Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Parlament islohoti. 1825-yili Buyuk Britaniya parlamenti ish tash-
lashni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonun ishchilar o‘rtasida
keskin norozilik keltirib chiqardi. Natijada, parlament islohoti o‘tka-
zish masalasi zaruratga aylandi. Oqibatda, 1832-yili parlament isloho-
ti o‘tkazilib, saylov tartibi o‘zgartirildi.
 
XIX asrning 40-yillari ...

Sanoat to‘ntarilishining yakunlanishi ...
 
1816-yili ...
 
1825-yili ...
Sanoat inqilobi davrida
Angliya
http://eduportal.uz


99
Unga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o‘rin aj-
ratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy jihatdan ham
o‘z hukmronligini mustahkamladi. Islohot natijasida parlament quyi
palatasining mamlakat siyosiy hayotidagi roli oshdi. U davlat bud-
jetini nazorat qilish huquqini o‘zida saqlab qoldi. Buyuk Britaniya
hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo‘yildi.
Quyi palata hukumatga ishonchsizlik bildirgan taqdirda, hukumatning
iste’foga chiqishi majburiy qilib qo‘yildi.
Islohotdan so‘ng saylangan yangi parlament 13 yoshgacha bo‘lgan
bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 9 yoshgacha bo‘lgan bola-
larning mehnat qilishi taqiqlandi.
Parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni
batamom to‘xtata olmadi.
1836-yili London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi
uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi» tuzildi. U saylov huquqini ken-
gaytirish masalasida 12 yil davomida parlamentga uch marta xartiya
(chartiya) – yorliq topshirdi. Barcha erkaklarga umumiy saylov hu-
quqi berilishi uchun boshlangan harakat tarixga «chartistlar harakati»
nomi bilan kirdi.
Angliyada bolalar mehnati (1815–1848-yillar)
http://eduportal.uz


100
Bu harakat garchand yengilgan bo‘lsa-da, keyingi parlament islo-
hotlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
1867-yili ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, sha-
harlarda o‘z uyiga ega bo‘lgan hamda alohida xonadonda turadigan
barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.
Òashqi siyosat. XIX asrning 50-yillari Buyuk Britaniya sanoatning
rivojlanish darajasi, savdoning ko‘lami va dengizdagi qudrati jihatidan
dunyoning eng qudratli davlatiga aylandi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling