Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


-yili Buyuk Britaniyada dunyodagi ilk temiryo‘l qurildi. XIX asrning 40-yillarida


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

1825-yili Buyuk Britaniyada dunyodagi ilk temiryo‘l qurildi.
XIX asrning 40-yillarida Buyuk Britaniyada sanoat to‘ntarishi tugallandi.
1836-yili London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun
kurash ishchi assotsiatsiyasi» tuzildi.
Bu qudrat unga mustamlakalari ustidan hukmronlikni yanada
mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini berdi. Ingliz hukumati
dunyoning strategik jihatdan muhim mintaqalarida qudratli harbiy-
dengiz bazalari qurishga va tayanch hududlarni qo‘lga kiritishga alo-
hida e’tibor berdi.
Buyuk Britaniya XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmi mo-
baynida dengiz hamda okeanlar orqali o‘tadigan jahon yo‘llarida bir
qator tayanch punktlarini bosib oldi. Ana shu harbiy bazalarga va o‘z
harbiy flotining juda katta ustunligiga tayanib, Buyuk Britaniya
XIX asrning o‘rtalarida eng yirik mustamlakachi davlatga aylandi.
Buyuk Britaniya mustamlakalari ichida eng yirigi bo‘lgan Hindistonda
300 million aholi bo‘lib, Buyuk Britaniyadagiga nisbatan taxminan
10 baravar ko‘p edi.
«Oq mustamlakalar». Buyuk Britaniya o‘z mustamlakachilik siyo-
satida «oq koloniyalar»ga katta e’tibor qaratdi. Amerika, Afrika va
Avstraliyaga Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan
ko‘chib borgan kishilar o‘zlashtirgan hududlar «Oq mustamlakalar»
deb atalardi. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya ana shunday mus-
tamlakalar edi. Ayni paytda bu mustamlakalar o‘zini o‘zi boshqarish
uchun kurash olib bordilar. Bu kurash, ayniqsa, Kanadada shiddatli
tus oldi. Natijada, Buyuk Britaniya 1867-yili Kanadaga dominion
maqomini berishga majbur bo‘ldi.
XIX asr ko‘p jihatdan Buyuk Britaniya asri bo‘ldi. Bu yerda
birinchi bo‘lib huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari yara-
http://eduportal.uz


101

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling