Chorvachilik va veterinariya meditsinasi” kafedrasi. “Baliqlar biologiyasi” fani bo’yicha Amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma Bilim soxasi -800 000- «Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va vetenariya»


Download 2.68 Mb.
bet11/25
Sana11.10.2023
Hajmi2.68 Mb.
#1698495
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Baliqlar biologiyasi Тажриба дарслари ЛОТИН

Rasm- 3 Zoobentoslar
Hovuzdagi tabiiy ozuqa bazasi bir-biridan farq qilib o’simlik va hayvon organizmlari kompleksini o’z ichiga oladi. Tabiiy ozuqa bazasi o’lchamlari bilan farq qilib mikrskopik o’lchamdan yirik o’lchamlargacha bo’ladi. Turli organizmlar turli xildagi baliqlar uchun ozuqa hisoblanadi.
Osiyoning agrar davlatlarida odatda turli xil kepak (guruchli, o’tli) aralashmalardan va kunjaralardan (xantal, er yong’oq, jo’xori, zig’ir) og’irligi bo’yicha 1:1 nisbatda foydalaniladi. Oq amur baliqlarini oziqlantirish uchun turli xil o’simliklar-beda, jo’xori poyasi va boshqalaridan foydalaniladi. Ratsional ozuqlantirish uchun o’simliklarni kesib, maydalab, yanchish va shu holda hovuzga solish kerak. Ba’zida baliqlarni oziqlantirishda umumiy ovqatlanish tarmoqlarining qoldiqlaridan, pivo va vino ishlab chiqarish korxonalarining chiqitlaridan ham foydalaniladi. Nisbatan rivojlangan va sodda texnologiya bu aynan baliqlar uchun moslashtirilgan kompleks ozuqa tayyorlash texnologiyasidir. Bunday emlarni tayyorlashda ham mahalliy ozuqa mahsulotlaridan foydalaniladi. Ularga kerakli vitamin komplekslarni (premikslar) va mineral moddlar qo’shilsa samaradorligi oshadi. Ozuqalar kelib chiqishi jihatidan ikki katta guruhga- o’simlik va chorva ozuqalariga bo’linadi.
O’simlik ozuqalari karp baliqlarini ozuqlantirishda yog’i olingan chigit, jo’xori, er yong’oq, xantal, zig’ir, soya va boshqa o’simlik urug’larining kunjara va shrotlaridan keng foydalaniladi. Ulardagi proteinlar miqdori 30-40 %, yog’lar 7-8 % va uglevodlar 30-40 % ni tashkil qiladi. Guruch, bug’doy va boshqa boshoqli don o’simliklari kepaklari uglevodlarga boy bo’lib, karp baliqlarini oziqlantirishda ko’pincha kunjaralar bilan qo’laniladi.
Uglevodlarga boy ozuqa sifatida boshoqli don unlaridan foydalaniladi. Ayniqsa soya uni juda yaxshi ozuqa hisoblanadi. Guruch, bug’doy, jo’hori oqshog’i ham nisbatan qimmat bo’lsada, juda sifatli ozuqa hisoblanadi. CHorva ozuqalaridan omuxta emning eng keng tarqalgan va sifatli tarkibiy qismini tashkil qiluvchi baliq unidan, shuningdek go’sht sanoati chiqindilaridan (xayvonlarning ichki a’zolari) suyak uni, tut ipak qurtining lichinkalari, g’umbaklari, chuvalchang va x.k. foydalaniladi. Qator davlatlarda ozuqa bazasi sifatida qurtlarning oligoxetlarni, oyquloq, oyoqlilarni, xironimida, lichinkalarini keng miqyosida ko’paytirish usuli qo’llaniladi.

Download 2.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling