Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi. “Baliqlar biologiyasi” fani bo’yicha Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya»


Karp baliqlari uchun turli ozuqalar xarakteristikasi


Download 2.68 Mb.
bet12/25
Sana11.10.2023
Hajmi2.68 Mb.
#1698495
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Baliqlar biologiyasi Тажриба дарслари ЛОТИН

Karp baliqlari uchun turli ozuqalar xarakteristikasi

Ozuqa nomi

Suv

Prote
in

YOg’

Uglevod
Lar

Kul

Klechatka

Oqsil
munosabat
lari

Ozuqa koyeffitsenti

No’xat

-

26,6

1,9

53

2,7

5,4

1:2.6

4-5

Soya

10

33,2

17,5

30,2

4,7

4,4

1:1,9

3-5

Makkajo’hori

13

10,4

4,4

68,7

1,3

2,2

1:9

4-6

Javdar

13,4

12,3

2

68,4

2

1,9

1:7

4-5

Arpa

13

11,6

2,1

65,8

2,4

3,9

1:8

4-5

Bug’doy kepagi

13,2

15,9

4,2

54,6

5,9

10,2

1:4

4-7

Kungabaqor kunjarasi

8,5

35

5,4

30

8,1

13

1:1,2

3-5

Raps kunjarasi

7

32,2

7,3

29,9

8,5

15,3

1:1,6

4

Paxta kunjaras

10,4

36,9

2

33,5

7,3

9,9

-

6

Soya kunjarasi

7,4

40

9,3

32,3

5,8

5,2

-

5

Eryong’oq kunjarasi

8,2

42,5

5,1

40

4,2

-

-

-

Kartoshka
(qaynatilgan)

-

2,1

0.2

20,7

0,9

1,1

1:17,2

20

Baliq uni

10,7

59,2

6,4

-

23,4

-

1:0,2

1,5-2

Qon uni

9

83,9

2,5

-

4,2

-

1:0,008

1,5-2

Go’sht uni

10,8

72,3

13,2

-

3,8

-

1:0,1

1,5-2

Dafnya

90,7

5,4

0,6

4,1

1,7

-

-

-

Tut ipak qurti
g’umbagi

10,9

57,7

20,2

-

7,4

-

1:0,8

2



7-Mavzu: Karpsimon baliqlardan nasl olishning tabiiy va sun’iy usullari
Darsning maqsadi: Karpsimon baliqlardan nasl olishning tabiiy va sun’iy usullari bilan tanishib chiqish
Darsning mazmuni: Karpsimon baliqlardan nasl olishning tabiiy va sun’iy usullari bilan tanishib chiqish usullari bilan o’quvchilarni tanishtirish
Daryolar va chuchuk suvli ko‘llarda yashovchi baliqlar shu yerlarda doimo yashaydilar va o‘sha joyda yoki shunga yaqin joylarda ko‘payadilar (urchiydilar) bu guruhga yaz, shchuk, len, karas va boshqa sof chuchuk suvda yashovchi va qisman yarim ko‘chmanchi leshch, sazan, sudak, laqqa kabi baliqlar ham man subdirlar.Baliqlarning urchishi Tabiiy suv havzalaridagi va hovuz baliqchiligi xo‘jaliklaridagi baliqlar ikki jinslidirlar. Urg‘ochi baliqlarning jinsiy bezlari tu xum-
don deb atalib, u yerda urg‘ochilik jinsiy hujayralari tuxum (ikra) hosil bo‘ladi. Erkak baliqlarning jinsiy a’zosi urug‘don deb ataladi va u yerda erkaklik jinsiy hujayralari spermata zoidlar hosil bo‘ladi. Jinsiy hujayralarning yetilishi uzoq davom etadigan murak kab
jarayon hisoblanadi. Ayrim turdagi baliqlarning jinsiy hujayralarining yetilishi uchun
uzoq muddat kerak bo‘ladi. Masalan, sterlyad deb ata luvchi baliqlar 6–10 yoshda, osyotrlar 12–13 yoshda, beluga lar 15–18 yoshda jinsiy voyaga yetadilar. Erkak jinsli baliqlar urg‘ochilariga nisbatan bir-ikki yil ertaroq jinsiy voyaga yetadilar. Tashqi omillardan baliqlarning jinsiy voyaga yetishida ko‘proq suv harorati va oziqlanish darajasi ta’sir qiladi. Masalan, Ros-
siyaning janubiy hududlarida leshch zotli baliqlar 3–4 yoshi da, markaziy hududlarda esa 4–5 yoshida jinsiy voyaga yetishi o‘rganilgan. Bu jarayon shimoliy o‘lkalarda 5–7 yildan keyin sodir bo‘ladi. Karp zotli baliqlarning jinsiy voyaga yetishi Gruziya Respublikasi hududida 2–3 yoshda sodir bo‘lsa, Ros siyaning markaziy hududida 3–4 yoshida, ba’zan 5 yoshida so dir bo‘ladi. Jinsiy yetilish to‘la qiymatli ozuqalar bilan yetarli oziqlangan baliqlarda ertaroq sodir bo‘ladi. Ozuqalar bilan kam ta’min langan baliqlarda bu jarayon kechroq kechadi. Jinsiy yetilgan ur g‘ochi baliqlar suvga ikralarini tashlaydilar, erkaklari shu zaho tiyoq ikralar ustiga spermasini to‘kadilar. Ixtiologiya va baliq chilik adabiyotlarida ushbu holat urchish jarayoni (neresta) deb ataladi. Ushbu jarayon kechadigan hovuzlar urchish hovuz lari (nerestelisha) deb
ataladi. Hovuz baliqchiligi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarda foydalanigan baliq zotlarining urchish holati bir yilda bir marta sodir bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi baliqlarning tashqi jinsiy belgilarining tafovuti unchalik ko‘zga tashlanmaydi, bu tafovutlar jinsiy yetil gan paytda
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Urg‘ochi baliqlar ning qorin qismi ular jinsiy yetilgan paytda kattaroq bo‘lib, jinsiy yetilgan ikralar otilib chiqadigan jinsiy teshik qizargan va bir oz shishgan bo‘ladi. Erkaklarining tanasi tiniq yaltiroq tusga kirib, yelka va qorinlarining
qirralari qirovsimon qoplama bilan qoplanadi. Ayrim baliq turlarida ular jinsiy voyaga yetgan paytda ham jinsiy tafovutlari sezilmaydi. Bunga misol qilib, ko‘chmanchi ba liqlar
turiga kiruvchi seld balig‘ini aytish mumkin. Bunday payt da baliqlarning qorin qismini har ikkala qo‘lning bosh bar moq lari orasiga olib yengil bosib ko‘rish mumkin. Shunday qi lin ganda urg‘ochilaridan ikralar, erkaklaridan sutsimon suyuqlik–sperma (molok) ajralib chiqadi. Agar qornini sekingina yoki yumshoqqina bosilganda, jinsiy hujayralar osongina ajralib chiqsa, baliqlar to‘liq jinsiy yetilgan deb hisoblanadi. Agarda shunday qilinganda baliqlarning jinsiy hujayralari ajralib chiqmasa, ularning jinsini mis simdan tayyorlangan shubdan foydalanib, aniqlanadi. Shupni rezina yoki polietilen trubkalardan foydalanib ham yasash mumkin. Shupning uzunligi 15–20 sm, diametri 6 mm bo‘ladi. Uning uchki qismi o‘tkirroq, ammo silliq bo‘lib, 1,5–3,5 mm chuqurlikda, 3–4 sm uzunlikda chuqurchasi bo‘ladi. Ushbu asbob baliqlarning jinsiy a’zosiga kirgizilib, biroz jinsiy mah sulotdan olinadi. Uni tahlil qilib, baliqlarning jinsiy hujayralarining yetilganlik darajasini aniqlash mumkin. Baliqlarning jinsiy yetilishi bosqichlari ushbu maqsadda foydalanish uchun ish lab chiqilgan maxsus shkaladan foydalanib, aniqlanadi. Urchish jaryoni tugagach, yangitdan jinsiy hujayralar rivoj lana boshlaydi. Ta’kidlash kerakki, ularning rivojlanishi to‘g‘ ridan to‘g‘ri II bosqichdan davom etadi. Ko‘plab baliqlarning jinsiy hujayralarining to‘liq yetilishi yil davomida amalga oshadi. Ammo ayrim baliqlarda ushbu tiklanish jarayoni ikki-uch yil ham davom etadi. Urchish jarayoni turli baliqlarda turli suv haroratida va metiorologik sharoitda kechadi. Ko‘plab va ayniqsa, bizning res publikamiz sharoitida urchitiladigan barcha iliqsevar baliqlar bahor va yoz oylari jinsiy mahsulot beradilar. Ayrim baliq tur lari (masalan, losossimonlar) kuz-qish oylarida jinsiy hujayra be ra dilar. Bundan
tashqari, turli baliqlar urchish jara yonini o‘zlariga xos bo‘lgan joylardagina o‘tkazadilar.
Masalan, karpsimonlarning urchish jarayoni daryolarning suvi oqmaydigan yoki juda sekin oqadigan, tubi ularning yelimsimon ikralari yopishib turadigan o‘tlar bilan qoplangan kichik hududlarda amalga oshadi. Osetrasimon baliqlar suvi oqadigan, tubi egri-bugri va qattiq loysimon qatlamli, losossimonlar daryo larning uncha chuqur bo‘lmagan, ammo suvi tez oqadi gan, tagi qumloq, shag‘alli hududlariga qum, shag‘allarni kavlab, ikralarini qo‘yadi-
lar. Ko‘chmanchi (seld) baliqlar ikralarini daryo larning suvi tez oqadigan qalin qatlamlariga qo‘yadilar. Ikralar suv qatlamida doi-mo muallaq turadilar va oqim bilan tez orada daryolarning quyi oqimiga olib ketiladi. Baliqlarining mutlaq pushtdorligi deganda tuxumdondagi mavjud ikralar soni tushuniladi. Mutlaq pushtdorlik faqat ba liqlarning turigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan ularning vazniga, katta-kichikligiga ham bog‘liq. Masalan, losos baliqining mut laq pushtdorligi 10 mingga teng bo‘lsa, karplarda o‘rtacha 750 mingga teng
120–190 sm uzunlikdagi osyotrning mutlaq pusht dorligi shunga muvofiq 44 va 253 ming ikraga tengligi aniqlangan. Baliqchilikga doir adabiyotlarda mutlaq pushtdor likdan tashqari nisbiy va ishchi pushtdorlik tushunchalari ham mavjud. Nisbiy pushtdorlik deganda baliqlarning 1 kg vazni hisobiga to‘g‘ri keladigan ikralar soni tushuniladi.Ishchi pushtdorlik deganda esa baliqlar tanasidan otilib chiqqan yoki tuxumdondan sun’iy urug‘lantirish maqsadida olingan ikralarning haqiqiy soni tushuniladi. Ishchi pushtdorlik odatda, mutlaq pushtdorlikdan birmuncha kam bo‘ladi. Buning sabablari quyidagicha.Jinsiy voyaga yetgan urg‘ochi baliqlarda yetilgan tuxum hujayralardan tashqari to‘liq yetilib ulgurmagan tuxum hujayralari ham bo‘lib, ular me’yordagi urchish jarayoni tugagach, organizmga so‘rilib ketadi. Yetilgan tuxum hujayralarni sun’iy urug‘lantirish maqsadida ajratib olinganda, ularning bir qismi tuxumdonda qolib ketadi. Qolgan ikralarning soni uni ajratib olgan baliqchilarning tajribasiga bog‘liq. Ikralarning yirik yoki maydaligi juda xilma-xildir. Odatda, serpusht baliqlarning ikralari maydaroq, kampushtlariniki yirik roq bo‘ladi. Masalan, karp ikralarining diametri 1,5–2,0 mm, cho‘rtan baliqlarniki 2,5–3,0 mm, sevryugalarniki 2,4–3,2 mm, osyotrlarniki 2,8–3,8 mm, belugalarniki 3,3–4,0 mm, lososlarniki 5,0–6,5 mm bo‘ladi. Baliqlarning spermatazoidi juda kichik bo‘lib, uzunligi mikronlarda o‘lchanadi va bu ko‘rsatkich sevryugalarda 47 mkm, osyotrlarda 55 mkm, belugalarda 58 mkm ga to‘g‘ri keladi. Erkak baliqlarning spermasida spermatazoidlarning soni o‘n, hatto yuz millionga tengdir. Masalan, vazni 250 g keladigan er kak leshchlarning urug‘donida 150–160 billion spermata zoidlar mavjud bo‘ladilar. Bu miqdordagi spermatazoidlar bilan nazariy jihatdan o‘ta katta to‘dadagi urg‘ochi leshchlarni urug‘ lantirsa bo‘ladi. Tabiatda esa bitta erkak baliqning spermasi bilan bittagina urg‘ochi baliqning ikralari urug‘lantiriladi xolos. Ayrim hollarda bitta urg‘ochi baliqning ikrasini otalan tirishda birnecha bosh erkak baliqlarning spermatazoidlari ishtirok etadi. Spermatazoidlarning suvga tushgandan keyin hayoti juda qisqa davom etadi. Masalan, bu ko‘rsatkich losos va siglarda 45 soniyadan 1,5 daqiqagacha teng bo‘lsa, sudak, leshch va karplarda 2,5 dan 5 daqiqagacha. Spermatazoidlar o‘ta ko‘p bo‘lsada, ularning atigi bir qismiginasi ikralar bilan uchrashib, birlashadilar. Spermatazoidlar ikralarning ichiga uning qobig‘idagi mikropil deb ataluvchi teshikchalari orqali kiradilar. Urug‘langandan 2–15 daqiqa o‘tiboq osyotr va karplarning ikralari yelimsimon holga kelib, suv tubidagi o‘simliklar poyasi, bargi, butalar ildizi kabi dastlabki inkubatsiya davrini o‘tash uchun qulay joylarga yopishadi. Sperma va ikralarning birlashishi natijasida otalanish sodir bo‘ladi, natijada yangi hujayra – zigota hosil bo‘ladi. Zigota o‘z navbatida bo‘linib, ko‘p hujayrali embrion – embrion hosil bo‘ladi.Ikralar otalangandan keyin tashqaridan kiradigan suv hisobiga shishadi. Shundan boshlab, embrion o‘z hayotining dastlabki bosqichida atrof-muhit bilan aloqaga kirishadi. embrionning ri-vojlanishida (embriogenezda) suvning harorati, gaz rejimi, pH,
sho‘rlanganlik darajasi, osmatik bosim va yorug‘lik kabi ko‘rsatkichlarning har biri muhim ahamiyat kasb etadi. Baliqlarni sun’iy usulda inkubatsiyalaganda baliqchilar ko‘proq embriogenez jarayonida suvning harorati va gaz rejimining ta’siriga to‘qnash keladilar.



Download 2.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling