiya va Prussiya) juda katta armiyani Napoleonga qarshi
qo‘ydi. Ikki o‘rtada 1815-yil Vaterloo qishlog‘ida (hozirgi Belgiya
davlati hududida) hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. U tarixga «Vater-
loo jangi» nomi bilan kirdi. Jangda Napoleon qo‘shini butunlay tor-
mor etildi. Ikkinchi bor taxtdan voz kechgan Napoleon endi uzoq
Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va u shu yerda 1821-yili
vafot etdi. Fransiyada Burbonlar hokimiyati qayta tiklandi.
Vena kongressi. G‘olib davlatlar Kongress chaqirdilar. Bu Kon-
gress 1814–1815-yillarda Avstriyaning poytaxti Vena shahrida bo‘lib
o‘tdi. Kongressning asosiy maqsadi – Yevropani g‘olib davlatlar man-
faatlari yo‘lida qayta taqsimlashdan iborat edi. Kongressning yakun-
lovchi hujjatiga binoan, Fransiya hududi o‘zining 1789-yilgi chega-
rasigacha qisqartirildi. Yevropada Buyuk Britaniya va Rossiyaning
ta’siri kuchaydi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling